100
Embrional o'zak hujayralar yordamida embrionlarni rekonstruktsiya
qilib transgen
hayvonlar olish ketma-ketligi.
1-
embrional o'zak hujayralar kul'turasini olish (bu hujayralar – blastotsistalarning ichki
hujayralari massasi). Blastotsistalar fibroblastlarda o'stiriladi. Ular Petri kosachasi tagida qat-qat
bo'lib ajraladi. Ularning ayrimlari embrional o'zak hujayralari liniyasini hosil qiladi.
2- embrional o'zak hujayralarga genetik konstruktsiyani kiritish (transgen hujayralarni
boshqalaridan ajratib olish uchun o'zak hujayralarga Neo geni kiritiladi. Neo – neomitsinga
(antibiotik) chidamli gen. Bu gen neomitsintransferaza fermenti sintezi uchun javob beradi.
Muhitga neomitsin antibiotigi qo'shilsa, tarkibiga Neo geni kirmagan
hayvon hujayralari halok
bo'ladi. Neo geni bor hujayralar esa yashayveradi. So'ngra tirik qolgan hujayralar koloniyasi
molekulyar-genetik tahlil qilinadi.
)
;
3- mikroin'ektsiya uchun blastotsistalar olish: ular terisini rangi boshqalaridan farq qiladigan
hayvonlar
liniyasidan olinadi;
4- himer embrion konstruktsiyasini yaratish: transgen