• Mashgulot uslubi: «Skarabey» texnologiyasi. Mashg‘ulot maqsadi
  • Ishning nazariy qismi
  • Farmatsevtik biotexnologiya




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   134
    Bog'liq
    biotex

     
     
     
    MASHG‘ULOT №

     
    Mavzu: Biotexnologiya jarayonlari va ularning umumiy tavsifi.
    Mashg'ulot shakli:
    «Sanoat farmatsiyasi» yo‘nalishi talabalari uchun amaliy mashg‘ulot. 
    Mashg'ulot uslubi:
    «Skarabey» texnologiyasi. 
    Mashg‘ulot maqsadi:
    biotehnologiyada laboratoriya hamda sanoat miqyosida qo'llaniladigan 
    jarayonlar, bioreaktorlar, ularning turlari va ishlash printsipi 
    Mavzuning ahamiyati:
    biologik material bilan ishlashda muhandis-biotehnolog qanday 
    biologik jarayonlarga duch kelishini hamda qaysi qurilmalar bilan ishashini bilishi juda muhim, 
    chunki kelgusida muhandis-biotehnolog faqat tirik organizmlar bilan ishlaydi 
    Ishning nazariy qismi 
    Har qanday ishlab chiqarish jarayoni xom ashyo tanlash bilan boshlanadi. Butun dunyo 
    bo‘yicha biotexnologik mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi taxminan har yili bir million tonna 
    miqdorida oshib bormoqda. Mikrobiologiya sanoatida qo‘llaniladigan xom ashyoning asosiy 
    qismi (90% ga yaqini) etanol ishlab chiqarishga sarflanadi, shuningdek, non mahsulotlari 
    achitqilari ishlab chiqarishga 5%, antibiotiklarga 1,7%, organik kislotalar va aminokislotalarga 
    1,65%, qolganlari esa boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga sarf etiladi.
    Fermentlar biotexnologiyasi yirik miqdorda kraxmal talab qiladi, masalan birgina fruktoza 
    qiyomidan har yili 3,5 mln.tonna tayyorlanadi va iste’molchiga etkazib beriladi. Iqtisodiy nuqtai 
    nazardan biotexnologik jarayonlarda ishlatiladigan xom ashyo ko‘p tonnalik bo‘lib, 
    mahsulotning umumiy bahosining 40-65% ini tashkil etadi va sarf- xarajatda birinchi o‘rinni 


    68 
    egallaydi. Oziqa substrati yoki oziqa muhiti yuqorida ta’kidlanganidek suyuq, qattiq va gazsimon 
    komponentlardan tashkil topgan uch shakldagi murakkab tizimdir.
    Mikroorganizmlar barcha organik birikmalarni assimilyasiya qilish qobiliyatiga ega
    shuning uchun mikrobiologik biotexnologiyada dunyodagi barcha organik mahsulotlar, 
    birlamchi va ikkilamchi fotosintez mahsulotlar zahirasi xom ashyo vazifasini o‘tashi mumkin. 
    Biroq biotexnologiyada har bir aniq mikroorganizm turlari, oziqa mahsulotlari va organik xom 
    ashyolarni (laktozalar, saxarozalar va kraxmaldan tashqari) dastlabki kimyoviy ishlovlarsiz 
    o‘zlashtira olmaydilar. Ko‘pgina holatlarda sellyuloza saqlovchi xom ashyolar kimyoviy yoki 
    fermentativ 
    gidroliz 
    qilinadi 
    va 
    ingibirlaydigan 
    aralashmalaridan 
    (fenol, 
    furfurol, 
    oksimetilfurfurol va h.k.) tozalangandan keyingina biotexnologik ishlab chiqarishda qo‘llanilishi 
    mumkin. 
     
    Tabiiy gaz, tosh ko‘mir va yog‘och qipig‘i, texnik spirt va sirka kislotalari olishda xom 
    ashyo vazifasini o‘tab, o‘z navbatida mikrobiologik ishlab chiqarishda a’lo darajadagi xom ashyo 
    hisoblanadi. Ko‘pchilik biotexnologlarning asosiy e’tibori organik xom ashyolardan oson 
    assimilyasiya qilish jarayonida ba’zi bir mikroorganizmlargina (masalan, 
    Aspergillus
    zamburug‘i 
    turlari, 
    Bac.subtillis
    va boshqalar) ajrata oladigan, murakkab amilolitik fermentlar kompleksi 
    talab etadigan, organik xom ashyo - 
    kraxmalga
    qaratilgan.

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish