• Metanli bijg‘ish
  • CHumoli kislotali bijg‘ish




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   134
    Bog'liq
    biotex

    CHumoli kislotali bijg‘ish 
    Ichak mikroflorasining ba’zi bir namoyondalari chumoli kislotali bijg‘ish jarayonini 
    amalga oshirishlari ham mumkin. Ba’zi hollarda bu jarayonni 
    aralashgan bijg‘ish
    ham deb 
    yuritiladi, CHunki, bunda chumoli kislotasidan tashqari boshqa moddalar, chunonchi, organik 
    kislotalar, spirtlar hosil bo‘lishlari mumkin. Bu jarayonni amalga oshiruvchi bakteriyalar 
    Enterobacteriaceae
    oilasiga birlashgan bo‘lib, ular grammanfiy, fakultativ anaeroblardir. 
    Enterobakteriyalar orasida yaxshi o‘rganilganlari quyidagilardir: 
    Escherichia coli

    Proteus 
    vulgaris

    Aerobacter 
    (
    Euterobacter

    aerogenus
    va 
    Salmonella

    Bu bakteriyalar ichakdan tashqari, tuproqda va suvda ham uchraydilar. Ma’lum sharoitda 
    ularni deyarli barchasi patologik ta’sirga egaliklari bilan xarakterlanadi. 
    Metanli bijg‘ish 
    Barcha turdagi bijg‘ish jarayonlari organik moddalarni har xil toksonomik guruhga mansub 
    bo‘lgan mikroorganizmlar tomonidan o‘ziga xos bo‘lgan o‘zgarishlarga uchratish sifatida 
    namoyon bo‘ladi. YUqorida keltirib o‘tilganlardan tashqari, tabiatda o‘zining miqdori, doirasi, 
    unda qatnashadigan mikroorganizmlarning xilma xilligi bilan boshqalardan tubdan farq qiladigan 
    yana bir jarayon borki, u ham bo‘lsa metanli bijg‘ish jarayonidir. Metanli bijg‘ish – 
    har xil 
    mikroblar to‘plamini (assotsiatsiyasini) ta’siri natijasidir. Bu jarayonda organik material (lignin 
    bundan mustasno) chuqur o‘zgarishga uchraydi va oqibatda metan, karbonat angidridi va 
    boshqa mikrob mahsulotlari hosil bo‘ladi

    SHaroitga qarab (termofil, mezofil, psixrofil) – bu 
    juda uzoq davom etadigan jarayondir. Bunda tirik bo‘lmagan organik substansiyalar (o‘simlik 
    va hayvon biomassalari) oddiy komponentlarga parchalanadilar

    Metan hosil qiluvchi arxebakteriyalar uchun bijg‘uvchi materiallar tayyorlash dastlabki 
    mahsulotlarga yaxshilab ishlov berishni taqqazo qiladi. Aerob va anaerob mikrooorganizmlar 
    ishtirokida kechadigan bu jarayon shunchalik murakkab, ko‘p bosqichli va ko‘p komponentlikki, 
    uni boshqarish mumkin emas. 1960–yillardan boshlab, organik birikmalardan anaerob sharotida 
    mikroorganizmlar yordamida biogaz ishlab chiqarishga alohida e’tibor berilib kelinmoqda. 
    Metanli bijg‘ish natijasida organik birikmalarning transformatsiyasi sodir bo‘lib, ulardan 
    metan va karbonat angidrid gazi paydo bo‘ladi. Oqibatda, organik birikmalarning molekulalari 
    kimyoviy bog‘larida yig‘ilgan energiya, metan molekulasining kimyoviy bog‘larida to‘planadi. 
    Bu jarayon 
    metanogenez
    deb atalib, anaerob arxebakteriyalar (metanogenlar) tomonidan amalga 
    oshiriladi. Hosil bo‘ladigan gazdagi metanning solishtirma miqdori 70-80% ni tashkil etadi, 
    undagi karbonat angidrid esa 20-30% ga teng. Gazlarning aralashmasi, 1% atrofida N
    2

    (oltingugurt kislotasi) va juda kam miqdorda ammiak ham saqlaydi. Metanogenezning suvda 
    erimaydigan qismi, ko‘plab bakteriyalar assotsiatsiyasi hosil qilgan biomassadir. Biomassa 
    organik azotga boy bo‘lganligi uchun ham yuqori sifatli o‘g‘it sifatida ishlatiladi. 


    72 
    Metanli bijg‘ish boshqa bijg‘ish turlariga nisbatan keng tarqalgan tabiiy jarayondir. Bunga 
    sabab jarayonni 
    aerob
    sharoitda ham o‘tishidir. 
    Bu quyidagicha o‘tadi
    :
    ko‘pgina organik birikmalarni yuzalarida yupqa qobiq hosil 
    bo‘ladi, ichida esa metanli bijg‘ish jarayoni uchun zarur bo‘lgan anaerob sharoit tashkil 
    bo‘ladi. Bunday substratlarga barcha xildagi o‘simlik materiallari, jumladan qarigan va 
    chiriyotgan ko‘p yillik va bir yillik o‘simliklar, hayvon biomassalari ham kiradi. 
    Metanli bijg‘ish uchun istiqbolli mahsulotlarga ayniqsa, qishloq xo‘jalik chiqindilari, 
    xususan, o‘simlik, mikrobiologiya sanoati chiqindilari, suv o‘tlarining biomassalari va oziq-
    ovqat hamda engil sanoat chiqindilari va boshqalar kiradi. Mana shulardan kelib chiqqan holda 
    metanogenezning ahamiyati nafaqat noan’anaviy energiya ishlab chiqarishni, balki sanitariya-
    ekologiya muammolarini hal qilish bilan ham bog‘liqdir. 
    Ammo, metanli bijg‘ish jarayonini foydasi shular bilan chegaralanmaydi. Bijg‘igan 
    biomassa (metan saqlamagan) yuqori sifatli bioo‘g‘it ham bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, go‘ngni 
    aerob sharoitda parchalanganda uning tarkibidagi 50% azot yo‘qoladi (issiqlik chiqishi bilan 
    birga), ammo o‘sha go‘ngni metanogenez orqali parchalanganda (anaerob shaoritda) uning 
    tarkibidagi barcha azot biomassada to‘planib, o‘simlik uchun engil singdiriladigan holatga 
    o‘tadi. Bundan tashqari anaerob sharoitda yig‘ilgan biomassa tuproqning unumdorligini tiklovchi 
    gumus moddasiga ham boydir. Metanogenez mahsulotlaridan kompleks foydalanish nafaqat 
    samarali, balki yuqori rentabelli hisoblanadi. 

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish