• DNK-futprinting
  • Farmatsevtik biotexnologiya




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   134
    Bog'liq
    biotex

    pul's-elektroforez
    deyiladi.
    Ko'pchilik sut emizuvchilarning gemoglobin, insulin, sitohrom C genlarining 
    nukleotidlar ketma-ketligi aniqlangan.
    DNKdagi ahborotning hajmi shu darajada kattaki, uni saqlash va tahlil qilish uchun 
    superkomp'yuterlar kerak bo'ladi. 
    Ma'lum tipdagi hujayrada aynan qaysi genlar faolligini bilish uchun 
    DNK-futprinting
    usulidan foydalaniladi. Buning uchun DNK fragmentlari R
    32 
    bilan belgilanadi, nukleaza 
    fermentlari bilan parchalanadi, gelda ajratiladi va radioavtografda tasvir hosil qilinadi. Agar 
    DNKning suvli eritmasini 100°C qizdirilsa va ishqor solinsa (pH-13.0) komplementar juftlar bir-
    biridan uziladi. Natijada DNK ning ikkala zanjiri bir-biridan ajraladi. Bu jarayon 
    DNK 
    denaturatsiyasi
    deyiladi. Avvallari bu jarayon qaytmas deb hisoblanar edi. Biroq DNKning 
    12
    Lotincha 
    NATIVUS so'zidan olingan tug'ma, tabiiy, o'zgarmagan kabi ma'nolarni anglatadi.


    79 
    ajralib ketgan komplementar zanjirlari 65°S haroratda birmuncha vaqt saqlansa, spiral struktura 
    yana tiklanadi. Bu jarayon 
    renaturatsiya
    deyiladi. 
    Aksariyat 
    genlarda 
    oqsillar 
    sintezi 
    haqidagi 
    ahborot 
    saqlanadi. 
    Oqsillar 
    aminokislotalardan tuzilgan universal moddalardir. Ularda reaktsiyaga kirishuvchi guruhlar juda 
    ko'p. Ular ko'plab strukturaviy va funktsional vazifalarni bajaradilar. Oqsillar tirik 
    organizmlarda kechadigan deyarli barcha jarayonlarda ishtirok etadilar; biokimyoviy 
    reaktsiyalarni katalizlaydilar, hujayralar orasida va ularning ichida transport vazifasini 
    bajaradilar va h.k.
    Oqsillar tirik organizmning «qurilish materiali» bo'libgina qolmay, balki tayanch-harakat 
    sistemasida ishtirok etadi, infektsiya va toksinlardan himoya qiladi, moddalar sintezini 
    boshqaradi.
    Hamma aminokislotalarning kimyoviy tuzilishi bir-biriga o'hshash; markaziy uglerod 
    atomiga vodorod atomi, aminoguruh, karboksil guruh va yon zanjir ulangan. 20 hil 
    aminokislotaning yon zanjirlari ham 20 hil; masalan, alaninda metil guruhi yon zanjir vazifasini 
    bajaradi.
    Bir aminokislotaning karboksil guruhi va ikkinchi aminokislotaning aminoguruhi 
    o'rtasida peptid bog'i hosil bo'ladi. Oqsil molekulasidagi eng birinchi aminokislota erkin 
    aminoguruhga (N-uchi), ohirgi aminokislota esa erkin karboksil guruhga (C-uchi) ega.
    Oqsil molekulasida 40 dan 1000 gacha aminokislota qoldig'i bo'ladi. Molekulasidagi 
    aminokislotalar ketma-ketligi va aminokislotalar turiga ko'ra oqsil har hil konformatsion shaklga 
    kiradi. Ko'pchilik faol oqsillar ikki yoki undan ortiq polipeptid zanjiridan iborat bo'ladi. Asosiy 
    funktsiyalarni bajaruvchi oqsillar ko'plab polipeptid zanjirlar – subbirliklardan tuzilgan.
    Oqsildagi aminokislotalar ketma-ketligini RNK zanjiridagi nukleotidlar ketma-ketligi 
    belgilaydi; 3 ta nukleotid (triplet) 1 ta aminokislotani kodlaydi. 
    Nukleotidlar tilida yozilgan genetik ahborotni aminokislotalar tiliga o'tkazishda RNK 
    muhim zveno bo'lib hizmat qiladi. RNK DNK ma'lum uchastkalarida sintezlanadi. 
    RNK polinukleotid molekula bo'lib, DNK dan 2 ta parametr bo'yicha farq qiladi: 
    1.
    RNK da 2 ta gidroksil guruh saqlovchi riboza bor. 
    2.
    RNK da timin o'rnida uratsil joylashgan. 
    RNK ning bir zanjirli bo'lishining sabablari: 

    hujayraviy tuzilishga eha bo'lgan organizmlarda RNK asosida RNK sintez bo'lishini 
    katalizlaydigan ferment yo'q (ayrim viruslar bundan mustasno); 

    uratsilda metil guruh yo'q, shuning uchun u adenin bilan mustahkam bog'lana olmaydi, 
    buning natijasida RNK o'zining ikkinchi komplementar zanjirini «ushlab» turolmaydi. 
    RNK bir zanjirli bo'lgani uchun spiral bo'lib buralmagan. Uning 3 hil turi bor: 

    informatsion yoki matritsali RNK (iRNK yoki mRNK); 

    ribosomal RNK (rRNK); 

    transport RNK (tRNK) 

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish