• Fermentlarni immobilizatsiyalashda ishlatiladigan tashuvchilar klassifikatsiyasi
  • Farmatsevtik biotexnologiya




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   134
    Bog'liq
    biotex

    Invertaza

    saharozani gidrolizlovchi ferment 


    109 
    2.
    Fermentativ reaktsiyani uzluksiz o'tkazish mumkin. Shuningdek reaktsiya tezligi va 
    mahsulotning chiqishini boshqarish mumkin.
    3.
    Ferment molekulasini aniq bir maqsadli o'zgartirish uning qator hossalariga ta'sir 
    qiladi; substrat bilan spetsifik bog'lanishi, katalitik faollikni pH muhit va ion kuchiga 
    bog'liqligi, denaturatsiya
    18
    lovchi faktorlarga chidamlilik va h.k. 
    4.
    Ferment ulangan tashuvchining hossalarini o'zgartirib fermentning katalitik faolligini 
    idora qilish mumkin. Bunda tashuvchiga yorug'lik, tovush kabi fizik faktorlar ta'sir 
    etganida fermentning katalitik faolligi o'zgaradi. 
    Fermentlarni immobilizatsiyalashning har hil yo'llari bor: 

    fermentni erimaydigan tashuvchiga bog'lash; 

    ferment molekulasining ichki funktsional guruhlarini bir-biri bilan bog'lab qo'yish; 

    fermentni eriydigan tashuvchiga bog'lash. 
    Qon tomirlaridagi tiqilmalarga fermentlarning ta'siri. 
    Fermentlarni immobilizatsiyalashda ishlatiladigan tashuvchilar klassifikatsiyasi 
    Fermentlarni immobilizatsiyalashda organik va anorganik tashuvchilar ishlatiladi.
    Tashuvchilarga quyidagi talablar qo'yiladi (Dj.Porat, 1974): 

    kimyoviy va biologik mustahkamlik

    ferment va substrat oson kira oishi; 

    g'ovak strukturaga ega bo'lishi; 

    solishtirma sirt yuzasining kattaligi; 

    tehnologik jihatdan qulay shaklga ega bo'lishi (granula, membrana va h.k.); 

    oson faollana olishi; 

    yuqori gidrofillik; 

    narhining arzonligi. 
     
    18
    Denaturatsiya
    – turli faktorlar ta'sirida oqsil molekulasining tabiiy hususiyatlarini (gidrofillik, eruvchanlik va 
    h.k.) yo'qolishi. Denaturatsiya natijasida oqsil molekulasidagi aminokislotalar ketma-ketligi o'zgarmaydi.


    110 
     
    Fermentlarni immobilizatsiyalashda ishlatiladigan tashuvchilar klassifikatsiyasi. 
    Organik polimer tashuvchilar sintetik va tabiiy bo'ladi. Tabiiy organik tashuvchilar 3 
    guruhga bo'linadi: 

    polisaharidlar; 

    oqsillar; 

    lipidlar 
    Sintetik polimer tashuvchilar ham kimyoviy tuzilishiga ko'ra bir necha guruhga bo'linadi: 

    polimetilen; 

    poliamid; 

    poliefir 
    Fermentlar immobilizatsiyasida asosan tabiiy polisaharidlar va polimetil tipidagi sintetik 
    tashuvchilar ishlatiladi. Boshqa tashuvchilar nisbatan kamroq ishlatiladi. Tabiiy polimer 
    tashuvchilarda reaktsiyaga kirishuvchan funktsional guruhlar ko'p, ularning gidrofilligi yuqori. 
    Shuning uchun bunday tashuvchilardan boshqalariga nisbatan ko'proq foydalaniladi. tashqari
    ular qimmatbaho va noyob moddalar emas. Tabiiy polimer tashuvchilarning o'ziga yarasha 
    kamchiliklari ham bor; ularning narhi qimmat, mikroorganizmlar ta'siriga chidamsiz. 
    Immobilizatsiyada tabiiy polimer tashuvchilardan sellyuloza, dekstran, agaroza va uning 
    hosilalari keng qo'llaniladi. Sellyuloza gidrofil modda bo'lib, uning gidroksil guruhlari juda ko'p. 
    Shu boisdan uning molekulasini modifikatsiyalash oson. Mehanik mustahkamligini oshirish 
    uchun uni qisman gidrolizlab, granula shakliga keltiriladi. Granula shakliga keltirilgan 
    sellyulozani DEAE (dietilaminoetil)-sellyuloza, KMS (karboksimetilsellyuloza) kabi moddalarga 
    aylantirish mumkin. 
    Dekstran asosidagi tashuvchilardan ham keng foydalaniladi. Ular «sefadeks» savdo nomi 
    bilan ishlab chiqariladi. Sefadekslar quruq kukun shaklida ishlab chiqariladi. Suvli eritmalarda 
    juda yahshi bo'kish hususiyatiga ega. Sefadeks g'ovaklarining o'lchami uning molekulararo 
    «tikilganlik» darajasiga bog'liq. Krahmal ham dekstranlar guruhiga kiradi. Krahmal molekulasini 
    sefadeks kabi funktsional agentlar bilan «tikib» modifikatsiyalash mumkin. «Tikuvchi» agent 
    sifatida formal'degiddan foydalanish mumkin. «Tikilgan» krahmalning g'ovaklari ko'p bo'ladi. 
    Bundan tashqari, fermentlar ta'siriga chidamli bo'ladi va uncha-munchaga parchalanib 
    ketavermaydi. Dekstran asosidagi suvda eruvchan polimerlar tibbiyotda dori vositalarining 
    tashuvchilari sifatida ishlatiladi. 
    Agar ham yahshi tashuvchi hisoblanadi. Diepoksid birikmalar yordamida «tikib» uning
    hususiyatlarini yanada yahshilash mumkin. Molekulasi kimyoviy moddalar bilan «tikilgan» 
    agarning mustahkamligi ortadi. Qizdirilganda parchalanib ketavermaydi (albatta o'ta yuqori 
    temperaturalar bundan mustasno). 
    Tashuvchilar orasida oqsillar ham o'z o'rniga ega. Ularning bir qator afzalliklari bor: 

    sig'imi katta; 

    biologik jihatdan utilizatsiyalash (biodegradatsiya) engil, bu esa o'z navbatida 
    ekologiyani buzmaydi 

    juda yupqa, masalan, 80mkm
    19
    qalinlikdagi membrana ko'rinishida ishlatish mumkin. 
    Fermentlarni oqsillarga immobilizatsiyalaganda, oqsillarni kimyoviy reagentlar 
    yordamida «tikib» yoki «tikmasdan» ham ishlatsa bo'ladi. Oqsillardan ko'proq tibbiyotda va 
    biologik tadqiqotlarda foydalaniladi. Tashuvchi sifatida keratin, fibrin, kollagen, miozin, 
    al'bumin kabi oqsillar ko'p ishlatiladi.
    Oqsillarning kamchiligi – ularning yuqori immunogenligi
    20
    . Faqat kollagen va fibrin 
    oqsillari bunday kamchilikdan holi. 
    Sintetik polimer tashuvchilar fermentlarni kovalent va sorbtsion immobilizatsiyasida, gel' 
    va mikrokapsula olishda qo'llaniladi. Stirol asosidagi polimerlar sorbtsion immobilizatsiyada 
    19
    Mikro - 
    10
    −6
    20

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish