• G‘alla parvarishi bilan bog‘liq tadbirlar
  • Fermer xo`jaliklarida organik o`G`itlardan samarali foydalanishni tashkil etish yo`llari




    Download 37.53 Kb.
    bet1/7
    Sana04.05.2023
    Hajmi37.53 Kb.
    #56445
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Fermer xo`jaliklarida organik o`g`itlardan samarali foydalanishni
    2-amaliy mashg’ulot, 24 mavzu Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, covid-19-residents, ЭиС Презентация-3, OT 01, 7-ma\'ruza, 6-amaliy mashg\'ulot, 3-amaliy mashg\'ulot, 13-мавзу. Барқарор маркетинг, 1-L Vahobov 1, Kompleks sonlar haqida tushuncha, 2-маъруза, 2.1-Ma\'ruza, INTELLEKTUAL MULK, Bog\'lovchi

    FERMER XO`JALIKLARIDA ORGANIK O`G`ITLARDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH YO`LLARI
    Mundarija:

    1. Kirish …………………………………………………………………………..

    2. Asosiy qism

      1. Dala sharoitida bajariladigan agrotexnik tadbirlar

      2. Organik o‘g‘itlar qanday ahamiyatga ega
    3. G‘alla parvarishi bilan bog‘liq tadbirlar


      1. Haddan tashqari kislotalilik bo'lsa, tuproqni ohaklash talab qilinadi

      2. Ekologik xavfsiz o'simlik mahsulotlarini olish muammosi

      3. Tuproqga ishlov berish xususiyatlari

    4. Xulosa

    5. Foydalanilgan adabiyotlar



    Kirish
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni hamda “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-martdagi PQ-4239-son qarori ijrosini ta’minlash hamda tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproqning ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasini doimiy kuzatib borish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ilmiy talabini aniqlash uchun agrokimyoviy kartogrammalarni ishlab chiqish, mineral o‘g‘itlardan tuproqning holati va ekin turiga muvofiq konturlar kesimida tabaqalashtirib foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
    Tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
    Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini o‘tkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va og‘ir metall tuzlarining qoldiq miqdorini aniqlash tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-martdagi PQ-4239-son qaroriga muvofiq 2022-yildan boshlab sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari tuprog‘ini har yili umumiy maydonning kamida 25 foizi hisobidan kelib chiqib tahlil qilish va agrokimyoviy kartogrammalarni ishlab chiqish;
    qishloq xo‘jaligi yerlarining ball bonitetini, har bir dala konturi bo‘yicha tuproq tarkibi, ozuqa elementlari, fosfor va kaliy bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha agrokimyoviy kartogrammalar tuzish va ular asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarida qo‘llanadigan organik va mineral o‘g‘itlarning yillik me’yorlariga tegishli tuzatishlar kiritish, shuningdek, organik va mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
    sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproqning ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha elektron kartogrammalarni tuzish, agrokimyoviy ma’lumotlar bazasini zamonaviy geografik axborot tizimi texnologiyalaridan keng foydalangan holda yaratish, ularning davriy o‘zgarishlarini tahlil qilib borish;
    dala sharoitida tuproq va qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan namunalar olib, ularning tarkibidagi pestitsid va nitrat qoldiqlari miqdorini tahlil qilish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida pestitsid va nitrat qoldiqlari miqdori ko‘rsatilgan guvohnomalar bilan ta’minlash;
    suv va o‘simlik tarkibidagi mineral va organik o‘g‘itlarning kimyoviy tahlilini o‘tkazish uchun maxsus zamonaviy statsionar va ko‘chma laboratoriyalarni tashkil etish;
    har yili o‘rganilgan viloyatlarning (tumanlar) sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproqning ozuqa elementlari bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha tegishli xulosa va tavsiyalarni tayyorlash hamda mahalliy hokimliklarga mineral va organik o‘g‘itlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borsin.


    Download 37.53 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 37.53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fermer xo`jaliklarida organik o`G`itlardan samarali foydalanishni tashkil etish yo`llari

    Download 37.53 Kb.