• O‘YINLI TEXNOLOGIYA – «BAXS»
  • antikodon deyiladi. Antikodon  mRNKdagi  kodon




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet75/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   134
    Bog'liq
    biotex

    antikodon
    deyiladi. Antikodon 
    mRNKdagi 
    kodon
    ni tanib oladi va sintezlanayotgan oqsil molekulasiga qanday aminokislota 
    kelib birikishiga javob beradi.
    Translyatsiya (oqsil sitezi) mRNK, turli tRNK va boshqa faktorlar yordamida amalga 
    oshadi.
    Ikkita yoki undan ortiq oqsillar kodini saqlovchi nukleotidlar ketma-ketligi 
    operon
     
    deyiladi.
    Hujayrada mRNK va oqsil sintezi qat'iy tartibda bajariladi. Hujayrada bir vaqtning o'zida 
    ham transkriptsiya, ham translyatsiya jarayonlari sodir bo'lmaydi. Chunki buning uchun 
    hujayrada etarlicha resurs mavjud emas. Prokariotlar va eukariotlar hujayradagi faqat eng 
    zaruriy, eng asosiy funktsiyalarni bajarish uchun kerak bo'ladigan mRNKni sintezlaydi.
    Aminokislotalarning ATF (adenozintrifosfat) ishtirokida faollanish jarayoni polipeptid 
    zanjir hosil bo'lishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Faollanish jarayoni fermentlar yordamida 
    kechadi. Bunda aminoatsiladenilatlar hosil bo'ladi. Keyin aminoatsil-tRNK-sintetaza fermenti 
    ta'sirida (har bir aminokislota uchun mahsus o'zining fermenti bor) aminokislota faollanadi va 
    tRNK bilan bog'lanadi. tRNK va aminokislota kompleksi ribosomaga boradi. Ribosomada esa 
    oqsilning polipeptid zanjiri sintezlanadi. Sintezlangan oqsil ribosomalardan ajraladi. 
    Ribosomalar esa boshqa yangi oqsil molekulasini sintez qilish uchun yangi tRNK va 
    aminokislota kompleksini «kutib» turadi. Shunday qilib, ribosomalarning faolligi va yahlitligi 
    oqsil sintezi uchun juda muhimdir. 


    86 
    O‘YINLI TEXNOLOGIYA – «BAXS»
    Baxs – muammoni muhokama qilish jarayonidir. Uning usuli esa guruh bo‘lib tadbiq 
    qilishdir. Unda har bir ishtirokchi hamsuhbati yoki raqibining fikrini asrash, uni inkor etish 
    orqali haqiqatni tiklashda o‘z monopoliyasini o‘rnatadi. Baxs-munozara borishining turli 
    variantlari mavjud: 
    – evrestik yondashuvlar tomonlaridan biri muammoning echimi bo‘yicha o‘zining 
    yondashuvini qabul qilishga urunmasdan ishontirish, ichki tuyg‘u, sog‘lom aqldan 
    foydalangan holda baxs ishtirokchilarini o‘zining nuqtai nazariga og‘dirib oladi;
    – mantiqiy yondashuvdagi baxsga o‘ta mustahkam mantiqiy tahlil va dalil isbotlar 
    xarakterli bo‘lib, uning vositasida ishtirokchilar yakuniy xulosalarga keladilar; 
    – sufiyona yondashuv – unda tomonlardan biri o‘z raqibini donolik qilib mag‘lub 
    qilishi ham mumkin; 
    – avtoritar yondashuv – unda tomonlardan bir o‘zining obro‘sidan foydalanib, o‘z 
    nuqtai nazarini o‘tkazish mumkin; 
    – tanqidiy yondashuv – baxs ishtirokchilaridan ba’zilari o‘z raqibining faqat 
    kamchiliklari, kuchsiz o‘rni va mavqeiga diqqatni jalb qiladi va aksincha raqibining fikridagi 
    ijobiy unsirlarini ko‘rinishga intilmaydi va muammoning echimi bo‘yicha o‘z takliflarini ham 
    bera olmaydi;
    – dogmatik yondashuv – unda tomonlardan biri baxsni haqiqatni o‘z manfati uchun 
    o‘zining shahsiy maqsadlariga muvofiq keladigan tomonga boshlab ketadi; 
    – pragmatik yondashuv – ishtirok etuvchilardan biri va har bir tomon faqatgina 
    haqiqatni o‘rnatish uchungina baxs yuritmaydi, balki undan o‘zlarining yashirin va baxs 
    ishtirokchilariga ma’lum bo‘lmagan amaliy manfatlariga burish uchun foydalaniladi; 
    Bahsni o‘tkazishda quyidagi qoidalarga ahamiyat berish lozim: 
    – oponentining o‘z fikrini asoslovchi so‘zini tinglab, kuzatib borish; 
    – oponentini so‘zlashdan to‘xtatib qo‘yishga shoshilmasligi; 
    – mayda – chuyda detallarga e’tibor qaratmasligi, eng muhimini ko‘rishga, 
    tushinishga harakat qilishi
    – kuchsiz o‘rinlar, dalil isbotlar, misollar topish va tahlil qilish; 
    – opponentini o‘zidan kuchli deb hisoblamaslik; 
    – o‘ziga haddan tashqari bino qo‘yish va ishonishga ruju bermaslik
    – qo‘rqish raqib oldida mag‘lubiyat ekanligini esda tutish. 

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    antikodon deyiladi. Antikodon  mRNKdagi  kodon

    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish