Boshqaruv tizimini tashkil etishning tizimosti va texnik vositalari. Boshqaruvning tizimosti funktsiyalarini aniqlash, boshqaruv algoritmlarini amalga
oshiruvchi katta miqdordagi ilovalarni turkumlarga
bo‘lish bilan bog‘liqdir. Xalqaro
standartlashtirish
tashkilotlari
hujjatlarida
tarmoq
boshqaruvi
darajalarini
quyidagicha ajratish taklif qilinadi:
- boshqarilayotgan uskunalarning chegaralangan turlariga qarab, tarmoq
elementlarini boshqarish;
- turli xizmatlarni taqdim etuvchilarning uskunalari joylashgan katta geografik
maydonda tarmoqni boshqarish;
-
abonentlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning shartnomaviy talablariga rioya
qilgan holda xizmatlarni boshqarish;
- butun aloqa sohasi miqyosida biznesni boshqarish.
Turli darajadagi ilovalar bir-biridan keskin farq qiladi va bir nechta
funktsional bo‘limlarga bo‘linadi. Har bir bo‘limning ilovalarini tarmoqni
boshqarishning
istagan
darajasida
aniqlash
mumkin.
Boshqarilayotgan
uskunaning turiga qarab, iloval
ar bog‘liqlik darajasi ham alohida o‘rin tutadi.
Boshqaruv ilovalari nosozliklari bo‘yicha o‘zaro bir-biriga o‘xshaydi va
boshqarilayotgan uskunalarning turiga bog‘liq bo‘lmaydi, rekonfiguratsiya ilovalari
yoki tarmoq strukturasi va uskunasini boshqarish butunlay shu uskunalarning
spetsifikasiga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda tarmoq boshqaruv tizimida
quyidagi avtonom funktsional tizimostilar mavjud (2.1-rasmga qarang):
-tarmoq resurslarini dinamik boshqarish tizimi;
-texnik xiz
mat ko‘rsatish tizimi;
59 -
ma‘muriy boshqaruv tizimi.
Tizimostilarning texnik bazasi quyidagilardir:
- tarmoq resurslarini dinamik boshqarish tizimi uchun
– tarmoqning xos
elementlari;
-
texnik xizmat ko‘rsatish tizimi uchun - texnik xizmat ko‘rsatish markazlari;
-
ma‘muriy boshqaruv tizimi uchun – tarmoqni boshqaruv markazlari.