|
Ribosomalar – tarkibida RNK va strukturaviy oqsil saqlovchi nukleotid zarrachalarBog'liq biotexRibosomalar – tarkibida RNK va strukturaviy oqsil saqlovchi nukleotid zarrachalar.
Ribosomalarning biokimyoviy roli – oqsil sitezi. Aynan ribosomalarda alohida
aminokislotalar birikib oqsillar hosil bo'ladi.
Prokaiotlarda barcha turdagi RNKlar transkriptsiyasi bitta RNK – polimeraza
ishtirokida kechadi. Eukariotlarda esa mRNK, rRNK, tRNK boshqa-boshqa RNK-
polimerazalar ishtirokida sintezlanadi.
Prokariotlardagi DNKda genlar ketma-ket joylashgan, eukariotlarda esa DNK ning ayrim
zonalarida hech qanday ahborot saqlanmaydi. DNK ning ahborot saqlovchi qismi
ekzonlar
,
ahborot saqlamaydigan qismi esa
intronlar
deyiladi. Transkriptsiya jarayoni tugaganidan keyin
intronlar mahsus fermentlar yordamida kesiladi. Natijada mRNKda faqat ekzonlar qoladi va ular
bir-biriga birikadi (
splaysing
). Ekzonlar uzunligi ko'pincha 150-200 ta nukleotid bo'lsa, intronlar
uzunligi 40-10 000 nukleotidgacha bo'ladi.
Hujayradagi RNK larning foiz ulushi:
mRNK 3-5%;
rRNK 90%;
tRNK 4%.
Nisbatan yirik rRNK molekulasi oqsillar bilan birikib ribosomaning katta subbirligini
tashkil qiladi. Kichikroq rRNK esa kichik subbirlikni hosil qiladi. Oqsil sintezida ikkala
subbirliklarning qo'shilishidan ribosoma paydo bo'ladi. rRNK ribosoma massasining 60% tashkil
etadi.
Hujayrada ribosomalardan tashqari 60 ga yaqin turli hil tRNK mavjud. tRNK bir zanjirli
molekula bo'lib, nukleotidlari soni 75 dan 93 gacha bo'ladi. aminoatsil-tRNK-sintetaza fermenti
yordamida tRNKning 3'-uchiga aminokislota ulanadi. 20 ta aminokislotaning har biriga alohida
tRNK bor. tRNKning ikkinchi uchidagi ohirgi 3 ta nukleotid
|
| |