• 4. Moda iqtisodiyoti taraqqiyotining istiqboli. 5. Moda industriyasining tasnifi. 1.Moda industriyasining asosiy tushuncha va obektlari.
  • Mavzu: Moda industriyasida marketing kommunikatsiyalari




    Download 0.96 Mb.
    bet25/94
    Sana10.04.2017
    Hajmi0.96 Mb.
    #3782
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94
    Mavzu: Moda industriyasida marketing kommunikatsiyalari.

    Moda industriyasining tasnifi.

    Reja:

    1. Moda industriyasining asosiy tushuncha va ob'ektlari.

    2. Moda industriyasi taraqqiyotining asosiy bosqichlari.

    3. Moda industriyasining faoliyati.

    4. Moda iqtisodiyoti taraqqiyotining istiqboli.

    5. Moda industriyasining tasnifi.
    1.Moda industriyasining asosiy tushuncha va ob'ektlari.

    Moda industriyasi (Fashion industry) - bu xizmat kơrsatish sohasining sektori bơlib, u xaridorlarda “moda” mahsuloti obrazini shakllantirish, mahsulotni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berish bilan shuğullanadi.

    Moda ijtimoiy fenomendir. Modadagi mahsulotlarning bosh vazifasi – ularga ga bơlgan insonlarning estetik talablarini qondirish, hamda ular egasining ijtimoiy maqomi haqida axborot berishdir.

    Modaning ijtimoiy fenomen sifatidagi ilmiy talqini XIX asrning oxiri XX asr boshlarida («trickle – down» theory) nazariyasining asoschilari amerikalik iqtisodchi Torsteyn Veblen va nemis sotsiologi Georg Zimmellar tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning fikricha, moda yuqori ( elita) ijtimoiy guruhlarida yaratiladi va ushbu guruh a'zolarining oddiy odamlardan farqini kơrsatish uchun xizmat qiladi. Yuqori( elita) qatlamlarga tahlid qilish maksadida, ơrta va quyi tabaqa vakillari ham moda “ yangiliklari”ni ơzlariga oladilar.

    Moda quyiga qarab “oqib” borar ekan, u ơz yangiligini yơqotadi, ommaviy va «bachkana» bơlib qoladi. Yuqori ( elita) tabaqalar ơzlarining ijtimoiy farqini saqlash maqsadida yanada yangi va original “moda yangiliklari” ni ơylab topishga harakat qilishadi. Ushbu tsikl yana va yana qaytarilaveradi.

    Moda XX asrda, jamiyatdagi sinfiy bơlinish yơqotilganiga qaramay, hamon ijtimoiy farqlarni ta'kidlab kơrsatishga xizmat qilmoqda. Ammo u avvalgiday “ yuqori” va “quyi” tabaqalar farqini emas, balki faqat shunchaki turli ijtimoiy guruhlar farqini kơrsatmoqda. Masalan, yoshlar modasi turli yoshdagi insonlar orasidagi farqni kơrsatadi. Bundan tashqari, moda mahsulotlarini tanlaganda xar bir shaxs ơz-ơzini namoyon qilishi, ơz individualligini kơrsatishi mumkin.

    Shu tariqa, ishlab chiqarishga taalluqli bơlgan mahsulotlarni (trubalar, stanoklar) moda mahsulotlari deb atash mumkin mas.Insonlarning shaxsiy ehtiejlarini qondiruvchi, lekin namoyish qilib bơlmaydigan mahsulotlar (masalan erkaklarning ichki kiyimi va hokazolar)ni moda mahsulotlariga kiritilmaydi .

    Moda mahsulotlari qatoriga insonlarning shaxsiy ehtiyojlarini qondiruvchi quyidagi yengil sanoat mahsulotlarini kiritish mumkin:

    -Kiyim; shaxsiy aksessuarlar (chulki, qơlqoplar, sumkalar, remenlar, shlyapalar, sharflar, soatlar, yuvelir mahsulotlari va b.);

    -parfyu meriya va kosmetika mahsulotlari (atirlar, pomada, soch uchun lak va b.);

    - uy-rơzğor uchun aksessuarlar (ơrin-kơrpa, idish-tovoq, gilamlar va b.).

    Moda industriyasining (moda iqtisodiyotining) eng asosiy sohalariga tekstil sanoati, parfyumeriya sanoati va modellar biznesi kiradi.

    Moda mahsulotlarining doirasi kengayish xususiyatiga ega.

    Dastlab moda mahsulotlari deyilganda faqat ayollar uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar tushunilgan, chunki faqat ayollargina tashqi kơrinishiga katta e'tibor berishi kerak degan fikr hukmron surgan. XX asrga kelib bu stereotip buzildi va erkaklar uchun mơljallangan moda paydo bơldi. Bir vaqtning ơzida moda mahsulotlarining doirasi ham kengayib bordi, bu kơproq hayot tarzining ơzgarishi bilan boğliq edi. Masalan, avval ovqatlanish va kir yuvish jarayonlari namoyish qilib bơlmaydigan, ơta shaxsiy jarayonlar bơlib hisoblangan bơlsa, endilikda insonlar bu jarayonlarda reklama qilingan, magazindan sotib olingan mahsulotlardan foydalanadilar. Shuning uchun bugungi zamonaviy jamiyatda moda mahsulotlari doirasiga keng ma'noda shaxsiy iste'mol uchun mơljallangan barcha tovarlarni kiritish mumkin (bular yengil avtomobillardan tortib mebel , avtoruchka, salqin ichimliklargacha bơlishi mumkin).



    Download 0.96 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94




    Download 0.96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Moda industriyasida marketing kommunikatsiyalari

    Download 0.96 Mb.