-rasm. Tez quriladigan himoya inshaotlari




Download 2,07 Mb.
bet12/17
Sana01.06.2024
Hajmi2,07 Mb.
#259024
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Baratov Bekzod FVX 8 OXIRGI

2.4-rasm. Tez quriladigan himoya inshaotlari
Oraliq evakuatsiya punktlari evakuatsiya paytida ikki bosqichda tuziladi va evakuatsiyani xavfli zonalar tashqarisida qisqa muddatga joylashtirish va uni shahar atrofidagi doimiy joylashuv joylariga yuborish uchun mo‘ljallangan. Oraliq evakuatsiya punktlari temir yo‘l, avtomobil va suv yo‘llari yaqinida joylashtiriladi. U erda evakuatsiya qilinadigan aholi qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi va kerak bo‘lganda, dozimetrik va kimyoviy nazoratni, sanitariishlov berish, shuningdek, kiyim-kechak va poyabzallarni almashtirish yoki maxsus qayta ishlashni amalga oshiradilar. Qabul qilish evakuatsiya punktlari kelayotgan aholini qabul qilish, hisobga olish va joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Ular joylashuv punktlari yaqinida joylashadi. Qabul qilish evakuatsiya punktlari uchun jamoat va ma'muriy binolar ajratiladi. Mahalliy transportda yoki piyoda, evakuatsiya qilingan aholi qabul qilish evakuatsiya punktlaridan doimiy joylashiuv joylariga ko‘chiriladi. Piyoda harakatilanuvchilarni nazorat qilish va marshrutlarda tartibni saqlash uchun nazorat guruhlarining boshliqlari tayinlanadi. Ular marshrutlarni yaxshi holatda tayyorlash va saqlash, radiatsiya, kimyoviy va muhandislik razvedkasini o‘tkazish va bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun javobgardir.
Boshqaruv guruhi tarkibiga xodimlari ushbu yo‘nalish bo‘yicha olib chiqiladigan asosiy korxona va tashkilotlar vakillari, hududlar orqali o‘tadigan shahar atrofidagi tumanlarning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari kiradi. Piyodalarni evakuatsiya qilish marshrutlari boshliqlari marshrutlarning boshlang‘ich nuqtalarida joylashadilar va ko‘chma transport vositalarida marshrut bo‘ylab patrullik qilish orqali berilgan topshiriqlarning bajarilishini tashkil qiladilar.
Chiqarish (tushirish) punktlari ma’muriyati tegishli transport organlari vakillaridan tuziladi. Uning asosiy vazifasi - avtotransport vositalarini o‘z vaqtida etkazib berishni ta'minlash va evakuatsiya qilinadiganlarni transport vositalarining chiqarish (tushishini) tashkil etadi. Evakuatsiya organlari xodimlari oldindan (tinchlik davrida) fuqaro muhofazasi bo‘yicha o‘quv-uslubiy markazlarida rejalashtirilgan tayyorlov (qayta tayyorlov)dan o‘tadilar va fuqaro muhofazasi mavzusida mashqlar va kadrlar tayyorlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshiradilar.

Download 2,07 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 2,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Tez quriladigan himoya inshaotlari

Download 2,07 Mb.