• Mashg‘ulot maqsadi: gen muhandisligi fermentlari, ularning turlari, plazmidalar va ularning turlari, vektor konstruksiyasi Mavzuning ahamiyati
  • Ishning nazariy qismi
  • Farmatsevtik biotexnologiya




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   134
    Bog'liq
    biotex

     
    Nazorat uchun savollar: 
    1. Nuklein kislotalar organizmda qanday funktsiyani bajaradi?
    2. Nukleotidlar nima? 
    3. Nukleozidlar nima? 
    4. Genetik kod nima? 
    5. Aminokislotalar oqsil sintezida qanday funktsiyani bajaradi?
    6. Translyatsiya jarayonini tushuntiring. 


    87 
    7. Replikatsiya jarayonini tushuntiring. 
    8. Transkriptsiya jarayonini tushuntiring. 
    9. mRNK, tRNK, rRNK qanday funktsiyani bajaradi?
    10. Mendel' qonunlarini eslang.
     
     
     
     
    MASHG‘ULOT № 8 
    MAVZU: Gen muxandisligida ishlatiladigan nukleaza fermentlari. Plazmidalar hamda 
    viruslar asosida vektor konstruksiyasini yaratish
    Mashg'ulot shakli:
    «Sanoat farmatsiyasi» yo‘nalishi talabalari uchun amaliy mashg‘ulot. 
    Mashg'ulot uslubi:
    O‘yinli texnologiya «Aqliy hujum». 
    Mashg‘ulot maqsadi:
    gen muhandisligi fermentlari, ularning turlari, plazmidalar va ularning 
    turlari, vektor konstruksiyasi 
    Mavzuning ahamiyati:
    gen muhandisligi genetika va molekulyar biologiya sohasida erishilgan 
    yutuqlar asosida dunyoga keldi 
    Ishning nazariy qismi 
    Gen muhandisligi fermentlari DNK molekulalari bilan turli xil muolajalarni o‘tkazishga 
    yordam berib, ularni tegishli joyidan qirqish, turli xil bo‘laklarini ulash, tabiatda mavjud 
    bo‘lmagan yangi xildagi ketma-ketliklarni sintez qilishda qo‘llaniladi. quyida gen 
    muhandisligida foydalaniladigan asosiy fermentlarni ko‘rib chiqamiz.
     
    DNK polimerazalar.
    Gen muhandisligida keng qo‘llaniladigan fermentlardan biri Ecoli 
    ning T4 fagidan ajratib olingan DNK polimeraza I hisoblanadi. DNK polimeraza I komplementar 
    nukletidlarni biriktirish yo‘li bilan DNK zanjirining 5

    -3

    yo‘nalishida uzaytirish xususiyatiga 
    ega. DNK polimerazaning bu xususiyati gen muhandisligida ikkinchi komplementar zanjirni 
    hosil qilish: bir zanjirli matritsa –DNK siga qo‘shilganda praymer ishtirokida ikki hissa ortishida 
    kuzatiladi. Bu xususiyat kDNK-bibliotekalarini tuzishda qo‘llaniladi. DNK polimeraza DNK 
    zanjiridagi “bo‘shliq” larni to‘ldirishda ham foydalaniladi, masalan, 5

     
    - uchli bo‘laklarni tegishli 
    tartibda ulanishida ham ishtirok etadi. DNK polimerazaning ekzonukleaza faolligidan DNK 
    bo‘lagiga radioaktiv nishon kiritishda qo‘llaniladi. 
    Ba’zi viruslardan RNK ga bog‘liq DNK polimeraza, ya’ni teskari transkriptaza yoki 
    revertaza
    deb nomlanuvchi maxsus DNK polimeraza ajratib olingan. Revertazalar DNK ning 
    komplementar zanjirini matritsa RNK sida ham sintezlay oladi. Reveratazalar yordamida kDNK-
    mRNK ning DNK nusxalarini olish mumkin. kDNK genlarining tuzilishini o‘rganish bu 
    genlarning genomdagi to‘liq nusxalarini aniqlash imkonini beradi. 

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish