88
ga kiritilganda, odatda, genetik faollik ko‘rsata olmaydi. CHunki u maxsus fermentlar-
restriktazalar bilan tezda bo‘laklarga bo‘lib yuboriladi.
Hozirgi vaqtda turli xil
mikroorganizmlardan mingdan ortiq har xil restriktazalar ajratib olingan. Gen muhandisligida
200dan ortiq turi keng qo‘llanilmoqda.
Restriktazalar endonukleazalarning DNKni muayyan maxsus ketma-ketliklari
restriksiya
saytlari
(nuqtalari)ni hosil qilib gidroliz qiladigan guruhi hisoblanadi.
Har bir restriktaza
o‘zining restriksiya saytini taniydi va DNKni restriksiya sayti izchilliklari ichidan yoki uning
atrofidan boshlab qirqadi. SHunday qilib, muayyan bir restriktaza ta’sirida bitta va aynan o‘sha
DNK ketma-ketligi har doim ham bir xildagi bo‘laklar yig‘indisini hosil qiladi. Restriktazalarni
nomlashda ferment ajratib olingan bakteriya turining lotincha nomini bosh harflari va
qo‘shimcha belgilaridan foydalaniladi. CHunki bir turdagi bakteriyalardan
bir necha xil
restriktazalar ajratib olingan bo‘lishi mumkin. Essherichia coli-EcoR I, EcoR V, Haemophilus
influenzae –Hinf I, Streptomyces albus – Sal I, Thermus aquaticus – Taq I. Basillus
ameloliguefaciens H
Restriktazalar nukleotid ketma-ketliklarini qirqishiga ko‘ra, bir necha tipga bo‘linadi. I-
tipdagi restriktazalar
restriksiya saytlarini taniydi, lekin tanib olgan saytdan ixtiyoriy masofada
(bir necha o‘ndan to bir necha yuz ming nukleotid juftlarga qadar) qirqadi. Bunday
restriktazalarni gen muhandisligi muammolarini hal etishda qo‘llab bo‘lmaydi.
III-tipdagi
restriktazalar ham I-tipdagi restriktazalarga o‘xshaydi, ular DNKni tanib olingan saytdan 20-35
n.j. masofada gidroliz qiladi, shuning uchun ham amaliy maqsadlarda kam foydalaniladi.
Rekombinant molekulalar olish uchun asosan II-tipdagi restriktazalar qo‘llaniladi. Bunday
restriktazalarning
asosiy tavsifi shundaki, ularning tanish sayti va qirqish joyi bir-biriga mos
keladi.