445
Kirish.
Yangilangan ta’limda o’quvchining yuragidagi cho’g’ni alanga oldirish, uni har
tomonlama rivojlantirib, bilimdan bilimga yetaklab olib chiqish uchun zamonaviy
darslar zarurdir. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan
muhim talablardan
biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga
erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib
berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish,
shuningdek, o’quvchilar
faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim,
ko‘nikma va malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat
hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Ta’limda pedagogik texnologiyalarning asosiy maqsadi o’qitish tizimida
o’quvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o’quvchilarni o’quv
materiallarini shunchaki yod olishlaridan, avtomatik tarzda takrorlashlaridan
uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol ishtirokchisiga
aylantirishdir. Shundagina o’quvchilar muhim hayotiy yutuq va muammolar,
o’tiladigan mavzularning amaliyotga tatbiqi bo’yicha o’z fikriga ega bo’ladi, o’z nuqtai
nazarini asoslab bera oladi.
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining 11-sinf Matematika kursidan
ma’lum bo’lgan “Fazoda dekart koordinatalar sistemasi. Ikki nuqta orasidagi masofa”
mavzusini o’qitish bo’yicha ayrim mulohazalar keltiriladi va uslubiy ko’rsatmalar
beriladi.