Nazorat uchun savollar 1. Restriktazalarga izoh bering.
2.DNK polimerazalarga izoh bering?
3.Vektor molekulalari nima va ularning tiplariga izoh bering?
4.Ligaza fermentiga izoh bering.
5.Vektor molekulasiga qanday talablar qo’yiladi?
«AQLIY XUJUM» TEXNOLOGIYASI. Aqliy xujum guruhlararo ishlarda qo’llaniladigan, ko’plab g’oyalarni ishlab chiqish
mumkin bo’lgan usuldir. Bu haqiqatni ham talabalarning o’quv jarayonida faol ishtirok etishlari,
turli g’oyalarni bayon qilish chg’oida boshqalarni ham qizg’in ishga yo’llashlari, ilhom bilan
ishlashlariga imkon beruvchi va unga rag’batlantiruvchi usuldir. Aqliy xujum shuning uchun
ham faollashtirishning muhim usuliki, unda tanho ishlash mumkin emas, birgina g’oya
guruhning barcha ishtirokchilarini bir xil o’ziga tortib oladi.
O’qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, keyin esa o’quv faolligi 5-10 daqiqa
oralig’idagi vaqt chegarasida engillashtiriladi.
Aqliy xujum turli tarzda qo’llanishi mumkin: masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish
uchun, yangi savol qo’yish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish uchun.
Asosiy qoidalari quyidagilar:
1.Aytilayotgan barcha g’oyalar bir-biriga nisbatan muhimlikda tengdir.
2.Kiritilayotgan g’oyalarga nisbatan tanqidning mavjud emasligi.
3.G’oyani taqdim etayotgan paytda so’zlovchining gapini bo’lmaslik.
4.So’zlovchiga nisbatan baholovchi komponent mavjud emas.
MASHG‘ULOTLAR № 9,10 MAVZU: Ti-plazmida yordamida transgen o’simlik yaratish. O’simliklarni in vitro sharoitida mikroklonak ko’paytirish Mashg'ulot shakli: «Biotexnologiya» yo‘nalishi talabalari uchun laboratoriya mashg‘uloti.