82
Mavzuning ahamiyati:
gen muhandisligi genetika va molekulyar biologiya sohasida erishilgan
yutuqlar
asosida dunyoga keldi
Ishning nazariy qismi
Aminokislotalar, nukleotidlar kabi sodda organik molekulalar birlashib yirik polimerlar
hosil qiladilar. 2 ta aminokislota bir-biri bilan peptid bog'i, 2 ta nukleotid esa bir-biri bilan
fosfodiefir bog'i orqali birikadi. Bunday reaktsiyalarning izchillik bilan
takrorlanishi natijasida
chiziqli polimerlar hosil bo'ladi. Bu polimerlar
polipeptidlar
va
polinukleotidlar
deb ataladi.
Polipeptidlar ya'ni oqsillar va polinukleotidlar DNK va RNK ko'rinishida juda muhim
komponent hisoblanadi. Oqsillar 20 ta aminokislotadan iborat. DNK, RNK molekulalari esa bor
yo'g'i 4 ta nukleotiddan tashkil topgan.
Hujayrada ham DNK, ham RNK mavjud. Har biri o'z
funktsiyasini bajaradi.
Polinukleotidlar strukturasi ahborotni saqlash va uzatish uchun yahshi moslashgan.
Polinukleotidlar orasida kimyoviy jihatdan farqlar bor. Ana shu farqlar hisobiga bu moddalar
turli hil vazifalarni bajaradilar. Masalan, DNK genetik ahborot ombori. Chunki uning
molekulasi RNK molekulasiga nisbatan barqaror. Tirik organizmning
tuzilishi va uning
funktsiyalari haqidagi barcha ahborot ushbu organizmning genetik materialida saqlanadi.
Genetik materialning asosini esa DNK tashkil etadi.
DNK uzun ikki zanjirli polimer molekula. Bu gigant molekulada organizmning hamma
belgilari, hususiyatlari «yozilgan». Birinchi zanjirdagi monomerlar ketma-ketligi ikkinchi
zanjirdagi monomerlar ketma-ketligi bilan komplementar. Ya'ni bir-biriga muvofiq.
Komplementarlik printsipi dastlabki va yangi sintez bo'lgan molekulalarni bir-biriga o'hshah
bo'lishini ta'minlaydi (