Ishlab chiqarish tarmoqlaridagi avariyalarda qutqaruv va tiklash ishlari




Download 2,07 Mb.
bet13/17
Sana01.06.2024
Hajmi2,07 Mb.
#259024
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Baratov Bekzod FVX 8 OXIRGI

2.3 Ishlab chiqarish tarmoqlaridagi avariyalarda qutqaruv va tiklash ishlari
Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar tasadifan sodir bо‘lib, uning kо‘lami tez kengayadi hamda insonlarning hayot faoliyatiga katta xavf soladi. Ishlab chiqarishdagi avariyalarning sodir bо‘lishi, kо‘proq ishlab chiqarish jarayonining xususiyatiga bog‘liq bо‘lib, kо‘pchilik hollarda bunday falokatlar ikkilamchi salbiy ta’sirlarni yuzaga keltirib, atrof-muhitga katta zarar keltiradi. Masalan, bunday holatlar neftni qayta ishlash, kimyo, yoqilg‘ilarni qayta ishlash, konchilik sanoat tarmoqlari, biotexnologik jarayonlar kechadigan hamda KTZM larni tashish jarayonidagi xatoliklar natijasida kо‘proq yuzaga keladi. Bunday falokatlar yuz bergan obyektdagi fuqarolarni va obyekt atrofida yashaydigan aholini о‘z vaqtida xabardor qilish hamda ularni muhofazasini tashkil etish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifalarga jarohat olgan aholiga tez tibbiy yordam kо‘rsatish va ularni davolash shoxobchalariga joylashtirish ishlari ham kiradi
Obyektning avariyaga uchragan joylari razvedka qilinib, yong‘in chiqqan hududlarda yong‘inni о‘chirish va ularning kо‘lamini cheklash hamda sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan boshqa noxush vaziyatlarni oldini olish ishlari olib boriladi. Avariyaga uchragan obyektlardagi shikastlangan bino, konstruksiyalardan, gazga, tutunga tо‘lgan inshootlardan extiyot bо‘lish kerak. Chunki, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik inson uchun salbiy holatlarga olib keladi. Shuning uchun har qanday muhofaza vazifalarini bajarishdan oldin qulab tushish ehtimoli bor bо‘lgan bino qismlarini mustahkamlab yoki buzub tashlab, undan keyin harakat qilish kerak. Ba’zi bir falokatlar sodir bо‘lganda yoqilg‘i yoki xavfli suyuqliklar sig‘imidan oqib ketishi va tarqalishi oqibatida kuchli yong‘inlar, portlash hodisalarining kelib chiqishiga va о‘z navbatida atrof-muhitni zaharlanishiga olib keladi. Shu sababdan avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib borishda bunday salbiy holatlarga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Shuning uchun avariyaga uchragan obyektlarda ish olib borilayotganda obyekt atrofi tо‘siqlar bilan о‘raladi, hamda qо‘riqchilar yoki kuzatuvchilar bilan ta’minlanadi.
Tabiiy ofat, avariya va fojealarda talafot kо‘rganlarga tibbiy yordamni tashkil etish. Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida favqulodda vaziyatlar yuz berganda jabrlanganlarga tibbiy xizmat kо‘rsatish tizimi о‘zining samarasizligini kо‘rsatdi. Buning asosiy sababi, bir tomondan tez tibbiy yordam kо‘rsatish bilan tibbiy ta’minot (sog‘liqni saqlash muasasalarining kuch va vositalari) imkoniyatlari о‘rtasidagi nomutanosiblikning barcha sog‘liqni saqlash tizmlarida yuzaga kelishi bо‘lsa, ikkinchi tomondan esa, tinchlik davrida bо‘ladigan tabiiy ofatlar, yirik avariya va halokatlar oqibatida talofot olganlarga tibbiy yordam kо‘rsatish yetarli tashkil etilmaganligidandir. Mana shu kamchiliklar natijasida sanitariya talofoti ommaviy tusga kirib, katta miqyosidagi ham moddiy, ham ma’naviy zararlarni keltirib chiqargan hamda atrof-muhitni izdan chiqishiga olib kelgan. Bunday kamchiliklarni tugatish maqsadida mamlakatimizda Prezidentimizning 1998 yil 10 noyabrdagi Farmoniga muvofiq 1999-2005 yillarda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga mо‘ljallangan dastur qabul qilinib, unda «Halokatlar tibbiyoti» xizmatini tashkil etish kо‘zda tutilgan.
Dasturda tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga katta e’tibor berilgan. Shularga asoslangan holda, Toshkent shahrida Shoshilinch Tibbiy yordam Davlat Ilmiy Markazi tashkil etildi. О‘z navbatida respublikaning barcha viloyatlarida ham Shoshilinch Tibbiy yordam Davlat Ilmiy Markazining filialllari tashkil etilib, ular Shoshilinch Tibbiy yordam Davlat Ilmiy Markazi tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Bu markazda asosan reanimatsiya-jarrohlik va reanimatsiya-intensiv davolash muolajalarini bajaradi. Shoshilinch Tibbiy yordam Davlat Ilmiy Markazi va uning mintaqavi filiallari tarkibiga tez tibbiy yordam va sanitar aviyatsiyasi xizmatlari kiradi. Shoshilinch Tibbiy yordam Davlat Ilmiy Markazi huzuridagi tez yordam xizmatida 2ta bо‘linma: 1-tez yordam xizmati (doimiy brigadalar) va 2-maxsus yordam xizmati (reanimatsiya brigadalari) faoliyat kо‘rsatadi. Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy vazifasi shikastlangan о‘choqlarda avariya-qutqarish ishlarini olib borish hamda tibbiy-sanitariya ta’minoti samaradorligini oshirish hisoblanadi.
Ya’ni uning bosh maqsadi - shikastlanganlarni iloji boricha kо‘p qutqarishdir. Halokatlar tibbiy xizmati, amaldagi tibbiy xizmatning kuch va vositalaridan samarali foydalanadi, u uch tarkibiy qismdan tashkil topadi. Birinchi qismga – boshqaruv tizimi, bu tizim respublika darajasida faoliyat kо‘rsatib, u sog‘liqni saqlash vaziri boshchiligida turli vazirlik va idoralar vakillaridan tashkil topgan idoralararo muvofiqlashtiruvchi hay’atdan iborat. Mahalliy darajadagi bunday hay’atlarga, sog‘liqni saqlash boshqarmalari va mahalliy bо‘limlarning rahbarlari boshchilik qiladi. Boshqaruv tizimlari favqulodda vaziyat yuz bergan vaqtdan ish boshlab to uning oqibatlari tо‘liq bartaraf etilguncha faoliyat kо‘rsatadilar. Halokatlar tibbiy xizmatining ikkinchi tarkibiy qismini – amaldagi tez tibbiy yordam tizimi tashkil etadi. Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy bо‘g‘inini kechiktirib bо‘lmaydigan ixtisoslashgan tibbiy yordam xizmati (1-bosqich), hamda Shoshilinch Tibbiy yordam Davlat Ilmiy Markazi va uning mintaqaviy filiallari va tuman markaziy kasalxonalari (2-bosqich) tashkil etadi.
Bunda Shoshilinch Tibbiy yordam Davlat Ilmiy Markazi
– saralash
– evakuatsiya gospitallari tarzida, tuman markaziy kasalxonalari
– ixtisoslashgan kasalxonalar sifatida faoliyat kо‘rsatadi.
Halokatlar tibbiy xizmatining uchinchi tarkibiy qismini – ixtisoslashgan xizmatlar tashkil etib, u doimo tayyor turadigan maxsus tuzilmalarni о‘z ichiga oladi. Bunday tuzilmalarga: ikkinchi bosqichni kuchaytirishga mо‘ljallangan ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam brigadalari; 1-bosqichni kuchaytirishga mо‘ljallangan shoshilinch tibbiy yordam brigadalari kiradi. Bu tuzilmalar asosan о‘rtacha halokatlar sodir bо‘lganda faoliyat kо‘rsatadi. Katta halokatlar yuz berganda zaxirada qolgan, ixtisoslashgan kо‘chma gospitallar ishga solinadi.
Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy yо‘nalishlaridan biri aholiga birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish hamda favqulodda vaziyatlarda xatti-harakat qoidalarini astoidil о‘rgatishdan iborat. «Halokatlar tibbiyoti» xizmatining tashkil etilishi va uning vazifalari. Falokat va halokatlarda tibbiy yordam kо‘rsatishni tashkil etishda halokatning miqyosi va sanitariya talofotining hajmiga qarab belgilanadi. Albatta tabbiy ofat yoki katta ishlab chiqarish avariyalardan sanitariya talofoti katta miqyosida bо‘lganda, buning oqibatlarini tugatishda maxsus yondoshuvlar talab etiladi. Jumladan, bunday holatlarda jabrlanganlarga iloji boricha talofot о‘chog‘ining о‘zida yoki unga yaqin bо‘lgan joyda tibbiy yordam kо‘rsatilishi lozim bо‘ladi. Katta miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordamni tashkil etishda quyidagi ishlar bajariladi:
• Shikastlangan о‘choqlarni tibbiy razvedka qilish;
• Jabrlanganlarni qidirib topish va ularni qutqarish;
• Jabrlanganlarni saralash;
• Jabrlanganlarni evakuatsiya qilish;
• Tibbiy yordam berish va davolash.
Shikastlangan о‘choqlarni razvedka qilishda – aholini soni, tibbiy xizmat kuchlari va vositalarining soni, talofot darajasi, yо‘llar va suv manbalarining mavjudligi, hamda ularning ahvoli haqidagi ma’lumotlar olinadi. Jabrlanganlarni qisqa vaqt mobaynida (bir necha soatdan – bir sutkagacha) qidirib topish va qutqarish talab etiladi, hamda iloji boricha ularning hayotini saqlab qolish omillari bajariladi. Bu omillarning bajarilishida qutqaruv tizimlaridan tashqari, о‘t о‘chiruvchilar, jamoat tartibini saqlovchi, harbiy qismlarning xodimlari hamda kо‘ngilli fuqarolar bajaradilar. Jabrlanganlarni saralash tibbiy xizmatining asosiy vazifasi hisoblanadi. Saralash – tibbiy yordamning hajmini, turini, hamda yordam kо‘rsatishning keyingi bosqichlarini hisobga olib, jabrlanganlarni transportlarda tashish imkoniyatlari va navbatini aniqlaydi. Jabrlanganlarni evakuatsiya qilish – talofot olganlarning shikastlangan о‘choqlardan olib chiqish, ularga tibbiy yordam kо‘rsatish, hamda davolash uchun tibbiyot muassasalariga olib borish tadbirlaridan iborat. Bunda tibbiy hisobga olish varaqasi tо‘ldiriladi va yaradorlarni transport vositalari (temir yо‘l, avtomobil, suv va havo yо‘li) yordamida evakuatsiya qilinadi.
Davolash muassasalariga keltirilgan saralangan jabrlanganlarga malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordamlar kо‘rsatiladi. Shunday qilib shikastlangan о‘choqda qolgan jabrlangan aholi tibbiy yordamning hamma turlari bilan: birinchi tibbiy yordam, birinchi shifokor yordami, malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordami birin ketin kо‘rsatiladi. Yuqorida aytib о‘tilgan shikastlangan о‘choqlarda faqatgina qutqaruv ishlarini bajarmasdan, birlamchi avariyani tiklov ishlari ham bajariladiki, bunda qutqaruv ishlariga halaqit beruvchi avariyalar hamda yangi falokatlarni keltirib chiqaruvchi avariya va talofotlanishlarning oldi olinadi. Chunki bular oqibatida fuqarolar qо‘shimcha talofot olishlari mumkin. Buning uchun suv tarmog‘i kanalizatsiyasi, gaz, elektrtarmoqlaridagi avariyani tuzatuvchi tuzilmalar ham jalb qilinadi. Albatta, bu ishlarga umummaqsadli tuzliamlar ham jalb etiladi.
Yuqoridagi avariyalarning oldini olishni asosiy yо‘li bu shikastlangan uchastkalarga suv, gaz, elektr va boshqa sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarni kelishini tо‘sish hisoblanadi. Bunda turli xildagi tо‘sish omillaridan foydalaniladi. Masalan, inshootlarning devorlari turli xildagi tirgovuchlar orqali mustahkamlanadi, buziladiganlar esa tamoman buzib tashlanadi. Chunki bu ishlarni qilmasdan turib, odamlarni qutqarish xavfli hisoblanadi.
Zamonaviy sanoat, yuksak darajada rivojlangan qishloq xoʻjaligi, rivojlangan transport tizimi, kuchli ilmiy salohiyatsiz na jahon, na urush davri muammolarini hal etib boʻlmaydi. Favqulodda vaziyat natijasida ularning normal faoliyatining buzilishi aholining normal turmush sharoitining buzilishiga olib keladi va urush davrida urush natijasini tajovuzkor foydasiga hal qiladi. Binobarin, tinchlik va urush davrida favqulodda vaziyatlarda aholi va hududlarni muhofaza qilish davlatning muhim vazifalaridan biridir. Ushbu vazifa tinchlik va urush davridagi favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot obyektlari va tarmoqlari faoliyatining (ishining) barqarorligini oshirish orqali hal qilinadi.
Favqulodda vaziyatlarda obyektning barqarorligini oshirish maqsadlari: favqulodda vaziyatlarda obyektning ishlashini ta'minlash va ish buzilgan taqdirda – qisqa vaqt ichida tiklash.
Favqulodda vaziyatlarda ob'ektning ishlashi barqarorligini oshirish maqsadlari (PURO) favqulodda vaziyatlarda ob'ektning ishlashini ta'minlash va buzilish holatlarida qisqa vaqt ichida tiklash.
Temir yoʻl transportida faqat transport ob'ektlaridan tashqari sanoat korxonalari mavjud, shuning uchun bobda transport va sanoat ob'ektlari ishining barqarorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrib chiqiladi.
Favqulodda vaziyatda obyektning barqarorligi deganda uning favqulodda vaziyatlarda ma'lum hajm va nomenklaturada mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati tushuniladi va ishlab chiqarish jarayoni buzilgan taqdirda – uni qisqa vaqt ichida tiklash. “Obyektning barqarorligi” tushunchasi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning, ayniqsa texnogen vaziyatning paydo boʻlishining oldini olish, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, tabiiy muhitga zarar etkazilishining oldini olish yoki kamaytirish qobiliyatini oʻz ichiga oladi.
Temir yoʻl transportining barqarorligi deganda uning favqulodda vaziyatlarda transportni belgilangan hajmda bajarish qobiliyati, transport jarayoni buzilgan taqdirda esa uni qisqa vaqt ichida tiklash qobiliyati tushuniladi.
Transportning roli uning iqtisodiy hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish va iste'mol oʻrtasidagi, urush davrida esa front va front ortidagi bogʻliqlik ekanligi bilan belgilanadi. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, aholining normal yashash sharoitlariga xos boʻlmagan transportlar qoʻshimcha ravishda paydo boʻladi. Bu favqulodda vaziyatlar zonalariga yetkazib berish, favqulodda vaziyatlar zonasidan zarar koʻrganlarni olib chiqish, aholini evakuatsiya qilish va boshqalar. Ushbu transportlarning katta qismi temir yoʻl transportiga toʻgʻri keladi.
Temir yoʻl transporti obyekti deganda uning hududida joylashgan temir yoʻl transporti korxonalari, muassasalari, tashkilotlari bilan temir yoʻl stansiyasi (uzel) tushuniladi.
Temir yoʻllarning eng muhim elementlariga asosiy temir yoʻllar, avtomatlashtirish moslamalari, aloqa va signalizatsiya tizimlari, strelkalar, sun'iy inshootlar, energiya ta'minoti moslamalari va boshqalar kiradi. Uchastka, saralash, yuk va boshqa shunga oʻxshash stansiyalar uchun ularning maqsadi va ish xususiyatiga qarab Lokomotiv va vagon xoʻjaligi inshootlari va qurilmalari, saralash, yuk va boshqa qurilmalar ham muhim element hisoblanadi.
Temir yoʻllarning barqarorligi koʻplab omillarga, shu jumladan obyektning favqulodda vaziyat manbasiga nisbatan joylashgan joyiga, bajarilgan ishning tabiati va ahamiyatiga, muhandislik-texnik majmuaning (binolar, inshootlar, uskunalar, qurilmalar) barqarorligiga bogʻliq.
Muhandislik-texnik kompleksning (MTK) barqarorligi deganda kompleksning favqulodda vaziyat manbai, birinchi navbatda havo zarbasi toʻlqinining zararli omillari ta'siriga qarshi turish qobiliyati tushuniladi. MTK barqarorligi ba'zan jismoniy va statik barqarorlik, ishning barqarorligi esa obyektning texnologik barqarorligi deb ataladi.
Havo zarbasi toʻlqinining ta'siridan mutlaq himoyani ta'minlash mumkin emasligi sababli, MTK barqarorligining tegishli chegarasi oʻrnatiladi.
Barqarorlik chegarasidan tashqarida ITC havo zarba toʻlqinining old qismidagi ortiqcha bosim miqdorini oladi, agar obyekt ishlamay qolsa, ishlashni toʻxtatadi.
Koʻpgina binolar, inshootlar, uskunalar oʻrtacha vayronagarchilikda ishlamay qolgan deb hisoblanadi. Bunday vayronagarchiliklar bilan ularni tiklash mumkin. Bunday holda, oʻrtacha buzilishlar uchun jadval ma'lumotlarining oʻrtacha qiymatlari barqarorlik chegarasidan tashqarida olinadi. Qoida tariqasida, u yuqori organ tomonidan belgilanadi, lekin barqarorlik obyekti komissiyasi tomonidan joyida aniqlanishi mumkin, ammo yuqori organ tomonidan belgilanganidan past emas.
Obyektning MTK barqarorligi chegarasi umuman uning elementlarining barqarorligiga (yoʻlni rivojlantirish, binolar, uskunalar va boshqalar) qarab belgilanadi.), obyektning ishlashiga sezilarli ta’sir koʻrsatadi (sanoat obyekti uchun bu asosiy sexlar, temir yoʻl uchun asosiy yoʻllar, aloqa qurilmalari va lokomotiv va vagon xoʻjaligi va poezdlar harakatiga xizmat koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa). Shu bilan birga, buzilish holatlarida tiklanishi yoki qisqa vaqt ichida almashtirilishi mumkin boʻlgan elementlarning past barqarorlik chegarasini aniqlashga ta'sir qilmasligi kerak.
Issiqlik nurlanishining barqarorligi chegaralari va boshqa zararli omillar zarba toʻlqinining qarshilik chegarasiga mos kelishi kerak. Barqarorlikni oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda favqulodda vaziyat manbalarining barcha zararli omillari boʻyicha teng barqarorlikni ta'minlash kerak.
Favqulodda vaziyatlarda obyekt ishining barqarorligini oshirish MTK barqarorligi chegarasini, obyekt ishining ishonchliligini oshirishga, ishchilar oʻrtasida mumkin boʻlgan yoʻqotishlarni istisno qilish yoki kamaytirishga, binolar, inshootlar va boshqa elementlarning yoʻq qilinishiga qaratilgan muhandislik-texnik, texnologik, tashkiliy va boshqa tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. Yoʻl davomida mehnat xavfsizligini ta'minlash, tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish boʻyicha vazifalar hal qilinmoqda.
Obyekt boʻyicha texnologik tadbirlar favqulodda vaziyatlarda ishlab chiqarish texnologiyasiga oʻzgartirishlar kiritishdan iborat. Bularga, masalan, yirik uzellarni aylanib oʻtish uchun poezdlarni oʻtkazib yuborish, favqulodda vaziyatlar va boshqalarni hisobga olgan holda energiya tashuvchilar sonini iste'molchilarga qayta taqsimlash kiradi.
Tashkiliy tadbirlar favqulodda vaziyatlarda odamlarning harakatlariga tegishli. Misollar: ogohlantirish signallari boʻyicha harakatlar tartibini aniqlash, tuzilmalarini toʻliq tayyor holatga keltirish va boshqalar.
Asosiylari muhandislik-texnik tadbirlar (MTT) ular obyektlarni favqulodda vaziyatlarda ishlashga muhandislik tayyorlashga qaratilgan. Misollar: himoya inshootlarini qurish, yirik temir yoʻl uzellarini chetlab oʻtish va boshqalar.
Normalar sanoat, transport (shu jumladan, ikkinchi temir yoʻl yoʻllarini qurishda), energetika, aloqa, mumkin boʻlgan kuchli vayronagarchilik zonalarida joylashgan yangi obyektlarni loyihalash, rekonstruktsiya qilish va kengaytirishda qoʻllaniladi. Qolgan hududlarda tadbirlar asosan radiatsiya va kimyoviy himoya, shuningdek, tabiiy ofatlardan himoya qilish bilan bogʻliq



Download 2,07 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 2,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish tarmoqlaridagi avariyalarda qutqaruv va tiklash ishlari

Download 2,07 Mb.