• Fermentatsiya
  • Farmatsevtik biotexnologiya




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134
    Bog'liq
    biotex

    BIJG‘ISH 
    Bijg‘ish hodisasi juda ham qadimdan ma’lum bo‘lsada, uning haqiqiy tabiati va umumiy 
    mexanizmi mashhur fransuz olimi 
    Lui Paster
    tadqiqotlari asosida aniqlandi. 1861 yili L.Paster 
    glyukozadan etil spirti va uglerod (IV)- oksidining (karbonat angidridi) hosil bo‘lishi atmosfera 
    kislorodi ishtirokisiz sodir bo‘lishini kuzatdi. 
    Fermentatsiya
    deb ataladigan bu jarayon, tirik organizmlarning kislorod bo‘lmagan 
    sharoitda, glyukozadan oziqa va energiya olish qobiliyatining ifodasi degan ta’rifi, ilmu-fan 
    tarihida buyuk ahamiyatga ega bo‘ldi. Ammo bu jarayonni L.Paster faqat tirik organizmlar 
    (achitqi zamburug‘lari va boshqa mikroorganizmlarlar) hayot faoliyatigagina bog‘lab, bu 
    organizmlarsiz bijg‘ish yuz bermasligini ta’kidlagan edi. 
    Keyinchalik bu jarayonni amalga oshiradigan fermentlarni batafsilroq o‘rganishga 
    muvaffaq bo‘lindi. 1897 yili Byuxner hujayrasiz achitqi shirasini (zimazani), A.N.Lebedov esa 
    achitqi zamburug‘laridan shira (matseratsiya) mahsuloti ajratib olishga erishdilar. Bijg‘ish 
    (achish) jarayonida ishtirok etuvchi fermentlar va ularning substratlari bir qator mashhur olimlar 
    tomonidan batafsil o‘rganilib chiqildi va achitqi shirasi murakkab ferment va kofermentlar 
    tizimidan iborat ekanligi tasdiqlandi. 
    Hayvon to‘qimalaridagi singari ba’zi bakteriyalarda ham achish jarayoni natijasida sut 
    kislotaning hosil bo‘lish jarayoni bilan birga achitqi hujayralari, muskul va jigarda ruy 
    beradigan achish jarayonining reaksiyalari asosan bir xil ekanligi aniqlandi. Spirt va laktat 
    kislota achishining kimyoviy asosini o‘rganish jarayonida A.A.Ivanov, Garden va Yonglar 
    tomonidan hujayrasiz achitqi shirasida, achish uchun zarur bo‘lgan fosfat kislota lozim 
    ekanligi ko‘rsatilgan va birinchi fosfat efiri - fruktoza -1,6 - difosfatning ajratib olinishi, deyarli 
    bir vaqtda boshlangan. 
    SHunday qilib, bijg‘ish anaerob sharoitda sodir bo‘ladigan oksidlanish-qaytarilish 
    jarayonida organik moddalarning o‘zgarishi (parchalanishi) bo‘lib, uning natijasida organizm 
    o‘zining hayoti uchun zarur bo‘lgan energiya oladi.
    Bunda, ADF va anorganik F dan ATF 
    sintezlanadi: 


    69 
    ADF ni fosforlashga olib keladigan reaksiya, oksidlanish reaksiyasi hisoblanadi. Bijg‘ish 
    vaqtida energiya tiklanishidan tashqari vodorod atomini bir organik birikmadan ikkinchisiga 
    o‘tishi sodir bo‘ladi. 
    Organik birikmalar bijg‘ishni har xil bosqichlarida donor yoki akseptor vazifasini bajaradi. 
    Bijg‘itishni oraliq bosqichlarida suvsizlanish reaksiyalarida vodorodning akseptori vazifasini 
    NAD
    +
    bajaradi. Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan NADN keyinchalik oksidlanib NAD
    +
    ga 
    aylanadi, vodorod atomlari esa substratni oraliq mahsuloti metabolizmiga o‘tadi. 
    “Bijg‘ish”
    atamasi biologik jarayonlarda umumlashgan ma’noda ishlatilib, u tirik 
    organizmlar tomonidan kislorodsiz sharoitda, energiya olish uchun organik birikmalarni to‘la 
    bo‘lmagan parchalanishi ma’nosini beradi. 
    Mana shundan kelib chiqqan holda, erda dastlabki organizmlar atmosferada kislorod 
    bo‘lmagan sharoitda paydo bo‘lgan deb hisoblanadi. Bijg‘ishni organik substratlardan energiya 
    ajratib chiqaruvchi birinchi biologik jarayon deb qarash mumkin. 
    Har qanday tipdagi bijg‘ish jarayoni qo‘yidagi keltirilgan chizma asosida amalga oshadi. 
    Amalda u yoki bu tipdagi bijg‘ish jarayoni, o‘sha murakkab va ko‘p bosqichli fermentativ 
    reaksiyalar natijasida hosil bo‘luvchi oxirgi mahsulot bilan aniqlanadi. 
    Bijg‘ish jarayoni har xil taksonomik guruhlarga mansub bo‘lgan mikroorganizmlar 
    tomonidan amalga oshiriladi. 
    Fundamental fanlarni rivojlantirish doimiy ravishda biotexnologiyadan foydalanish 
    davrasini yanada kengaytirib borgani sari, biotexnologiyaning o‘zi fundamental fanlar oldiga 
    yangidan yangi vazifalar qo‘yib boradi. 
    Biotexnologiyaning asosiy vazifalaridan biri tirik mikroorganizmlarga xos bo‘lgan ochiq 
    yoki yopiq tizimdagi biotexnologik jarayonlardan sanoat sharoitida foydalanishdan iboratdir. Bu 
    birinchi navbatda, mikroorganizmlarga xos bo‘lgan fermentativ reaksiyalarning beqiyos 
    imkoniyatlaridan foydalanish va mikroorganizmlar shtammlarini genetik modifikatsiya qilish 
    orqali bu imkoniyatlarni yanada kuchaytirishdan iborat. 

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish