90
Faglar asosidagi vektorlar.
Kosmidlar. Vas- va Yas- vektorlar.
Bakteriya
plazmidalarida o‘rtacha 7-8 m.j.n. uzunlikdagi fragmentlarni klonlash mumkin, eukariot
genlari izchilligi esa (~10-25 m.j.n.) uzunroq bo‘ladi.
Bundan tashqari genlarning
kodirlovchi qismi atrofida joylashgan regulyator izchilliklarni o‘rganish uchun genomni
kengroq klonlash zarur. Bunday katta fragmentlarni klonl ash uchun
bakteriofagi
asosida tarkibiga 22 m.j..n. uzunlikdagi begona DNK fragmentlarini
tutuvchi vektor
konstruksiya yaratilgan.
bakteriofag asosida klonlash uchun bunday vektorlarni
yaratishda fag DNK molekulasining markaziy qismi fagning E.coli da ko‘payishi uchun
zarur emasligi e’tiborga olingan xolda restriktazalar yordamida
fag genomidan kesib
olinganda replikatsiya uchun zarur bo‘lgan fagning o‘ng va chap elkasi o‘zgarmasdan
qolishi kerak. Fag elkalari boshqa fragmentlardan alohida ajratilib, klonlash uchun vektor
sifatida qo‘llaniladi. Kesilgan fag DNKsi o‘rniga o‘lchami 9-21 m.j.n. bo‘lgan begona
DNK ulanadi. Bakteriyalarda faqat fagning ikkala elkasi va begona DNK tutuvchi faglar
ko‘payadi. Bunda olingan fag rekombinant DNKsi 30 m.j.n. dan kam bo‘lmasligi kerak.