• Evakuatsiya rejasi
  • -rasm. Tez quriladigan himoya inshootlari




    Download 2,07 Mb.
    bet11/17
    Sana01.06.2024
    Hajmi2,07 Mb.
    #259024
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
    Bog'liq
    Baratov Bekzod FVX 8 OXIRGI

    2.3-rasm. Tez quriladigan himoya inshootlari
    Tarqatish uchun olib chiqilgan ishchi va xizmatchilar, shahar tashqarisiga olib chiqib joylashtirilgandan so‘ng, o‘z korxonalarida ishlash uchun navbat bilan shaharga (aholi punktiga) olib kelinadilar va ish tugagach, dam olish uchun shahar atrofidagi hududga qaytadilar. Tarqatish (rassredotochenie) - xalq xo‘jaligi ob'ektlarining xodimlarini ishdan keyin olib chiqish va shahar atrofidagi hududga joylashtirish bo‘yicha chora -tadbirlar majmuidir. Shahar atrofiga olib chiqilgan ishchil va xizmatchilarning yashash joylari shahardan xavfsiz bo‘lishi uchun minimal masofada bo‘lishi kerak, bu ularning xavfsizligini ta'minlaydi va odamlarni shaharga ishlashga olib borish va shahar atrofi hududiga dam olish uchun qaytishlari uchun minimal vaqt kerak bo‘ladi. Bu joylar temir yo‘l vokzallari va avtomobil yo‘llari yaqinida joylashgani ma'qul. Ishchi, xizmatchi va ularning oilalarini ishlab chiqarish tamoyiliga asosan joylashtiriladi. Bu bilan korxonaning yaxlitligi saqlanib qoladi, ishchilarni shaharga ishlashga yuborish va odamlarni oziq-ovqat hamda tibbiy xizmat bilan ta'minlash osonlashadi. O‘z ishlab chiqarish faoliyatini shahar atrofi hududiga o‘tkazgan ishchilar ishlab chiqarish bazalari yonida joylashadilar. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishchi va xizmatchilarning evakuatsiya qilingan oila a'zolari shahar atrofidagi zonadan olisroq hududlarga joylashtiriladi.
    Evakuatsiya rejasi tuzilishiga va ishlab chiqilishiga qarab o‘z navbatida bir necha gruhlarga bo‘linadi;
    Evakuatsiya rejasi :
    а) Oldindan evakuatsiyani rejalashtirishda amalga oshiriladigan tadbirlar:
    - evakuatsiya rejalarini ishlab chiqish;
    - aholini vaqtincha joylashtirish markazlari va uzoq muddatli istiqomat qilish tizimini tayyorlash;
    - mashg‘ulotlarni o‘tkazish orqali aholini evakuatsiya qilishga tayyorlash.
    b) evakuatsiya qilinadigan ob'ektning tavsifi:
    - ishlab chiqarish ob'ektining qisqacha tavsifi;
    - ob'ekt xodimlari soni;
    - xavfli hududda yashovchi aholi soni;
    - evakuatsiya joylari va ularga chiqish yo‘llari;
    - evakuatsiya qilish rejalashtirilgan transport vositalari;
    - xabar berish tartibi;
    - aholini boshpana va yig‘ish tartibi;
    - shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish tartibi;
    - jamoat tartibini himoya qilishni ta'minlash;
    - aholini zararlangan hududlardan olib chiqish jadvali;
    - evakuatsiya uchun mas'ul mansabdor shaxslar ro‘yxati.
    g) Piyoda evakuatsiyani tashkil qilishda kolonnalarining harakatini tashkil etish sxemasi va yo‘nalishlari:
    - boshlanish nuqtasi;
    - tartibga solish punktlari, ularning o‘tish vaqti va to‘xtash muddati;
    - tibbiy markaz;
    - oraliq evakuatsiya punkti (PPE), ustunning shu nuqtadan chiqish tartibi va vaqti;
    - doimiy yashash joyi;
    - boshqaruv signallari va signallari.
    h) Ishchilar, xizmatchilar va aholini xavfsiz hududlarga o‘z vaqtida evakuatsiya qilish uchun quyidagi organlarni rejalashtirish va tuzish kerak:
    - evakuatsiya komissiyalari (EK);
    - yig‘ilish evakuatsiya punktlari (YEP);
    - evakuatsiya qabul komissiyalari (EQK);
    - oraliq evakuatsiya punktlari (OEP)
    - qabul qilish evakuatsiya punktlari (QQEP);
    - aholini olib chiqishni tashkil etish bo‘yicha tezkor guruhlar (TG);
    - piyodalarni evakuatsiya qilish bo‘yicha nazorat guruhlari (NG);
    - aholini transportga o‘tkazish punktlari ma’muriyati (PM).
    Aholini yig‘ish va evakuatsiya qilish oldindan tayyorlangan evakuatsiya punktlari (EP) orqali amalga oshiriladi. Odatda ularga maktablar, klublar va boshqa jamoat binolari ajratiladi.
    Evakuatsiya punktlari quyidagilar uchun mo‘ljallangan:
    - yig‘ish;
    - ro‘yxatdan o‘tkazish;
    - aholini jo‘natish.
    Transport orqali evakuatsiya qilinadigan aholi stantsiya, pristan va boshqa joylarda, piyoda evakuatsiya qilinganlar - oyoq harakatining boshlang‘ich nuqtalarida to‘planadilar. Yig‘ilish evakuatsiya punktlari hududida va uning yonida bir vaqtning o‘zida bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarni joylashtirish uchun boshpanalar tayyorlanishi kerak. Har bir Sanitar evakuatsiya punktiga raqam beriladi, unga xalq xo‘jaligining eng yaqin ob'ektlari, shuningdek aholisi ushbu Yig‘ilish evakuatsiya punktlari orqali evakuatsiya qilinadigan mahallalar biriktiriladi.


    Download 2,07 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




    Download 2,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Tez quriladigan himoya inshootlari

    Download 2,07 Mb.