|
Farmatsevtik biotexnologiyaBog'liq biotex Nazorat uchun savollar
1.Biotehnologik jarayon nima?
2. Biotehnologik jarayonlar shemasi necha blokdan iborat bo'ladi?
3. Sanoatda biotehnologik jarayonlar asosida mahsulot olish necha bosqichdan iborat bo'ladi?
4. Biotehnologiya va GMP.
5. Biotehnologiya sanoatida suv qanday tozalanadi?
6. Apoptoz va nekroz nima?
7. Fermentatsiya samaradorligini ohirishning qanday usullari bor?
8. Mikroorganizmlar o'sishi va nobud bo'lishi nechta fazani o'z ichiga oladi?
9. Kul'tural suyuqlikdan mahsulot qanday ajratiladi?
10. Biotehnologiya sanoatida ajratilgan mahsulot qanday mashinalarda qadoqlanadi?
«SKARABEY» TEXNOLOGIYASI
«Skarabey» interaktiv texnologiya bo‘lib, u o‘quvchilarda fikriy bog‘liklik, mantiq,
xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq
va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o‘quvchilarga mustaqil
ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha
va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni paytda turli g‘oyalarni ifodalash hamda ular
orasidagi bog‘liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi. «Skarabey» texnologiyasi har tomonlama
bo‘lib, undan o‘quv materialining turli bosqichlarini o‘rganishda foydalaniladi:
Boshida – o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish sifatida;
Mavzuni o‘rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilish va mazmunini belgilash,
ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash, mavzuni
yanada chuqurroq o‘rganish, yangi jihatlarini ko‘rsatish;
Ohirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida.
«Skarabey» texnologiyasini o‘quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning
fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o‘quvchilar tajribasidan
foydalanishni ko‘zda to‘tadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy
tajriba o‘tkazish imkoniyatlariga ega.
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni engillashtiruvchi chizma
shakllardan foydalanishni ko‘rsatish mumkin.«Skarabey» alohida ishlarda, kichik guruhlarda
hamda o‘quv jamoalarida qo‘llanilishi mumkin.
MASHG‘ULOT № 6
|
| |