96
meristemalari sharsimon sferalar -
protokormlar
hosil qilgan. Protokormlarni bo'lib, alohida har
bir bo'lagini ozuqa muhitiga ekish mumkin. Har bir bo'lak ildiz chiqarib ko'chat holiga keladi.
Morel' bu ishlarni uzluksiz amalga oshirish mumkinligini aniqladi. Natijada yuqori sifatli,
viruslardan holi, genetikasi bir hil ko'chatlar olish usuli yuzaga keldi.
Mikroklonal ko'paytirish usulida turli-tuman o'simliklarni,
jumladan, yoshi katta
yog'och shohli darahtlar, ayniqsa ignabarglilar, dorivor o'simliklarni ko'paytirish mumkin.
Butkul
yo'qolib ketish havfi bo'lgan o'simliklarni ham shu usul yordamida saqlab qolsa bo'ladi.
Yog'och shohli o'simlik to'qimalari kul'turasi haqidagi dastlabki ma'lumotlar fransuz
olimi Gotre tomonidan XX asrning 20-yillarida chop etilgan. Unda qayrag'och, qarag'ayning
ayrim turlari
in vitro
sharoitda kallus hosil qilishi mumkinligi aytilgan. 40-yillarda olib borilgan
tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, qayrag'ochning turli to'qimalaridan adventiv shohchalar o'sar ekan.
Biroq shohchalar o'sib, ko'chat bo'lib etilishi haqida ma'lumotlar olinmagan. 60-yillarning
o'rtalarida Mates tog'terakdan olingan regenerantni (o'simlik tanasining biror eridan kesib
olingan va qayta tiklangan to'qima yoki organ) ko'chat holigacha etishtirishga muvaffaq bo'ldi.
Ignabarglilar to'qimalari kul'turasi olimlar uchun uzoq yillargacha tadqiqot ob'ekti bo'lib
kelgan. Sababi, o'sha davrda o'simliklardan ajratilgan hattoki yosh to'qimalarni ham o'stirishda
muammolar etarli edi. Ma'lumki, darahtlar ayniqsa, ignabarglilar sekin o'sadi,
ildizining
rivojlanishi ham qiyin kechadi. Bundan tashqari, ignabarglilardan juda ko'p miqdorda ikkilamchi
moddalar (fenollar, terpenlar va boshq.) ajraladi. O'stirish uchun daraht tanasidan to'qimalar
ajratilganda ushbu ikkilamchi moddalar fenolaza fermentlari ta'sirida oksidlanadi. Oksidlangan
moddalar esa o'z navbatida hujayralarni bo'linishini va ularni o'sishini, rivojlanishini to'htatadi.
Lekin shunga qaramay, olimlar tadqiqot uchun aynan darahtlarning organ va to'qimalarini
tanlamoqdalar. Bugungi kunga kelib, 200 dan ortiq daraht turlarini (kashtan, eman, qayin,
tog'terak, tog'terak
va terak gibridi, qarag'ay, zarang, archa va boshq.)
in vitro
sharoitda
o'stirishga erishildi. Soha bo'yicha ilmiy izlanishlar dunyoning ko'plab shaharlarida hali davom
etmoqda.