|
Transgen hayvonlarni o'rganish asosida gen terapiyasi usullarini ishlab chiqishBog'liq biotexTransgen hayvonlarni o'rganish asosida gen terapiyasi usullarini ishlab chiqish
Bir qarashda «terapiya» va «transgen tehnologiyalar» atamalari bir-biriga mutlaqo
begonadek tuyuladi. Aslida unday emas. Bugungi kunda transgen tehnologiyalar asosida
tibbiyotning yangi yo'nalishi – gen terapiyasi vujudga keldi. Inson genomi bilan ishlanayotganda
mutahassisdan juda katta ehtiyotkorlik talab etiladi. Biroq o'ta og'ir kasalliklar bilan og'rigan
bemor hayotini saqlab qolish uchun ba'zida genomga o'zgartirishlar kiritishga to'g'ri keladi.
Olimlar, masalan, saraton, OITS kabi kasalliklarni davolash keyinchalik transgen tehnologiyalar
yordamida amalga oshiriladi deb umid qiladilar.
Gen terapiyasida somatik transfektsiya usulidan foydalaniladi. Bunda bemor
organizmining ma'lum bir hujayra va to'qimalariga genetik kontruktsiya kiritiladi.
Amerika sog'liqni saqlash assotsiatsiyasi keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, AQSHda
birgina 1999 yilning o'zida 200 ga yaqin genoterapevtik ishlanmalar klinik oldi sinovlariga
ruhsat etilgan. Genoterapevtik ishlanmalar boshqa davolash usullari kabi transgen hayvonlarda
sinovdan o'tkazilmoqda.
Transgen hayvonlar
–
inson organlari manbai
Bu fantastik loyihani bajarish ancha murakkab. Lekin dolzarbligi juda yuqori. Chunki
butun dunyoda donorlik organlariga talab katta. Ko'plab bemorlar ularga buyrak yoki yurak
ko'chirib o'tkazishlari uchun navbat kutadilar. Lekin navbatlari etib kelgunicha hayotdan ko'z
ymadilar. Balki ushbu muammoni transgen hayvonlar yordamida hal qilish mumkindir degan
fikrlar ham yo'q emas.
Bemorga hayvon organini to'g'ridan-to'g'ri ko'chirib o'tkazib bo'lmaydi. Sababi, bemor
immun tizimi begona organga qarshilik ko'rsatadi. Ushbu holatni oldini olish uchun transgen
cho'chqa yaratish lozim. Yaratilgan cho'chqaning begona organga qarshilik ko'rsatuvchi genlari
nokaut qilingan bo'lishi kerak. Nokaut qilingan genlarni o'rniga odamning begona organga
qarshilik ko'rsatuvchi genlari kiritiladi.
|
| |