• Escherichia coli
  • antikodon deyiladi. Antikodon  mRNKdagi  kodon




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   134
    Bog'liq
    biotex

    antikodon
    deyiladi. Antikodon 
    mRNKdagi 
    kodon
    ni tanib oladi va sintezlanayotgan oqsil molekulasiga qanday aminokislota 
    kelib birikishiga javob beradi.
    Translyatsiya (oqsil sitezi) mRNK, turli tRNK va boshqa faktorlar yordamida amalga 
    oshadi.
    Ikkita yoki undan ortiq oqsillar kodini saqlovchi nukleotidlar ketma-ketligi 
    operon
     
    deyiladi.
    Hujayrada mRNK va oqsil sintezi qat'iy tartibda bajariladi. Hujayrada bir vaqtning o'zida 
    ham transkriptsiya, ham translyatsiya jarayonlari sodir bo'lmaydi. Chunki buning uchun 
    hujayrada etarlicha resurs mavjud emas. Prokariotlar va eukariotlar hujayradagi faqat eng 
    zaruriy, eng asosiy funktsiyalarni bajarish uchun kerak bo'ladigan mRNKni sintezlaydi.
    Aminokislotalarning ATF (adenozintrifosfat) ishtirokida faollanish jarayoni polipeptid 
    zanjir hosil bo'lishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Faollanish jarayoni fermentlar yordamida 
    kechadi. Bunda aminoatsiladenilatlar hosil bo'ladi. Keyin aminoatsil-tRNK-sintetaza fermenti 
    ta'sirida (har bir aminokislota uchun mahsus o'zining fermenti bor) aminokislota faollanadi va 
    tRNK bilan bog'lanadi. tRNK va aminokislota kompleksi ribosomaga boradi. Ribosomada esa 
    oqsilning polipeptid zanjiri sintezlanadi. Sintezlangan oqsil ribosomalardan ajraladi. 
    Ribosomalar esa boshqa yangi oqsil molekulasini sintez qilish uchun yangi tRNK va 
    aminokislota kompleksini «kutib» turadi. Shunday qilib, ribosomalarning faolligi va yahlitligi 
    oqsil sintezi uchun juda muhimdir.
    Escherichia coli 
    Escherichia coli bakteriyasi yahshi o'rganilgan organizmlar toifasiga kiradi. Ohirgi 50 yil ichida 
    ushbu bakteriya haqida juda ko'p ma'lumot yig'ildi. Escherichia coli grammanfiy nopatogen bakteriya 
    bo'lib, kattaligi 1 mkm. U inson ichagida, suvda va tuproqda uchraydi. Tarkibida 
    Na
    +
    , K
    +
    , Mg
    2+
    , Sa
    2+

    NH
    4
    +
    , S1
    -
    , NR0
    4
    2-
    , S0
    4
    2- 
    ionlari, mikroelementlar, uglerod manbai (masalan, glyukoza) saqlagan 
    muhitda oddiy bo'linish yo'li bilan ko'payadi. Shuning uchun 
    E. coli
    ilmiy tadqiqotlarda keng 
    foydalaniladi. 
    E. coli aminokislot
    alar, tuzlar, vitaminlar, mikroelementlar, uglerod manbai bilan 
    boyitilgan suyuq ozuqa muhitiga ekilsa, uning ko'payishi uchun 37°C haroratda 22 minut kifoya 
    qiladi.


    81 
    6-rasm. Prokariot (A) va eukariot (B) hujayraning shematik ko'rinishi. 
    E. coli aerob (kislorodli) va anaerob (kislorodsiz) sharoitda ham ko'payaveradi. Biroq E. coli yordamida mahsulot olishda asosan 
    aerob muhitdan foydalaniladi. Boshqa mikroorganizmlar ham huddi shunday – mahsulot olish uchun odatda aerob muhitga ekiladi. 
    Agar laboratoriyada bakteriyani o'stirishdan maqsad biror bir oqsilni sintez qilish va uni ajratish bo'lsa, kolbaga murakkab suyuq 
    ozuqa muhiti tayyorlanadi va unga ekiladi. Muhitni kerakli aeratsiya bilan ta'minlash uchun kolba uzluksiz chayqatiladi (bunday 
    aeratsiya mikroorganizmlar ko'payishi uchun etarli bo'lsada, oqsil sintezi uchun kamlik qilishi mumkin). Temperatura doimiy bo'lishi 
    uchun esa kolba suv hammomiga solinadi.
    Ozuqa muhitida erigan kislorod miqdori oshsa, oqsil sintezi va hujayraning bo'linishi to'htaydi. Bu esa sanoat miqyosida 
    mikroorganizmlardan foydalanib oqsil ishlab chiqarishda juda muhimdir. Sanoat miqyosida mikroorganizmlardan foydalanib maksimal 
    darajada oqsil ishlab chiqarish uchun optimal shart-sharoitlar yaratiladi. Buning uchun aeratsiya sistemalari, mahsus fermenterlar 
    konstruktsiyalari tayyorlanadi. 

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    antikodon deyiladi. Antikodon  mRNKdagi  kodon

    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish