Farmatsevtik biotexnologiya




Download 4,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/134
Sana07.06.2024
Hajmi4,16 Mb.
#261246
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   134
Bog'liq
biotex

transkriptsiya
) va oqsil sitezi (
translyatsiya
). Ushbu jarayonlar davomida 
genlarda saqlangan ma'lumot oqsil ko'rinishiga o'tadi.
Dastlab DNKning ma'lum uchastkasida mRNK (matritsali yoki informatsion RNK) sintez 
bo'ladi. Hayvon hujayralarida bu jarayon yadroda amalga oshiriladi. Keyin ahborot tRNK 
(transport RNK) ishtirokida sitoplazmaga o'tkaziladi. Sitoplazmada mRNK, tRNK, fermentlar 
va boshqa faktorlar yordamida oqsil molekulasi sintezlanadi. Boshqacha qilib aytganda, 
DNKdagi nukleotidlar tilida yozilgan genetik ahborot aminokislotalar tiliga o'giriladi. Oqsilning 
tuzilishi va funktsiyasi uning aminokislotalari ketma-ketligiga bog'liq. 
DNK va RNKdagi nukleotidlar energiyani tashuvchilik vazifasini ham bajaradilar. 
DNK strukturasi – bu chiziqli polimer. Uning monomerlari (nukleotidlar) azot asoslari
pentoza va fosfat guruhidan iborat. Fosfat guruhi 5'-uglerod atomiga, pentoza esa 1' – uglerod 
atomiga birikkan.


78 
Har bir nukleotidning o'z nomi bor. DNK asoslari 2 hil bo'ladi: 

purin asoslari (adenin-A, guanin-G); 

pirimidin asoslari (sitozin-C, timin-T(RNKda uratsil-U)). 
Nukleotidlar L va D optik izomerlar shaklida bo'ladi. Barcha tirik organizmlar o'z nukleotidlarini 
«qurishda» D – shakldagi izomerlardan foydalanadilar. L – shakldagi izomerlar DNK sintezi 
uchun javob beradigan fermentlarni ingibirlaydi.
DNKda 1ta gidroksil guruhi bo'lgan 2'-dezoksiriboza bor. RNKda esa 2ta gidroksil guruhi 
bo'lgan riboza bor. Nukleotidlar bir-biri bilan fosfodiefir bog'i orqali bog'langan. Bunda bir 
nukleotidning 5'- uglerod atomi fosfat guruhi «qo'shni» nukleotidning 3'- gidroksil guruhi bilan
bog'langan. Polinukleotid zanjirning bir uchi 3'-ON (3'-uchi), ikkinchi uchi esa 5'-fosfat guruhi 
(5'-uchi) bilan tugallanadi.
Nativ
12
DNK spiral hosil qiluvchi 2 ta polimer zanjirdan iborat. Zanjirlar bir-biri bilan 
vodorod bog'lari orqali bog'langan. Adenin faqat timin bilan, guanin esa faqat sitozin bilan 
birikadi. Adenin-timin juftligi 2 ta, guanin-sitozin juftligi 3 ta vodorod bog'lari orqali birikkan.
Ikki zanjirli DNK uzunligi komplementar nukleotidlar juftlarining soni bilan o'lchanadi. 
Masalan, odamning DNK molekulasi 263 million nukleotidlar juftidan tashkil topgan.
DNK molekulasi zanjirlari bir-biriga antiparallel; biri 3'→5' yo'nalishda, ikkinchisi 5'→3' 
yo'nalishda tuzilgan.
Genetik informatsiyani tashuvchisi ikki talabga javob berishi lozim: 

yuqori aniqlikda replikatsiyalanishi kerak; 

oqsil molekulalari sintezini kodlashi kerak. 
Komplementarlik printsipiga muvofiq, har bir DNK zanjiri yangi komplementar 
zanjirning hosil bo'lishi uchun matritsa bo'lib hizmat qila oladi. Agar hujayra bo'linadigan bo'lsa, 
ribosomalarda DNK molekulasidan nusha ko'chiriladi. Bunda DNK zanjirlari bir-biridan 
ajraladi. Har bir zanjir o'sha zahoti aynan o'zi bilan bir hil bo'lgan ikkinchi zanjirni sintezlaydi. 
Natijada 2 ta bir hil hromosoma hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan hromosomalar bo'linayotgan 
hujayralarga taqsimlanadi. Hujayraviy tuzilishga ega bo'lgan barcha tirik organizmlarda irsiy 
belgilar ota-onadan keyingi avlodlarga shu tarzda o'tadi.
Replikatsiyaning har bir raundida DNK molekulasi bilan bir hil 2 ta yangi molekula hosil 
bo'ladi. Strukturaviy gendagi nukleotidlar ketma-ketligi u kodlaydigan oqsildagi aminokislotalar 
ketma-ketligini belgilaydi. Shuningdek DNKning har bir zanjiri yangi hosil bo'ladigan zanjir 
uchun matritsa (qolip) vazifasini bajaradi. Matritsadagi azot asoslari ketma-ketligi yangi 
zanjirdagi azot asoslari ketma-ketligi qanday bo'lishini belgilaydi.
Prokariot va eukariot hujayralarda DNK sintezi turli hil fermentlar ishtirokida kechadi. 
Asosiy rolni DNK-polimeraza fermenti o'ynaydi. Bu ferment fosfodiefir bog'lari hosil bo'lishini 
katalizlaydi. Hamda o'sayotgan polinukleotid zanjiri zvenolarini komplementarlik printsipi 
asosida bir-biriga ulaydi.
DNKni parchalash uchun agaroza (dengiz suv o'tlaridan ajratiladigan polisaharid) asosida 
mahsus gellar yaratilgan. Agaroza gelida DNK molekulasini parchalash usuli 

Download 4,16 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   134




Download 4,16 Mb.
Pdf ko'rish