• Mashgulot uslubi: «Skarabey» texnologiyasi. Mashg‘ulot maqsadi
  • Ishning nazariy qismi
  • Farmatsevtik biotexnologiya




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   134
    Bog'liq
    biotex

    MASHG‘ULOT №

    Mavzu: Biotexnologiya sanoatida qo‘llaniladigan bioreaktorlar
    Mashg'ulot shakli:
    «Sanoat farmatsiyasi» yo‘nalishi talabalari uchun amaliy mashg‘ulot. 
    Mashg'ulot uslubi:
    «Skarabey» texnologiyasi. 
    Mashg‘ulot maqsadi:
    biotehnologiyada laboratoriya hamda sanoat miqyosida qo'llaniladigan 
    jarayonlar, bioreaktorlar, ularning turlari va ishlash printsipi 
    Mavzuning ahamiyati:
    biologik material bilan ishlashda muhandis-biotehnolog qanday 
    biologik jarayonlarga duch kelishini hamda qaysi qurilmalar bilan ishashini bilishi juda muhim, 
    chunki kelgusida muhandis-biotehnolog faqat tirik organizmlar bilan ishlaydi 
    Ishning nazariy qismi 
     
    Biotehnologiya-biologik jarayonlardan tehnika va sanoatda foydalanish. Bu 
    jarayonlar (mutahassis biotehnolog ishtirokida) bioob'ekt yordamida kerakli natija olishga 
    qaratilgan. Biologik tehnologiya jarayonlari kimyoviy tehnologiya jarayonlaridan keskin farq 
    qiladi. Biologik tehnologiya jarayonlarida asosiy komponent- bioob'ekt (virus, bakteriya, 
    zamburug', o'simlik va hayvon hujayralari, biomolekulalar). Kimyoviy tehnologiyada bunday 
    ob'ektlar ishlatilmaydi. Kimyoviy tehnologiyada qo'llaniladigan jarayonlar esa, masalan, yuqori 
    temperatura, katta bosim biotehnologiyada qo'llanilmaydi. Biroq reaktsiyalar – ular hoh 
    kimyoviy, hoh biokimyoviy bo'lsin, barchasi Le Shatel'e printsipiga bo'ysunadi. 
    Birgina (quyida ko'rsatilgan) umumlashgan shema biotehnologik jarayonlarning hammasini 
    qamrab ololmaydi. Aksariyat jarayonlar yana bir qancha bo'linmalarga ajraladi. Masalan, 
    baholash: bioob'ektlarning hujayraviy tuzilishiga ko'ra qaysi oilaga mansubligi (akariotlar, 
    eukariotlar, prokariotlar), bioob'ektlarning funktsional faolligi (biosintez, biotransformatsiya). 
    Shuningdek, fermentatsiya va mahsulotni ajratish jarayonlari ham bir necha bosqichlardan iborat 
    bo'ladi.
    Ozuqa muhiti 
    ingredientlari 
    Ozuqa muhitini tayyorlash 
    Suv 


    73 
     
    3-rasm.. Biotehnologik jarayonlarning umumlashgan shemasi. 
    Biotehnologiya jarayonlarini shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin: 

    biologik 

    biokimyoviy 

    bioanalog 
    Birinchi guruhga (biologik) bevosita akariotlar, eukariotlar, prokariotlardan foydalanish 
    kiradi. Ikkinchi guruh (biokimyoviy) jarayonlar fermentlardan foygalanishga asoslangan. 
    Uchinchi guruh biotehnologiya jarayonlariga (bioanalog) esa tirik organizmlar moddalar 
    almashinuvi natijasida hosil bo'ladigan mahsulotlarni kimyoviy yo'l bilan sintez qilish kiradi. 
    Bioanalog jarayonlarga antibiotiklar sintezini misol qilib keltirish mumkin.

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish