|
Super produtsent muammolariBog'liq biotex
Super produtsent muammolari
Zamonaviy sanoat biologik obekt- bu bir qancha xususiyatlari bilan tabiiy shtammdan farqlangan
super produtsent xisoblanadi. YUqori xosildorlikka ega shtammlar (noturg‘un xisoblanadi)
genomidagi ko‘plab sun’iy o‘zgarishlar amalga oshirilgani uchun bu ularni xayot faoliyatiga
bog‘liq emas. SHuning uchun ular noturg‘un xisoblanadi.
Mutant shtammlarni saqlash doimiy nazoratni talab etadi. Xujayralar yig‘ilmasini qattiq ozuqa
muxitiga ekib, ulardan olingan aloxida koloniyalarni (xosildorlikka ta’sirchanligi ) tekshiriladi.
Revertantlar
- past faollikka ega shtammlarni olib tashlanadi.
Reversiya xodisasini sodir bo‘lishini sababi qayta spantan mutatsiya jarayoni xisoblanib bunda,
genomdagi kechgan o‘zgarish qayta tabiiy oldingi xolatiga o‘tgan bo‘ladi.
Bunda genomni o‘zida maxsus reparatsion ferment sistemalar mavjud bo‘lib, ular reversiyada
qatnashib uni normal xolatga olib keladi.Bu evolyusion mexanizm xisoblanib,turni doimiyligini
saqlash uchun kerak bo‘ladi.
O‘simlik va xayvonlarda mutagenez va seleksiya usuli bilan mukamallash ma’lum darajada
cheklangan bo‘lib, lekin qo‘llanilishi mumkin.Ayniqsa ikkilamchi metabolitlarni xosil qiluvchi
o‘simliklarda.
Xujayra injeneriyasi usuli yordamida bioobektlarni mukammallashtirish
Xujayra injenerligi –(majburiy) ya’ni prokariotlarda xromasomani ma’lum qismi, eukariotlarda
esa ma’lum qismi va xattoki butun xromasomalar almashinuvi sodir bo‘ladi. Buning natijasida
notabiiy bioobektlar xosil bo‘ladi,ular orasidan yangi,qimmatbaxo xossali organizmlar yoki
yangi modda produtsentlarini tanlab olish mumkin.
Xujayra injeneriyasi yordamida mikroorganizmlar o‘zaro turlari aro va oilalari aro gibrid
kulturalarni olish mumkin, shuningdek evolyusion tomondan o‘zaro farqlanadigan ko‘p xujayrali
organizmlarni gibrid xujayralarini olish mumkin.
|
| |