• Kalit sozlar: Lafziy san’atlar, ma’naviy san’atlar, talmih, Atoulloh Husayniy,Rashid-i Vatvot, tajvid. Keydsword
  •   O`ZBEK SHE’RIYATIDA BADIIY SAN’ATLARNING O`RNI




    Download 1,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/30
    Sana20.11.2023
    Hajmi1,16 Mb.
    #101616
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
    Bog'liq
    Зарипова Камила Рашидовна

    49 
    O`ZBEK SHE’RIYATIDA BADIIY SAN’ATLARNING O`RNI 
    Ahmedova Mo’tabar Husan qizi 
    ToshDO’ATAU O’zbek filologiyasi fakulteti 
    2-kurs magistranti +998901255907 
    Annotatsiya: 
    Maqolada 
    ilmiy 
    tushunchalar, 
    badiiy 
    vositalarning 
    adabiyotimizda tutgan o’rni haqida fikr-mulohazalar yoritilishiga harakat qilingan. 
    Badiiy san’atlarning shakl va mazmun jihatdan qanday turlarga bo’linishi haqida 
    ma’lumotlar keltirib o`tilgan. Adabiyotshunoslarimizning badiiy san’atlar haqidagi 
    ilmiy izlanishlari keltirilgan. 
    Abstract: The article discusses theroli of scientific concepts and artistic
    tools in our literature,types of artistic arts are explained according to the relation 
    of form and meaning,the opinion of our literary experts about artistic,arts,is 
    presented. 
    Kalit so'zlar: 
    Lafziy san’atlar, ma’naviy san’atlar, talmih, Atoulloh 
    Husayniy,Rashid-i Vatvot, tajvid. 
    Keydsword: Verbal arts,spiritual arts, talmih, Atullah Husayni, Rashidi 
    Watwat, tajwid. 
    Adabiyotda har bir hodisan
    ing o‗z taqdiri va o'rni bo'lgani kabi, badiiy 
    san‘atlarning ham o‗z o‗rni va taraqqiyot bosqichlari bordir. Xususan, badiiy 
    san‘atlar sohasida Sharq shoirlari butun bir mahorati va ijodiyoti bilan mehnat 
    qilishgan, shu bilan birga amaliy va nazariy yondashmoqqa harakat qilgandir. 
    O‗zlarining ijodiy mahorati, taassurotlarini, ekzotikasini badiiy san‘atlar vositasida 
    ifodalagan. Ularning bunday mahoratlari ilmi bade‘ning rivojlanishiga xizmat qilgan 
    va xizmat qilib kelmoqda. Badiiy san‘atlar adabiyotshunos olim-u fuzalolarimiz 
    tomonidan shakl va mazmun mukammaligi uchun yordam beradigan: 
    a) lafziy san'atlar 
    b) ma'naviy (qorishiq) san‘atlarga ajratilgan. 
    She‘riy san‘atlar olamini uning tarixiy, tadrijiy taraqqiyot bosqichlariga e‘tibor 
    qaratmasdan turib takom
    ilini, o‘rni va rolini tasavvur etib bo'lmaydi. Shunday ekan, 
    ilmi bade‘ sohasida birinchi o‗rinda mohir shoirlar uning rivojlanish tadrijiga to‗xtalib 
    o‗tgan. Bugungi kun adabiyotshunosligimiz ilmi bade‘ sohasida juda kam 
    rivojlangan. Lekin biz yoshlar bu sohani rivoj topishiga katta xizmat qilishimiz kerak. 
    Badiiy san‘atlarning rivoj topish jarayoni XV asrda, jumladan, Navoiy akademiyasi 
    davrida shakllangan. Mana shunday namunalaridan biri Atoulloh Mahmud 


    50 
    Husayniyning badiiy ilmida, ya‘ni nutqdagi badiiy vositalarga bag‗ishlangan 
    ―Badoyi‘u-s-sanoyi‖(san‘at yangiliklari) degan risolasida o‗z aksini topganligini 
    ko‗rishimiz mumkin. U XV asrning o‗rtalarida Nishopurda tug‗ilgan va 1513-yilning 
    oxirida Mashhadda vafot etgandir. U asosiy tahsilni ya‘ni oliy ma‘lumotni Hirotda 
    oladi. Uning butun biri lmiy pedagogik va adabiy faoliyati ham shu yerda o‘tadi. 
    Navoiy ham o‗z tazkirasi bo‗lmish ―Majolisu-n-nafois‖da ham Atoulloh Husayniy 
    haqida quyidagicha yozadi: ―Mir Atoulloh Nishopurdandur. Andin ilm tahsili uchun 
    shahrg‗a (ya‗ni Hirotga) keldi. ―Qofiya‖ va ―Mutavassit‖ o‗qur erdi. Donishmand 
    bo‗lguncha bir na‘v mustahsan maoshqa muvaffaq bo‗ldikim, andin ortiq bo‗lmoqda 
    mumkin ermas. Bovujudi donishmandlar, she‘r-u muammovu san‘atida dag‗i 
    mahorat paydo qil
    di. Muammoga ko‗p mashg‗ul bo‗lur erdi. Halo saboq kasratidin
    anga avqoti vafo qilmas. Ammo san‘atida kitobi tasnif qilib tur. ―Badoyi‘-i Atoyi‖g'a 
    mavsumdur. Emdi bayozlardan bordi, ma‘lum emaskim, bu fanda harbiy hech kishi 
    oncha jomi‘u mufid kitob bitirish bo‗lgan. Bovujudi ixtisoslashgan, maqlub-i 
    mustaqil san‘atindakim, andin mushkul romani san‘at bo‗lmas, bu bayt ul risolada 
    aning xossa baytidurkim: 
    Shakar dahona g‗amxo‗rlik nazarida, 
    Davron daniy-
    imug‗ona darkash. 
    Aning tab‘idiq qatga bu bayt dalil-i bastur. Faqir go‗stohliq yuzidan Mirg‗ader 
    menkim, fazoyil-
    u kamoling‗izg‗a ko‗ra darveshligingiz ham bo‗lsa erdi. Bilurkim, 
    musallam tutmasa, sobit qilurme, lzarur attin musallam tutar‖.[Husayniy.A. "Badoyi 
    us-
    sanoyi‗‗3-bet] 
    Bu asar fors tilida bitilg
    an bo'lib, uning bir necha qo‗lyozma nusxasi bor. 
    Shulardan biri 1974-
    yilda Dushanbeda ―Irfon‖ nashriyotida Rahim Musulmonqulov 
    tayyorlagan tojikcha nusxasi bo‘lib, u to‗liq emasligi, tekst ba‗zi o‗rinlarda 
    ―yengillashtirish‖ maqsadida o‗zgartirilgani va xatosi borligi uchun asarning 
    o‗zbekcha tarjimasi Leningradda Saltikov-Shcherdin nomidagi saqlanayotgan 
    qo‗lyozma nusxasining fotokopiyasidan Alibek Rustam tomonidan qaytadan nashr 
    ettirilgandir. Bu nusxada ko‗p bo‗lmasada ammo tushib qolgan ba‘zi so‗zlar ham 
    bor, Musulmonqulovda ba‘zi san‘atlarning nomi noto‗g‗ri o‗qilgan. Masalan, Shoir 
    Atoulloh o‗zini so‗zboshida banda-yima‘bud-i ma‘niy, ya‘ni ma‘no sanamining quli 
    degan. R.Musulmonqilov esa ma‘niy so‗zini mug‗niy[Husayniy.A."Badoyi us-
    sanoyi‗‗1.11-bet] deb o‗qib, olimni boyituvchi sanamning quliga aylantirgan.Noshir 
    ba‘zan o‗qilgan so‗zlarga to‗g‗ri harakatlarni qo‗yolmagan. Masalan: gird(atrof)-
    gard(to‗zon)[Husayniy.A."Badoyius-sanoyi‗‗1.102-bet], 
    isho‘re(bildirish)-
    asho‘re(she‘rlar)[Husayniy.A. "Badoyi us-sanoyi‗‗ 1.147-bet].Ba‘zi o‘rinlarda esa bir 
    so‘zni bir necha so‘zlarga aylantirish holatini ko‗rishimiz mumkin. Masalan: Tig‗-


    51 
    inavzududa (yangi artilgan tig‗)-ikkinchi qismdagi so‗z nav-ziduda (qurtdan 
    yangi)[Husayniy.A."Badoyi 
    us-
    sanoyi‗‗1.105-bet]. 
    Ba‘zi 
    birikma 
    tarkibidagi 
    so‗zlarning chegarasini topolmagan. Masalan: bor-isitam(sitam yoki)-bo Rustam. 
    Bundan tashqari iboralar va gaplarning ham chegarasi to‗g‗ri aniqlanmagan, 
    natijada matn tushunib bo‗lmas darajaga kelgan deb Alibek Rustamov asl 
    n
    usxadan tarjima qilganlarini o‗z izohlarida keltiradi. Badiiy san‘atlarni o‗rganilish 
    jihatini Atoulloh Husayniy uchga bo‗ladi: 
    1)birinchi san‘atlar: lafziy san‘atlar 
    2)ikkinchi san‘atlar: ma‗naviy san‘atlar 
    3)uchunchi san‘atlar: ham lafziy, ham ma‘naviy san‘atlar 
    1.Birinchi san‘atlarga, ya‘ni lafziy san‘atlarga: tarse‘, tajnis, sa‘j, munosabat, 
    tashqari, tajziya, tardid, taattuf, tashri‘, zul qofiyatayn, tavshih, tarofuq, muqatta‘, 
    e‘not, tavsim, mushajjar, muhokama. 
    2.Ikkinchi san‘atlarga, ya‘ni ma‘naviy san‘atlarga: tavjih, iyhom, idmoj, ta‘liq, 
    tajohulu-orif, talmih, irsolu-l-
    masal, tariqasida, ig‗roq, g‗uluvv, ruju, iyjoz, iltifot, tafsir, 
    muammo. 
    3.Uchunchi san‘atlarga, ham ma‘naviy ham lafziy san‘atlar bo'lib, har 
    ikkalasini ham o‘zida qamrab oluvchilar: mutobaqa, tadbij, husn-i taxallus, and, 
    hall, tafviv, husn-
    i maqta‘, iqtibos, baroat-i istihlol, haqiqiy taqobul kabi san‘atlar. 
    Badiiy san‘atlarning tarixiy taqdiri bu xalq og‗zaki ijodiga, mifologiyaga, dinga borib 
    taqaladi. Chunki inson dunyoga
    keladiki, albatta, o‗zining hissiyotlariga ega bo'ladi. 
    Hissiyotlar shakllanar ekan, insoniyot, o‗z orzu istaklarini jimjimador tasvirlashga, 
    xayolotidagi chiroyli hayotni qurishga harakat qilgan va harakat qilib kelmoqda. 
    Mana shunday tasvirlarni ifodal
    ashda she‘riy san‘atlarni badiiy tasvirda qo‗llash 
    uchun astoyidil urunishgan. 
    Umrumning boshlarida, farog‗at yoshlarida bu kaminada dilrabo nazm-u 
    san‘atkorona nutqqa tabiatan komillik bir mayl bor erdi va imkon boricha ushbu fan 
    bilan mashg‗ul bo‗lar erdim.Tangriga hamdu shukrkim, ul asarlardan har 
    nekim,zamonaviy sahifasida zohir bo‗lsa, ulug‗-u kichik qoshida manzuri maqbul 
    bo‗ldi. Ammo ozgina fursat-u on o‗tishi-yu kichik bir vaqt-u zamon kechishi bilan 
    ba‘zi vasvasalarni da‘f etish tashvishlariyu madrasalarda saboq berishishlari tufayli 
    ul mayl poydevori bo‗shashib o‗shul yumush yemirildi, andoqkim yillarda o‗tub, 
    ko‗ngul ul ish tegrasiga yovushmadi, ul boram an yozilib tartib berilgan ba‘zi 
    varaqlar unutmang uyi burchaklarida to‗zon zarrasi yanglig‗ bekomenishon va 
    e‘tiborsizlik change tuprog‗ida yer bilan barobaru yakson bo‗lib erdi. 
    [Husayniy.A.Badoyi us-sanoyi.1.8-
    bet]. Badiiy san‘atlarga to‗xtalganimizda, badiiy 
    vositalarning maromida she‘riyatda qo‗llanishini, qanday farqlanishlar va 


    52 
    ifodalanishl
    arni birinchilardan bo‗lib Rashiddin Vatvot, Ahmad Taroziylar mahorat 
    bilan o‗rganganliklari haqida Atoulloh Husayniy o‗z asarida ta‘kidlab o‗tganlar. Yana 
    asarda ma‘naviy go'zalliklar bayonida nomli bo‗limining birinchi na‘v qismda tavjih 
    she‘riy san‘ati haqida quyidagicha keltiradi, tavjih-ani muhtamalu-z-ziddayn ham 
    derlar va ul kalomni andog‗ ifoda etdiki, ikki turlicha ko‗rinishda bo‗lur va 
    quydagicha: Men o‗z izlanishimni olib borgan holda, biz kabi o‗quvchilar va talaba 
    yoshlar nazarida talmeh she‘riy san‘ati faqat bir tushunchaning saqlanib kelinishi 
    jihatidan tarixiy shaxslarga ishora sifatida o‗rganib kelinadi, ammo Atoulloh 
    Husayniy talmehga faqat tarixiy shaxslar emas, balki tarixiy muhim voqealarga ham 
    ishoratlar berilishini ta‘kidlab o‗tadi hamda ta‘riflar keltiradi. Vahob Rahmonning 
    ―She‘riy san‘atlar‖ kitobida talmehga faqat bir tomonlama ta‘rif keltirishini ko‗rishimiz 
    mumkin. Abdurauf Fitrat ham o‗zining darsligida badiiy san‘at vositalariga ham 
    alohida to‗xtalib o‗tadi va san‘at o‗zi keng tushunchadir deb unga bir qator misollar 
    keltirib, u quydagicha fikr keltiradi: adabiyot so‗zini tuzukkina onglamoq uchun 
    birinchi go‗zal san‘atlar degan so‗zni ta‘rif qilib o‗tmoq lozim. San‘at lug‗atda hunar 
    demoqdir:bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir.Biron bir kishi 
    toboqchilikda, biri tikuvchilikda yaxshi ishlasa, shu ish uning san‘ati bo‗ladir. Bu 
    ma‘nodagi ―san‘at‖dan tilakda boshqacha bo‗lg‗an bir turli san‘atlar ham bor. 
    Olaylik, san‘ati tanbur cholish bo‗lg‗an bir kishini yaxshilab choling‗an bir ―Iroq‖ kuyi 
    bu kishining san'atidir. Iroq kuyining yoxshiligi esa kishiga ma‘naviy ta‘sir 
    etmak,uning miyasini to'lqinlantirmoqdir. Shuning uchun buning yoxshilig‗iga, 
    yoxshiliq emas, go‗zallik deyiladir. Bunday san‘atlarga esa ―go‗zal san‘atlar‖ 
    deyiladir. Oddiy san‘atlarda tovar(material) tovush, ohang bo‗lsa, go‗zal san‘at 
    musiqiy bo‗ladir; bo‗yovlar, chiziqlar bo‗lsa, rasm bo‗ladir; tosh yo boshqa turli 
    ma‘danlar esa, haykalchilik bo‗ladir; tosh, yog‗och, kirgich, ganj, turnoq bo‗lsa, 
    me‘morliq bo‗ladir; tan, mug‗a harakatlarini esa o‗yun(tans) bo‗ladir; gap, so‗z esa 
    adabiyot bo‗ladir. Ularning turlari quyidagichadir: 
    1.Musiqa. 
    2.Rasm. 
    3.Haykalchilik. 
    4.Me‘morchilik. 
    5.O‗yun(tans). 
    6.Adabiyot. 
    Go‗zal san‘atlarning mana shu oltita turi bir-biriga yaqinlashmoq e‗tibori bilan 
    ikki turkumga ayriladir va ularni ham Fitrat ikkiga bo‗ladi. Birinchi turkumga: 
    adabiyot, musiqa, o‗yun(tans), ikkinchi turkumga: rasm, haykal, me‘morliq 
    kabilar.[Abdurauf F.2.20-21-bet] 


    53 
    Tildagi tovushdoshlik nutq g
    o‗zalligining manbalaridan biri bo‗lib, bu narsa 
    o‗y,fikrni talab qiladi.So‗zlarning ma‘no munosabati anchayin murakkabligi asnosida 
    har biri insonni o‗ylashga majbur etadi.Tilning imkoniyati juda keng bo‗lib,ham 
    shaklga, ham mazmunga asoslangan holda badiiy vositalarni vujudga keltiradi. 
    Badiiy vositalardan butun xalq foydalanadi,nutq san‘atlari mohiyati nuqtai nazaridan 
    butun bir nutqning o‗zi singari ijtimoiydir.Nutq san‘atlaridan mohirlik bilan 
    foydalanuvchi so‗z ustalarining ham asosiy manbasi bu xalq og‗zaki ijodiyoti 
    hisoblanadi.So‗z ustalari doimo xalqdan va boshqa so‗z usatalaridan o‗rgangan 
    badiiy san‘atlarini bir oz boyitadi, ularga ishlov berib yangi va ba‘zida undanda 
    go‗zal bo‗lgan namunalar yaratadi. Abdurauf Fitrat o‗z asarida buni juda sodda va 
    aniq qilib ushuntirishga harakat qilgan.U tavz‘e, mubolag‗a, tazod she‘riy 
    san‘atalarining kelib chiqish jarayonini ―qalovini topsang qor yonar maqoli bilan 
    sharhlaydi. Unda insonning qalbi doimo go‗zallikka oshnoligi va shu bilan qandaydir 
    yangiliklar yaratishni xohlaydi va u bunga muhtoj ekanligini aytadi,hamda bu 
    maqolni oddiygina qalovini topsang o‗tin yaxshi yonadi‖ misolida desak ham 
    bo‗lardi,ammo insonning ta‘bidagi go‗zallikka bo‗lgan intilish bu gapni 
    go‗zallashtirishni xohlaydi, darhol ―o'tin‖ so'zini ―qor‖ so'zi bilan almashtiradi,natijada 
    ―qalovini topsang qor yonar‖ maqoli kelib chiqadi. Bu gap eshitganlarga 
    yoqadi,qalov so‗zi qor so‗zi bilan uyg‗unlashadi,shu bilan bir qatorda mazkur
    uyg‗unlik gapga go‗zal tus beradi. Bunday go‗zal ifodani, albatta, kishi 
    yo‗qotmaslikka harakat qiladi va xalq buni o‗z qalbida maqol qilib asrab yuradi. 
    Birinchidan ―qalov‖ bilan ―qor‖ uyg'un,ikkinchidan qor bilan olov bir-biriga qarama-
    qarshi,zid,uchunchidan bo‗rttirish va mubolag‗a mavjud. Bunday xalq orasidagi 
    jimjimador so‗zlarga befarq qaramagan olimlar,katta qiziqish bilan bu hodisalarni 
    tekshiradi,sistemaga soladi va alohida bir nom qo‗ya boshlaydilar. Birinchi tovush 
    uyg‗unligiga:qalov-qor-tavz‘e, Ikkinchi so‗zlarning zidligiga qor-olov-tazod.Uchunchi 
    qalov so‗zining ahamiyatini bo‗rttirish mubolag‗a kabi badiiy san‘atlarini hosil 
    qiladi.Keyin bunday hodisalarni o‗qituvchilar xalqining o‗ziga, olimlar tavsiyasi 
    shaklida ilmiy qaytadan yetkazadilar. Shu bilan ilm rivojlanadi,olim xalqqa,xalq 
    olimg
    a xizmat qiladi. Fitrat mana shunday misollarni keltirgan holda nutqni go‗zal 
    qiluvchi vositalarni ―san‘at‖ deb ataydi va badiiy san‘atlarga nutqni go‗zal qiluvchi 
    vositalar yoki bo‗lmasa nutq san‘atlari deb ta‘rif beradi, bular: ishtiqoq, tavze, tajnis, 
    mubolag‗a va boshqalar. Lekin biz yuqorida Atoulloh Husayniyning asarida badiiy 
    san‘atlar turi 3 ga bo'linganini aytib o‘tganidik. Mana shunday tafovutlar badiiy 
    san‘atlarning manbalarda turlicha kelishiga ham ishoradir. Atoulloh Husayniy o‗z 
    asarida bad
    iiy vositalarga anchayin chuqurroq yondoshganligini, ko‗plab 
    ma‘lumotlar keltirganidan va tartiblab chiqqanidan ham bilishimiz mumkin. U ham 


    54 
    har bir badiiy vositalarga urg‗u berar ekan, har bir badiiy vositaga alohida bir ta‘rif 
    berib chiqadi va misollar b
    ilan keltiradi. Ma‘naviy go'zlliklar bayonida bo‗limida: 
    ―Ma‗naviy go‗zalliklar bayonida san‘at turi ham bu ikki na‘vdur. Birinchi na‘vi ya‘ni 
    turi arab fusaholariga ham, ajam shuarolariga ham san‘at sifatida kiruvchi badiiy 
    vositalar, ikkinchi turi esa fa
    qat ajamliklar uchun badiiy vositaga kiruvchilar. ‖Birinchi 
    na‘v: Tavjih-uningi kkinchi nomi muhtamalu-z-ziddayn ham derlar.Ikki turlicha
    ko‗rinishni ifodalamoq degani. Rashid-i Vatvot deptur: muhtamalu-z-ziddayn, bu 
    san‘atni zul vajhayn ham derlar,ul andoqkim,shoirlar bir baytni keltiradi va unda ikki 
    xil ma‘no aks etadi. Tavjih lug‗atda yuz o‘girmak ma‘nosida keladi.Iyhom-ikkinchi
    nomi tavriya ham derlar. Rashid-
    i Vatvot ani taxyil ham deb ataydi.Uning ma‘nosi 
    shundayki,kalomda bir lafz keltiriladi,u
    ndan ikkita ma‘no anglashiladi,birinchi 
    ma‘nosini topish qiyin emas,ammo ikkinchi ma‘noni topish qiyinroq bo‗lib,maqsad 
    ham ana shu yiroq ma‘noni anglamoqdir.Bu san‘at ham ikki turga 
    bo‘linadi:a)tavriya-yi mujarrad b)tavriya-muvashshah. Masalan, Lutfiyda Chin so‘zla 
    xito xo‘blarig‘a ne bo'lursan? 
    Tajohulu-l-orif-
    so'zlaguncha nimanidir bilur,ammo bir nukta ya‘ni so‘z bilan 
    o‘zini bilmagandek ko‘rsatur. ―Miftoh‖sohibi bu san‘atni suqu-ma‘lum masofa g‗ayrih, 
    ya‘ni ma‘lum so‘zni noma‘lum o‘rinda qo‘llash deb keltiradi,ammo men buni tajohul 
    deb atashni sevmayman deb, oyati karimalardan keltirib, sababini tushuntirib 
    beradi. Tajohul asosidagi nuqtalar ko'p deb baytlar keltiradi: 
    Bod-bahor ast yo nasim-I abirast, 
    Yo asari gard xoki poydevori vazir ast. 
    Ma‘nosi: 
    Bu bahor yo'limizni yo abir nasimimi, 
    Yo vazir oyog‗i ostidagi tuproq changini asarimi? 
    Talmih-
    kalomda mashhur qissa, mashhur she‘r, mashhur maqolga ishorat 
    etmaktin iborat deya, 3 jihatdan izohlaydi.Birinchidan qissaga ishorat quydagicha 
    keltiradi: 
    Nur-i chashmam,begul-
    I ro‗yat bo‗ston hol-i man, 
    Gasht ham chun xolat-I Ya'qub dar baytu-l-hazan. 
    Bu baytda Yusuf qissasiga ishorat keltirilgan bo‗lib, baytning tarjimasi 
    quyidagicha holda keltiriladi: 
    Ey ko‗zim nuri, yuzing gulisiz bo‗stonda holim 
    Ya‘qubning g‗am uyidagi holatiga o‗xshab qoldi. 
    Ya‘qub o‗z o‗g‗li Yusufdan ajralganlar g‗am chekib o‗tirgan kelasi baytu-l-
    hazan, baytu-l-
    huzn(g‗am uyi) kabi iboralar bilan ifodalanadi va ayriliqqa uchragan 


    55 
    har bir g‗am egasining uyi ham o‗shanga tashbihan shunday ma‘no anglashiladi. 
    Ikkinchi jihatdan esa she‘rga ishoralar quyidagicha beriladi, Bayt: 
    Pesh-i man hosil-i kavnayn buvad chun yak jav, 
    Mazra‘-I charx chiro binamu dos-i mah-inav?! 
    Ma‘nosi: 
    Menga ikki olamning hosili bir arpachilikdir,shuning uchun osmon ekinzoriyu 
    yangi oy o‗rog‗ini ko'rib nima qilaman. Uchunchi maqolga, nisbatan ishora esa 
    quydagicha tasvirlanadi: 
    Ashkro dardiy daparvardam base oxirmaromida 
    Kardrusvo-yi jahone, dod nekiy ro jazo. 
    ―Izoh‖ sohibi va ―Tibyon‖ sohibi maqollarni talmihga kiritmapturlar, Alloma-yi 
    Sheroziy depturkim, ulamolarining ba‘zilari kalomda maqol so‗zlarni o‗zlashtirib 
    aytdilar va maqolni anga borlig‗icha ham kiriturlar. Alloma Taftazoniy derlar: bu 
    san‘at talmih bo‗lib, ―l‖ tovushi ―m‖ dan oldin kelur. Ammo tamlih (―m‖ tovushi ―l‖dan 
    oldin) bir narsani keltirmak, anda malohat-
    u zarofat bo‗lg‗ay. Bu ikkalasi ikki xil 
    san‘at bo‗lib, ularni alloma-yi She‘roziy har ikkisini bir deb anglab xatoga yo‗l 
    qo‗ygandir. Bu xato yana takrorlanib, ba‘zilari buni bir mazhab qilib olgan deya 
    o‘zqarashlarini keltiradi.Yana shunday ma‘lumotlar keltiriladi: bilgilkim talmihning 
    ba‘zisi lug‗z(chiston)ga o'xshaydi va Shamsi Qays talmihga o‗zgacha ma‘no 
    bergandir.Talmih lug‗atta bir nimaga nazar solmoq va bu san‘atta she‘r va andin 
    o‗zga nimalarga ishorat etilgani uchun talmih deb atalur. [Husayniy.A. ―Badoyi us-
    sanoyi‖.1.134-bet].Bundan tashqari ijodkor yana ko'plab she‘riy san‘atlarni alohida 
    tasnif qilib, ma‘nolarini sharhlab chiqqandir. Ummuman olganda badiiy san‘atlar 
    badiiy adabiyotimiznin
    g go‗zal jihatlarini ochib beruvchi vositalardan hisoblanadi. 
    Har bir badiiy san‘atning o‗z jilosi va mazmun mohiyati bordir. Ilmi bade‘ va ilmi 
    balog'aning rivoji uchun badiiy san‘at vositalari muhim vazifa bajargan va bajarib 
    kelmoqda. Ayniqsa, mumtoz adabiyotimizning qirralarini badiiy vositalarsiz tasavvur 
    qila olmaymiz.Klassik adabiyotning har bir qirrasiga ular tomchi-
    tomchi bo‗lib singib 
    ketgandir. Butun bir xalq og‗zaki ijodidan (folklor)dan tortib keyingi davrlar Mahmud 
    Koshg‗ariy, Yusuf Xos Hojib, Yugnakiy, Yassaviy, Rumiy, SayfiSaroyi, 
    AlisherNavoiy, Bobur, Ogahiy, Furqatlar ijodidan toki bugungi kun zamonaviy 
    adabiyotimizning qalbiga mukammal jipslashib ketganini ko‗ramiz. 

    Download 1,16 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




    Download 1,16 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      O`ZBEK SHE’RIYATIDA BADIIY SAN’ATLARNING O`RNI

    Download 1,16 Mb.
    Pdf ko'rish