• Propion kislotali bijg‘ish.
  • Farmatsevtik biotexnologiya




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134
    Bog'liq
    biotex

     Sut kislotali bijg‘ish 
    Sut kislotali bijg‘ish jarayonini quyidagi avlodlarga mansub bo‘lgan bakteriyalar amalga 
    oshiradilar: 
    Lactobacillus

    Streptococcus

    Leuconostoc

    Pediococcus
    . Ularni morfologik tuzilishi 
    xilma xildir: tayoqchasimon va sharsimonlari uchraydi; ular harakatsiz, sporalar hosil 
    qilmaydiganlar, grammusbat, pigmentsiz; ko‘pchiligida katalaza va sitoxrom tizimi yo‘q, ammo 
    bulardan istisnolari ham uchrab turadi: ba’zi bir kulturalar sporalar hosil qiladilar va katalazalar 
    faolliklariga ham ega. Sut achituvchi bakteriyalar o‘stiruvchi moddalarga, aminokislotlarga, 
    vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojlari bilan farq qiladilar va shuning uchun ham bu guruh 
    bakteriyalarni alohida vakillari indikatorli bakteriyalar sifatida ishlatiladilar. Bu bakteriyalarni 
    birlashtirib turuvchi asosiy xususiyatlari, ularni bijg‘ish bosh mahsuloti sifatida sut kislotasi hosil 
    qilishidir. 
    Gomofermentativ va geterofermentativ bijg‘ish jarayonlari ma’lum. Bunday ajratish 
    uglevodlarni parchalanishdatubdan farq qiluvchi yo‘llar borligini ko‘rsatadi. 
     Propion kislotali bijg‘ish. 
    Propion kislotali bijg‘ish 
    Propionobacterium
    avlodiga mansub bakteriyalar tomonidan 
    amalga oshriladi. Bu bakteriyalar grammusbat, harakatsiz, tayoqchasimon bo‘lib, spora hosil 
    qilmaydilar va anaerob mikroorganizmlar safiga kirsada, kislorodli, past bosimda ham rivojlanib, 
    ko‘paya oladilar. Ular uchun energiya manbai bo‘lib karbonsuvlar, organik kislotalar, spirtlar va 
    boshqa metabolitlar xizmat qiladilar.
    Bu bakteriyalardan tashqari propion kislotasini shuningdek, 
    Selenomonas
    va 
    Micromonospora
    va boshqa avlodga mansub bakteriyalar ham sintez qila oladilar. SHulardan 
    biri 
    Micrococcus lactilyticus
    bakteriyasidir. Ular anaerob sharoitda glyukozani, saxarozani, 
    laktozani va pentozalarni, hamda laktat, malat, glitserol va boshqa substratlarni bijg‘itib propion 
    kislota hosil qilaoladilar. 

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish