• Fermentlarning immobilizatsiyalash usullari
  • Farmatsevtik biotexnologiya




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   134
    Bog'liq
    biotex

    Immunogenlik
    – moddaning organizmga kirganida immun reaktsiya chaqirish hususiyati 


    111 
    ishlatiladi. Stirol asosidagi polimerlar turli hil strukturaga ega; yirik g'ovakli, getero g'ovakli va 
    h.k.
    Polimer gidrofil tashuvchilarni tayyorlashda akrilamiddan foydalaniladi. Akrilamid – 
    akril kislotasining hosilasi.
    Poliakrilamid geliga hujayralar va fermentlarni immobilizatsiyalash keng tarqalgan 
    usullardan biridir. Poliakrilamid geli strukturasi - qattiq, g'alvirsimon, fazoviy. Poliakrilamid 
    geli kimyoviy moddalar ta'siriga chidamli.
    Poliamid tashuvchilar ham sintetik polimer bo'lib, ularning molekulasida amid guruhi -
    S(O)-NH- takrorlanib keladi. Ushbu tashuvchidagi amid guruhi kimyoviy moddalar orqali 
    faollantirilsa, unga kovalent bog' bilan fermentlarni ulash mumkin. 
    Fermentlar asosida ta'siri uzaytrilgan dori vositalarini tayyorlashda N-vinilpirrolidon 
    tashuvchisi qo'llaniladi. Sintetik polimer tashuvchilar kamchiliklardan holi emas. Aksariyat 
    polimer tashuvchilar organizmda to'planib qoladi (kumulyatsiya). Shuning uchun tibbiy 
    maqsadlarda ishlatiladigan fermentlar ko'pincha tabiiy polimerlarga (asosan dekstranlar) 
    immobilizatsiyalanadi. Sintetik polimerlardan esa ko'proq N-vinilpirrolidon asosidagi 
    tashuvchilar tanlanadi. 
    Hozirgi kunda parchalanganida zaharli moddalar hosil qilmaydigan yangi sintetik 
    polimerlar olish ustida tadqiqotlat olib borilyapti.
    Fermentlarning immobilizatsiyalash usullari 
     
    Fermentlarni immobilizatsiyalashning 2 ta usuli bor: 
    1. kimyoviy immobilizatsiya 
    2. fizikaviy immobilizatsiya
    Fizikaviy immobilizatsiyada ferment tashuvchi bilan kimyoviy bog' orqali bog'lanmaydi. 
    Fizikaviy immobilizatsiya ham o'z navbatida 4 usulda amalga oshiriladi: 

    fermentni erimaydigan tashuvchiga adsorbtsiyalash

    fermentni gel' g'ovaklariga kiritish; 

    ferment molekulasini yarim o'tkazgich membrana yordamida reaktsion muhitdan ajratib 
    qo'yish; 

    fermentni ikki fazali muhitga kiritish; bunda ferment faqat bitta fazada joylashgan bo'ladi 


    112 
    Fermentlar immobilizatsiyasining fizikaviy usullari: a - erimaydigan tashuvchiga 
    adsorbtsiyalash, b – gelga kiritish, c – yarim o'tkazgich membranaga kiritish, d – 2ta fazadan 
    iborat muhitga kiritish. 
    Adsorbtsion immobilizatsiya ancha eski usul hisoblanadi. Bu usul dastlab 1916 yil 
    amalga oshirilgan. Uni bajarish juda oson; fermentning suvli eritmasi adsorbent orqali 
    o'tkaziladi.
    39-rasm. Adsorbtsion immobilizatsiya.
    Bunda ferment tashuvchiga ya'ni adsorbentga 
    adsorbtsiyalanadi. Fermentning adsorbtsiyalanmay 
    qolgan qismi yuvib tashlanadi. 
    Adsorbtsion immobilizatsiyaning afzalliklari: 

    ishlatiladigan tashuvchilar narhining arzonligi; 

    tashuvchiga istalgan shakl berish imkoniyati; 

    tashuvchi g'ovaklari o'lchamlarini o'zgartirish 
    imkoniyati; 

    usulning soddaligi; 

    ferment tashuvchi g'ovaklari bilan spetsifik bog'lanadi, bu esa fermentni tozalanishiga 
    ham sabab bo'ladi. 
    Adsorbtsion immobilizatsiyaning kamchiliklari: 

    ferment tashuvchi bilan mustahkam bog'lanmaydi; 

    tashuvchini tanlash bo'yicha umumiy ko'rsatma yoki qoida mavjud emas; 

    fermentni tashuvchiga adsorbtsiyalashning optimal sharoitlarini aniqlash qiyin. 
    Fermentni gelga kiritishda yuqorida zikr qilingan ayrim kamchiliklarni chetlab o'tish 
    mumkin. Bu usul ham birmuncha oddiy. Ferment bir-biri bilan zich to'qilib gel' hosil qilgan 
    polimer to'rga kiritiladi. Gel' ichida ferment polimer zanjirlarga vodorod va ion bog'lar bilan 
    bog'lanadi. To'r zich bo'lgani uchun ferment uni o'rab turgan eritmaga chiqib ketolmaydi. Lekin 
    substrat to'r ichkarisiga kira oladi. 
    Gelning polimer zanjirlari orasidagi bo'shliq suv bilan to'lib turadi. Masalan, akril 
    kislotasi polimerlaridan hosil bo'lgan gellarda polimer konsentratsiyasi va uning tabiatiga qarab 
    50% dan 90%gacha suv bo'ladi. Fermentni gelga kiritishning 2 usuli bor: 
    -
    ferment monomerning suvli eritmasiga solinadi, keyin polimerizatsiya reaktsiyasi 
    o'tkaziladi, natijada tarkibida ferment saqlagan polimer gel' hosil bo'ladi (reaktsion 
    muhitga ko'pincha bifunktsional «tikuvchi» agentlar ham qo'shiladi, ular polimer 
    zanjirlarni bir-biriga bog'laydi va gel' molekulasida 3 qavatli to'r vujudga keladi); 
    -
    ferment tayyor polimer eritmasiga solinadi, so'ngra polimer gelga aylantiriladi. 
    Fermentni gelga kiritish usuli yordamida istalgan geometrik shakldagi preparat 
    tayyorlash mumkin. Ushbu usul yordamida nafaqat fermentlarni, balki poliferment sistemalar va 


    113 
    hujayralarni ham immobilizatsiyalash imkoni mavjud. Bu esa gelga kiritish usulining 
    universalligidan dalolat beradi. Gelga kiritilgan ferment barqaror bo'lib, bakteriyalar 
    «hujumi»dan ham himoyalangan. Chunki bakteriyalar gelning mayda g'ovakli polimer to'ridan 
    o'tolmaydi. Lekin gelning mayda g'ovaklari substrat uchun kichik bo'lib qolishi ehtimoli bor. 
    Substrat ferment joylashgan katakchaga etib borolmasa, fermentativ reaktsiya sodir bo'lmaydi. 
    Shuning uchun agar substrat yuqori molekulyar modda bo'lsa, immobilizatsiyaning bu turidan 
    foydalanish to'g'ri bo'lmaydi.
    Fermentlarni membranalar yordamida immobilizatsiylash printsipi uncha murakkab 
    emas; fermentning suvli eritmasi substratning suvli eritmasidan yarim o'tkazgich membrana 
    orqali ajratib qo'yiladi. Yarim o'tkazgich membrana g'ovaklaridan substrat oson o'tib ketadi. 
    Ammo ferment molekulasi katta bo'lgani uchun substrat tomonga o'tolmaydi. Usulning 
    samaradorligi yarim o'tkazgich membrana va uning tabiatiga bog'liq. Fermentning suvli 
    eritmasini mahsus mikrokapsulaga kiritish ham mumkin. Mikrokapsula – devori yupqa 
    polimerdan iborat sharsimon pufakcha. 
    Organik erituvchida erigan polimerga fermentning suvli eirtmasi aralashtirilsa, emulsiya 
    hosil bo'ladi. Biroz vaqt o'tgandan so'ng polimerning organik eritmasi kichik-kichik sharchalar 
    ko'rinishida qotib qoladi. Sharchalarning ichiga ferment joylahib olgan bo'ladi.
    Organik erituvhchida eritilgan polimer o'rniga yuqori molekulyar massaga ega 
    uglevodorodlardan ham foydalanish mumkin. Immobilizatsiyaning bu usuli fermentni 
    suyuq 
    membranaga kiritish usuli
    deyiladi. Bunda uglevodorod ferment molekulasini yarim o'tkazgich 
    membrana sifatida qoplab oladi. Fermentlarni liposomaga va turli hil tolalarga kiritib 
    immobilizatsiyalash ham suyuq membranaga kiritish usuliga taalluqlidir.
    Immobilizatsiyada membranalardan foydalanish katta samara beradi. Fermentlarni 
    membranalar yordamida immobilizatsiyalash tarkibida ko'p miqdorda ferment saqlagan 
    preparatlar tayyorlash imkonini beradi. Fermentni suyuq membranaga kiritish usuli universal 
    bo'lib, uni nafaqat fermentlarga, balki hujayralar, hujayra fragmentlariga ham qo'llash mumkin. 
    Usulda ishlatilayotgan membranalar yupqa bo'lganligi uchun ferment substrat bilan oson 
    bog'lanadi, fermentativ reaktsiya tezligi pasaymaydi. Usulning kamchiligi – yuqori molekulyar 
    massaga ega substratlar membranaga joylashgan ferment bilan birikolmaydi. Natijada 
    fermentativ reaktsiya ketmaydi.
    Fermentlarni ikki fazali sistema orqali ham immobilizatsiyalasa bo'ladi. Ferment 
    fazalarning faqat bittasida eriydi, fazalar oralig'ida esa substrat va reaktsiya mahsuloti bo'ladi. 
    Mahsulot ferment erimaydigan fazaga yig'iladi. Mahsulot yig'ilgan faza muhitdan ajratib olinadi. 
    Ferment erigan faza esa keyingi reaktsiya uchun olib qo'yiladi. Bu usulning boshqa usullardan 
    afzalligi – yuqori molekulyar substratlarni parchalash imkoni borligi.
    Kimyoviy immobilizatsiya tashuvchi va ferment orasida kovalent bog' hosil qilishga 
    asoslanadi. Kimyoviy immobilizatsiya asosida olingan preparatlarning 2ta asosiy ustunligi bor:
    -birinchidan, tashuvchi va ferment orasidagi kovalent bog' ularni bir-biri bilan mustahkam 
    bog'lanishiga sabab bo'ladi, turli parametrlar, masalan, pH va temperatura keskin o'zgarganida 
    ferment tashuvchidan desorbtsiyalanib ketmaydi (kimyoviy usulda immobilizatsiyalangan 
    fermentlarning bu hususiyatlari tibbiyot va oziq-ovqat mahsulotlarini olishda, kimyoviy analizda 
    juda muhim rol' o'ynaydi);
    -ikkinchidan, kimyoviy usulda modifikatsiyalangan fermentning hossalari, masalan, spetsifikligi, 
    katalitik faolligi, barqarorligi va h.k. o'zgaradi. 
    Kimyoviy immobilizatsiya san'at darajasiga ko'tarilgan usul bo'lib, uning muvaffaqqiyatli 
    chiqishi tadqiqotchining mahoratiga bog'liq. Tadqiqotchining asosiy vazifasi – fermentning 
    katalitik faolligini pasaytirmagan holda uning molekulasida yangi kovalent bog'lar hosil qilish. 
    Kimyoviy immobilizatsiya fizik usullarga nisbatan murakkab va qimmat. Shuning uchun 
    biotehnologiya sanoatida ko'proq fizik immobilizatsiyadan foydalaniladi.


    114 
    42-rasm.. Fermentlarning kimyoviy immobilizatsiyalasi shemasi.

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish