• 2. Ekspression vektorlar.
  • 3. Transformatsiya uchun vektorlar
  • E.coli hujayralariga vektor konstruksiyalar transformatsiyasi
  • Farmatsevtik biotexnologiya




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   134
    Bog'liq
    biotex

    1.Klonlash uchun vektorlar
    . Bunday vektorlarga biriktirilgan DNK fragmentlarni 
    replikatsiyalash orqali soninini (amplifikatsiyasi) ko‘paytirish uchun foydalaniladi. 
    Bunday maqsadlar uchun bakteriya plazmidalari va fa glar qo‘llaniladi. Genomning katta 
    o‘lchamdagi fragmentlarini klonlash uchun esa bakteriya va achitqi xromosomalari 
    asosida yaratilgan (VAS va YAC) sun’iy vektorlaridan foydalaniladi. 
    2. Ekspression vektorlar.
    Ulardan genlarning muayyan ketma-ketligi aniqlash va 
    ularning oqsil mahsulotlarini tahlil qilish, muayyan oqsilni ishlab chiqishda 
    foydalaniladi. Ko‘p sonli ekspression tizimlar, ayniqsa prokariot organizmlar uchun 
    mavjud. SHuningdek sut emizuvchilar, o‘simliklar va achitqilar hujayralarida gen lar 
    ekspressiyasini amalga oshiruvchi vektorlar ham yaratilgan.
    3. Transformatsiya uchun vektorlar
    . Retsipient genomiga begona DNK fragmentlarini 
    kiritish uchun foydalaniladi. Bunday vektorlar odatda genomga integratsiyalanishiga 
    yordam beruvchi maxsus izchilliklar tutadi. Zamonaviy vektor tizimlar polifunksional 
    bo‘lib, bir nechta funksiyani bitta vektorga jamlaydi. Birinchi tabiiy vektorlar 
    bakteriyalardan ajratilgan bo‘lib, ko‘pchiligi tajriba maqsadidan kelib chiqqan xolda
    (ekspression vektorlar, klonlash uchun vektorlar, transformatsiya uchun vektorlar) gen 
    muxandisligi usullari yordamida qayta yaratilgan. 
    Vektor molekulalarning tarkibida marker gen bo‘lishi, bu gen hujayrada vektor ishtirok 
    etayotgani xaqida ma’lum qiluvchi fenotip berishi ya’ni vektor selektiv irsiy belgiga ega 
    bo‘lishi kerak. Ko‘pincha selektiv belgi sifatida tabiatda keng tarqalgan antibiotikka 
    chidamlilik genidan foydalaniladi.
    E.coli hujayralariga vektor konstruksiyalar transformatsiyasi
     
    Tarkibida begona 
    DNK fragmentlari tutuvchi vektor konstruksiyalar E.colining maxsus shtammlari
    hujayralariga transformatsiya qilish uchun foydalaniladi. Vektor plazmidalarning 
    bakteriyalarga transformatsiyasi hujayralarning DNK molekulalarini qabul qilish 
    qobiliyatiga asoslangan (kompitentligiga). E.coli hujayralariga transformatsiyalash 
    asosan kalsiy shoki yoki elektroporatsiya usullaridan birini qo‘llash orqali amalga 
    oshiriladi. Ikkala xolatda ham bakteriya membranasining DNK molekulalari uchun 
    o‘tkazuvchanligi oshadi. 
    Vektor molekulasi uchun quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: 
    1) vektor begona DNK fragmentlarini o‘ziga biriktirishi uchun bir nechta restriktazalar 
    uchun yagona restriksiya saytlari tutishi zarur. 
    2) vektor replikatsiya boshlanish nuqtasi izchilligini tutishi hisobiga muayyan 
    hujayralarda replikatsiyalanishi shart. 
    3) vektor marker gen izchilligini tutishi zarur. Bu genlar vektor konstruksiyani tutuvchi 
    hujayralar seleksiyasini engillashtiradi. 

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish