Farmatsevtik biotexnologiya




Download 4,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/134
Sana07.06.2024
Hajmi4,16 Mb.
#261246
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   134
Bog'liq
biotex

Plazmidalar 
Bakteriya va tuban eukariot organizmlar hujayralarida asosiy 
xromosomadan tashqari, kichik o‘lchamga ega bo‘lgan xalqasimon yoki chiziqsimon strukturaga 
ega bo‘lgan qo‘shimcha xromasomalar mavjuddir bu mini-xromosomalar plazmidlar deb ataladi.
Plazmid DNKasi ko‘pi bilan 3-10 tagacha genlarni o‘zida saqlaydi. Bu genlar, asosan antibiotik 
yoki zaharli toksinlarni parchalovchi fermentlarni sinteziga javobgardir. SHu tufayli plazmidlar 
bakteriya, achitqi va zamburug‘larning antibiotik va zaharli toksinlarga chidamliligini 
ta’minlaydi. 
Plazmidning antibiotik parchalovchi genlari bir plazmiddan ikkinchisiga transpozonlar 
bilan birikkan holatda ham ko‘chib o‘ta oladi. Bu molekulyar jarayon kasal chaqiruvchi 
mikroblarning antibiotiklarga chidamliligini nixoyatda oshiradi. Plazmidalar o‘z xususiyatiga 
ko‘ra ikkiga bo‘linadi. 
Birinchisi transpozon yoki bakteriofag irsiy molekulasi kabi hujayra asosiy 
xromosomasining maxsus DNK izchilligini kesib, rekombinatsiya bo‘la oladigan 
plazmidlar.Bunday rekombinatsiyalanuvchi plazmidlar transmissibl, ya’ni nasldan-naslga 
o‘tuvchi plazmidlar deb ataladi.Transmissibl plazmid asosiy xromosomaga birikkandan keyin 
o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. Asosiy xromosomadan mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya 
qila olmaydi. Ayni paytda bunday plazmidlarda joylashagan genlar asosiy xromosomada o‘z 
faoliyatini bajaradi. Hujayra bo‘linganda rekombinatsiyalanuvchi plazmid genlari asosiy 
xromosoma genlari birikkan holda nasldan-naslga beriladi. Ikkinchi toifa plazmidlar avtonom 
holda replikatsiyalanuvchi plazmidlar deb ataladi. Bunday plazmidlar asosiy xromosamaga 
birika olmaydi, asosiy xromosomalardan mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya yo‘li bilan 
o‘nlab va hatto yuzlab marta ko‘paytira oladi. Avtonom plazmidlar bakteriya yoki zamburug‘ 
bo‘linganda qiz hujayralar orasida tasodifiy ravishda taqsimlanadi. SHu bilan birga avtonom 
plazmid bir hujayradan ikkinchisiga hujayra qobig‘i va membranasining teshiklaridan o‘ta oladi. 
Begona DNKning replikatsiyasi, ekspressiyasi va transformatsiyasini (boshqa 
organizmga ko‘chishini) ta’minlovchi DNK molekulasi 
vektor
deb ataladi. Vektor 
hujayraga qo‘shimcha irsiy axborot kiritilishini amalga oshiradi. Vektor sifatida 
plazmidalar, bakteriofaglar, mobil elementlar va hayvonlarning viruslaridan foydalanish 
mumkin. Hozirgi vaqtda juda ko‘p vektorlar yaratilgan bo‘lib, ularni bir nechta tipga 
bo‘lish mumkin: 


89 

Download 4,16 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   134




Download 4,16 Mb.
Pdf ko'rish