O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
<>
O’quv ishlari bo’yicha prorektor _______v.v.b. D.Dexqanov
«_____»__________2019 -yil
F I Z I K A
FANI BO`YICHA
ISHCHI O’QUV DASTURI
2019/2020 O’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 1-kurslari uchun
Bilim sohasi: 100000 –Gumanitar sohasi
Tа’lim sohasi: 140000 –Tabiiy fanlar
Tа’lim yo’nalishi: 5140500 – Kimyo (kechki)
Namangan – 2019
Fanning ishchi o’quv dasturi OO’TMV ning 2019 - yil ___ ,_____ dagi
-sonli buyrug’i asosida na’munaviy, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: NamDU fizika kafedrasi o’qituvchisi
M.O’ktamova
Fanning ishchi o’quv dasturi NamDU Fizika-matematuka fakulteti Fizika kafedrasining 2019-yil « » avgustdagi « »-sonli yig’ilishidagi muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Fizika kafedrasi mudiri: B.Qo’chqarov
Fanning ischi o’quv dasturi “Fizika-matematika” fakultetining 2019- yil « » avgustdagi « »-sonli kengash bayonnomasida muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya qilingan
Fakultet kengashi raisi: Fizika -matematika fakulteti
dekani D.A. Boytillayev
Ishchi o’quv dasturi NamDU o’quv-uslubiy kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.
2019- yil «_____» «_____» dagi «_____» sonli majlis bayoni.
«K e l i s h i l d i»
O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i: v.v.b. Z.Mo’minov
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Umumiy fizika, boshqa tabiiy fanlar kabi, bizni o’rab olgan moddiy dunyoning obyektiv xossalarini o’rganadi. Fizika so’zi grekcha bo’lib, tabiat demakdir. Fizika materiya harakatining eng umumiy (mexanik, issiqlik, elektromagnit va h.k.) formalarini va ularning bir-birlariga aylanishlarini o’z ichiga qamrab oladi. Harakatning fizikada o’rganiladigan formalari harakatning oliy va ancha murakkab bo’lgan hamma formalarida (geofizik, biologik va boshqa jarayonlarda) ishtirok etadi va ularning ajralmas qismidir.
Ushbu dastur umumiy fizikaning asosiy hodisalari, qonunlari, qonuniyatlarini o’rganish, ularning texnikada va hayotda qo’llanishi, tabiatdagi jarayonlarni hayotga ta’sirini qamraydi.
O’quv fanining fanining maqsadi va vazifasi
Fanining o’qitishning maqsadi - Umumiy fizika fanining asosiy vazifasi talabalarni asosiy fizik hodisalar, ularning mexanizmlari, qonuniyatlari va amaliy qo’llanishlari bilan tanishtirishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun talabalarda ilmiy-amaliy dunyoqarashni, ya’ni fizikaviy hodisalarning tabiatini to’g’ri tasavvur qilish, tabiiy fanlar sohasida qo’yilgan har bir aniq vazifalar mazmunini umumiy fizika qonunlari bilan bog’lash, fizika fanining rivojida o’zbek allomalarining qo’shgan hissalaridan g’ururlanishni shakllantirishdir. Talabalarni mustaqil ishlash malakasini, tahliliy mulohaza yuritish qobilyatini, shuningdek asosiy va qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish mahoratini o’stirish vazifalarini bajaradi.
Asosiy fizika qonunlarini va ularning formulalarini, asosiy fizik prinsiplarni ma’nosi, mazmuni, harakat qonuniyatlari va ularning grafiklarini tahlil qilish, fizik kattaliklarning ma’nosini, birliklarini va ularni taqqoslashni, asosiy fizik qonun va prinsiplarni mexanik hodisalarga qo’llay bilish, fizik tajribalar, namoyishlar va hodisalarni fzik qonun va prinsiplar asosida tavsiflash, fizikada qo’laniladigan fizik qonunlar, prinsiplar, ideallashtirilgan modellar to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
Umumiy talab darajasidagi masalalarni yechish va tahlil qilish, fizikaviy masala va tajriba natijalarini har xil o’lchov sistemalarida hisoblashda matematik fizikaviy masala va tajriba natijalarini har xil o’lchov sistemalarida hisoblash usullarini qo’llay bilish o’quviga ega bo’lish. Fizik qonun va formulalarni nostandart masalalarga tadbiq etish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Oddiy mexanik laboratoriya ishlarini sozlashni, o’lchashni bajarishni va natijalarni hisoblashni, ekspriment hatoliklarini hisoblash va tajriba sifatini xulosalashni bilishlari kerak. Tajribalarda ishlatiladigan o’lchov asboblaridan to’g’ri va aniq foydalanish malakalariga ega bo’lishi kerak.
O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi
Umumiy fizika fanining aniq chegarasini ko’rsatish mumkin emas. Chunki, xozirgi zamon fanida fanlararo bog’lanish keng rivojlangan. Mazkur fan matematika, biologiya, kimyo, geografiya, geodeziya, falsafa kabi qator fanlar bilan o’zaro uzviy bog’liqdir. Shu sababli tabiiy fanlar oralig’ida yangi ilmiy yo’nalishlar vujudga kelgan. Masalan, kimyo fizikasi, biofizika, geofizika, geoakustika va boshqa yo’nalishlar shular jumlasidandir. Fanni egallashda elementar matematika kursini bilishlari hamda differentsial va integral tushunchalarga ega bo’lishlari kerak. Harakatning oliy, ancha murakkab formalarini boshqa fanlar – ximiya, biologiya va boshqalar o’rganadi
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Umumiy fizika fanini o’qitishda dasturda ko’rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar va seminar shaklida olib boriladi, seminarlarda asosan mustaqil o’zlashtirish materiallari muhokama qilinadi. Zamonaviy fan yutuqlarini namoyish qiluvchi o’quv kinofil’mlar, simulyatsion dasturlar, mul’timedia imkoniyatlari, Internet manbalari, ko’rgazmali materiallar, shuningdek, ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish mumkin. Jumladan, fizika fakul’teti resurs markazi OO’IM serverlarida joylashgan elektron adabiyotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlari mavjud.
O’quv jаrаyoni bilаn bоg’liq tа’lim sifаtini bеlgilоvchi hоlаtlаr quyidаgilаr: yuqоri ilmiy-pеdаgоgik dаrаjаdа dаrs bеrish, muаmmоli mа’ruzаlаr o’qish, dаrslаrni sаvоl-jаvоb tаrzidа qiziqаrli tаshkil qilish, ilg’оr pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrdаn vа mul’timеdiа vоsitаlаridаn fоydаlаnish, tinglоvchilаrni undаydigаn, o’ylаntirаdigаn muаmmоlаrni ulаr оldigа qo’yish, tаlаbchаnlik, tinglоvchilаr bilаn individuаl ishlаsh, erkin mulоqоt yuritishgа, ilmiy izlаnishgа jаlb qilish.
“Umumiy fizika” kursini lоyihаlаshtirishdа quyidаgi аsоsiy kоntsеptuаl yondоshuvlаrdаn fоydаlаnilаdi:
Shахsgа yo’nаltirilgаn tа’lim. Bu tа’lim o’z mоhiyatigа ko’rа tа’lim jаrаyonining bаrchа ishtirоkchilаrini to’lаqоnli rivоjlаnishlаrini ko’zdа tutаdi. Bu esа tа’limni lоyihаlаshtirilаyotgаndа, аlbаttа, mа’lum bir tа’lim оluvchining shахsini emаs, аvvаlо, kеlgusidаgi mutахаssislik fаоliyati bilаn bоg’liq o’qish mаqsаdlаridаn kеlib chiqqаn hоldа yondоshilishni nаzаrdа tutаdi.
Tizimli yondоshuv. Tа’lim tехnоlоgiyasi tizimning bаrchа bеlgilаrini o’zidа mujаssаm etmоg’i lоzim: jаrаyonning mаntiqiyligi, uning bаrchа bo’g’inlаrini o’zаrо bоg’lаngаnligi, yaхlitligi.
Fаоliyatgа yo’nаltirilgаn yondоshuv. Shахsning jаrаyonli sifаtlаrini shаkllаntirishgа, tа’lim оluvchining fаоliyatni аktivlаshtirish vа intеnsivlаshtirish, o’quv jаrаyonidа uning bаrchа qоbiliyati vа imkоniyatlаri, tаshаbbuskоrligini оchishgа yo’nаltirilgаn tа’limni ifоdаlаydi.
Diаlоgik yondоshuv. Bu yondоshuv o’quv munоsаbаtlаrini yarаtish zаruriyatini bildirаdi. Uning nаtijаsidа shахsning o’z-o’zini fаоllаshtirishi vа o’z-o’zini ko’rsаtа оlishi kаbi ijоdiy fаоliyati kuchаyadi.
Hаmkоrlikdаgi tа’limni tаshkil etish. Dеmоkrаtik, tеnglik, tа’lim bеruvchi vа tа’lim оluvchi fаоliyat mаzmunini shаkllаntirishdа vа erishilgаn nаtijаlаrni bаhоlаshdа birgаlikdа ishlаshni jоriy etishgа e’tibоrni qаrаtish zаrurligini bildirаdi.
Muаmmоli tа’lim. Tа’lim mаzmunini muаmmоli tаrzdа tаqdim qilish оrqаli tа’lim оluvchi fаоliyatini аktivlаshtirish usullаridаn biri. Bundа ilmiy bilimni оb’еktiv qаrаmа-qаrshiligi vа uni hаl etish usullаrini, diаlеktik mushоhаdаni shаkllаntirish vа rivоjlаntirishni, аmаliy fаоliyatgа ulаrni ijоdiy tаrzdа qo’llаshni mustаqil ijоdiy fаоliyati tа’minlаnаdi.
Ахbоrоtni tаqdim qilishning zаmоnаviy vоsitаlаri vа usullаrini qo’llаsh - yangi kоmpyutеr vа ахbоrоt tехnоlоgiyalаrini o’quv jаrаyonigа qo’llаsh.
O’qitishning usullаri vа tехnikаsi. Mа’ruzа (kirish, mаvzugа оid, vizuаllаsh), muаmmоli tа’lim, kеys-stаdi, pinbоrd, pаrаdоks vа lоyihаlаsh usullаri, аmаliy ishlаr.
O’qitishni tаshkil etish shаkllаri: diаlоg, pоlilоg, mulоqоt hаmkоrlik vа o’zаrо o’rgаnishgа аsоslаngаn frоntаl, kоllеktiv vа guruh.
O’qitish vоsitаlаri: o’qitishning аn’аnаviy shаkllаri (dаrslik, mа’ruzа mаtni) bilаn bir qаtоrdа – kоmpyutеr vа ахbоrоt tехnоlоgiyalаri.
Kоmmunikаtsiya usullаri: tinglоvchilаr bilаn оpеrаtiv tеskаri аlоqаgа аsоslаngаn bеvоsitа o’zаrо munоsаbаtlаr.
Tеskаri аlоqа usullаri vа vоsitаlаri: kuzаtish, blits-so’rоv, оrаliq vа jоriy vа yakunlоvchi nаzоrаt nаtijаlаrini tаhlili аsоsidа o’qitish diаgnоstikаsi.
Bоshqаrish usullаri vа vоsitаlаri: o’quv mаshg’ulоti bоsqichlаrini bеlgilаb bеruvchi tехnоlоgik kаrtа ko’rinishidаgi o’quv mаshg’ulоtlаrini rеjаlаshtirish, qo’yilgаn mаqsаdgа erishishdа o’qituvchi vа tinglоvchining birgаlikdаgi hаrаkаti, nаfаqаt аuditоriya mаshg’ulоtlаri, bаlki аuditоriyadаn tаshqаri mustаqil ishlаrning nаzоrаti.
Mоnitоring vа bаhоlаsh: o’quv mаshg’ulоtidа hаm butun kurs dаvоmidа hаm o’qitishning nаtijаlаrini rеjаli tаrzdа kuzаtib bоrish. Kurs охiridа tеst tоpshiriqlаri yoki yozmа ish vаriаntlаri yordаmidа tinglоvchilаrning bilimlаri bаhоlаnаdi.
“Fizika” fаnini o’qitish jаrаyonidа kоmpyutеr tехnоlоgiyasidаn, virtuаl lаbоrаtоriyalаrdаn fоydаlаnilаdi. Аyrim mаvzulаr bo’yichа tаlаbаlаr bilimini bаhоlаsh tеst аsоsidа vа kоmpyutеr yordаmidа bаjаrilаdi. “Intеrnеt” tаrmоg’idаgi оnlаyn vа оfflаyn tizimdа vеb rеsurlаrdаn fоydаlаnilаdi, tаrqаtmа mаtеriаllаr tаyyorlаnаdi, tеst tizimi hаmdа tаyanch so’z vа ibоrаlаr аsоsidа оrаliq vа yakuniy nаzоrаtlаr o’tkаzilаdi.
“Umumiy fizika ” fanidan mashg’ulotlarning
mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi:
5140500-Kimyo, kechki yo’nalish uchun
№
|
Mavzular nomi
|
Jami soat
|
Ma’ruza
|
Amaliy mash- g’ulot
|
Labora-toriya
|
Mustaqil ta’lim
|
1
|
I-Semestr
|
68
|
18
|
|
16
|
34
|
2
|
II-Semestr
|
68
|
16
|
|
18
|
34
|
Jami
|
136
|
34
|
|
34
|
68
|
“Fizika” fanidan mashg’ulotlarning mavzulari va soatlar boyicha taqsimlanishi.
№
|
Mavzular nomi
|
Qisqacha mazmuni
|
Soati
|
|
1-semestr
|
1
|
Moddiy nuqta kinematikasi. Ilgarilanma va aylanma harakatda tezlik va tezlanish. Mexanikada kuchlar. N’yuton qonunlari. Impul’s. Impul’sning saqlanish qonuni.
Kuchlarning ishi. Kuchlarning potentsial maydoni. Kinetik va potentsial energiya. Mexanikadagi energiyaning saqlanish qonuni.
|
Moddiy nuqta kinematikasi. N’yuton qonunlari. Kinetik va potentsial energiya. Mexanikadagi energiyaning saqlanish qonuni.
|
2
|
2
|
Sharlarning elastik va noelastik to’qnashishlari. Mutloq qattiq jismning ilgarilanma va aylanma harakati. Massalar markazi. Qattiq jismning inertsiya momenti. Impul’s momenti, kuch momenti. qattiq jism aylanma harakati dinamikasining asosiy tenglamasi.
|
Qattiq jismning inertsiya momenti. Impul’s momenti, kuch momenti. qattiq jism aylanma harakati dinamikasining asosiy tenglamasi
|
2
|
3
|
Qattiq jismlarning elastik xossalari. Suyuqlik harakatiga mexanika qonunlarini qo’llash. Ideal suyuqlikning oqishi. Bernuli tenglamasi, qovushoq suyuqlikning oqishi.
|
Suyuqlik harakatiga mexanika qonunlarini qo’llash. Bernuli tenglamasi va uning fizik ma’nosi.
|
2
|
4
|
Tebranishlar. Garmonik ostsillyator. Erkin tebranishlar tenglamasi. Matematik va fizik mayatnika. So’nuvchi va majburiy tebranishlar. Rezonans.
To’lqinlar. Yugurma to’lqin tenglamasi. To’lqin tenglamasi.
|
Tebranishlar va ularning turlari. Yugurma to’lqin tenglamasi. To’lqin tenglamasi. Rezonanslik.
|
2
|
5
|
Gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasi. Ideal gaz modeli. Gazlar kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi. Energiyaning erkinligidarajalari bo’yicha taqsimlanishi. Ko’chish hodisalari: gazlarda diffuziya, qovushoqlik va issiqlik o’tkazuvchanlik. Past bosimdagi gazlarning xossalari. O’ta siyraklashgan gazlar.
|
Gaz aralashmalaring molyar massasnni va holat parametrlarini hisoblash. O’ta siyraklashgan gazlar. Past bosimdagi gazlarning xossalari.
|
2
|
6
|
Molekulalararo o’zaro ta’sir kuchlari to’g’risida tushuncha. Real gazning holat tenglamasi. Kritik holat. Joul’-Tomson hodisasi. Gazlarni suyultirish. Termodinamik muvozanat.
|
Kritik holat. Joul’-Tomson hodisasi. Gazlarni suyultirish. Termodinamik muvozanat.
|
2
|
7
|
Ichki energiya. Termodinamika qonunlari. Adiabatik jarayon. Puasson tenglamasi. Qaytar va qaytmas jarayonlar. Karno tsikli. Entropiya haqida tushuncha.
|
Termodinamika qonunlari.
Qaytar va qaytmas jarayonlar. Karno tsikli. Entropiya haqida tushuncha.
|
2
|
8
|
Qattiq jism. Ideal kristall panjaradagi atomlarning joylashishida uzoq tartib. Kristallardagi atomlararo bog’lanishning turlari. Kristallardagi atomlarning issiqlik tebranishlari.
Suyuqliklarda molekulalarning harakati. Yaqin tartib. Sirt tarangligi va kapillyarlik hodisalari.
|
Kristallardagi atomlararo bog’lanishning turlari. Kristallardagi atomlarning issiqlik tebranishlari. Sirt tarangligi va kapillyarlik hodisalari.
|
2
|
9
|
Elektr zaryadi. Zaryadning saqlanish qonuni. Kulon qonuni. Zaryadlarning bo’shliqdagi elektr maydoni. Elektr maydon kuchlanganligi. Maydonlar superpozitsiyasi.
Kuchlanganlik vektorining oqimi. Gauss teoremasi. Elektrostatik maydon kuchlarining ishi. Potentsial. Elektr sig’imi. Kondensatorlar.
|
Elektr zaryadi. Zaryadning saqlanish qonuni. Kulon qonuni. Potentsial. Elektr sig’imi. Kondensatorlar va ularning turlari.
|
2
|
|
Jami
|
18
|
|
2-semestr
|
10
|
Dielektriklarda elektr maydoni. Dielektrik singdiruvchanlik. Qutblanish vektori..Dielektriklar uchun Gauss teoremasi. Elektr siljish evektori. P’ezoelektriklar va segnetoelektriklar to’g’risida tushuncha. O’zgarmas elektr toki qonunlari. Tarmoqlangan zanjirlar, Kirxgof qoidalari.
|
Dielektriklarda elektr maydoni. Dielektrik singdiruvchanlik. P’ezoelektriklar va segnetoelektriklar to’g’risida tushuncha.
|
2
|
11
|
Toklarning bo’shliqdagi magnit maydoni. Tok elementlarining o’zaro ta’siri, Amper qonuni. Elektromagnit induktsiya hodisasi, Faradey qonuni. Lents qoidasi, o’zinduktsiya. Magnit maydon energiyasi. O’zgaruvchan tok. O’zgaruvchan tok zanjiridagi sig’im va induktivlik.
|
Tok elementlarining o’zaro ta’siri, Amper qonuni. O’zgaruvchan tok. O’zgaruvchan tok zanjiridagi sig’im va induktivlik.
|
2
|
12
|
Gazlarda elektr toki. Plazma va uning asosiy tavsifnomalari. Zaryadlangan zarralarning elektr va magnit maydonlaridagi harakati, Xoll effekti. Elektron mikroskopning tuzilishi. Zaryadlangan zarralar tezlatkichi.
Metallarning klassik elektron nazariyasi va uning qo’llanish chegaralari. Qattiq jismdagi energiyaviy sathlar.
|
Metallarning klassik elektron nazariyasi va uning qo’llanish chegaralari. Qattiq jismdagi energiyaviy sathlar. Gazlarda elektr toki. Plazma va uning asosiy tavsifnomalari. Zaryadlangan zarralarning elektr va magnit maydonlaridagi harakati, Xoll effekti.
|
2
|
13
|
Metallar, yarimo’tkazgichlar va dielektriklarda elektr o’tkazuvchanlikning haroratga bog’liqligi. O’ta o’tkazuvchanlik to’g’risida tushuncha. Elektronning chiqish ishi. Termoelektron emissiya. Elektron lampalar.
|
Termoelektron emissiya. Elektron lampalar. Metallar, yarimo’tkazgichlar va dielektriklarda elektr o’tkazuvchanlikning haroratga bog’liqligi.
|
2
|
14
|
Yorug’likni tavsiflovchi kattaliklar va ularning birliklari. Yorug’lik interferentsiyasi. Kogerent to’lqinlar. Yorug’likning yupqa plastinkalardan qaytishdagi interferentsiyasi.
|
Yorug’likni tavsiflovchi kattaliklar va ularning birliklari.Kogorent to’lqinlar. Yorug’likning yupqa plastinkalardan qaytishdagi interferentsiyasi.
|
2
|
15
|
Yorug’likning sochilishi, Reley formulasi. Fraungofer difraktsiyasi. Difraktsiya panjarasi. Rentgen nurlarining difraktsiyasi.
|
Difraktsiya panjarasi. Rentgen nurlarining difraktsiyasi.
|
2
|
16
|
Yorug’likning qutblanishi. yorug’likning yutilishi va dispersiya. Buger qonuni. ssiqlik nurlanishining kvant xarakteri. Plank formulasi. Tashqi fotoeffekt. oddaning to’lqin xususiyatlari, De-Broyl’ gipotezasi..
|
Yorug’likning yutilishi va dispersiya. Plank formulasi. Tashqi fotoeffekt. oddaning to’lqin xususiyatlari, De-Broyl’ gipotezasi..
|
2
|
17
|
Atom uchun Bor nazariyasi. Bor postulatlari. Frank va Gerts tajribasi. Atom spektri. Ridberg doimiysi va uning fizikaviy ma’nosi. Spin to’g’risida tushuncha. Bor nazariyasining kamchiliklari. Elementar zarralar. Zarralarning asosiy tavsifnomalari, ularni hosil qilish va qayd etish usullari.
|
Frank va Gerts tajribasi. Atom spektri. Elementar zarralar. Zarralarning asosiy tavsifnomalari, ularni hosil qilish va qayd etish usullari.
|
2
|
|
Jami
|
16
|
|
Umumiy jami soat
|
34
|
Laboratoriya mashg’ulotlarini bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar.
Ushbu mashg’ulot turi o’quv dasturidagi bo’limlarga tegishli laboratoriya ishlarini bajarish, fizik qurilmalar bilan bevosita tanishish, yuqori aniqlikda natijalar olish, tajriba natijalarini hisoblash, grafiklar chizish va tegishli xulosalar chiqarish orqali amalga oshirilib, har bir laboratoriya ishi joriy nazorat orqali tegishli ballar bilan baholab boriladi.
Fizika fanining tegishli bo’limlari bo’yicha quyidagi laboratoriya ishlari tavsiya etiladi:
№
|
Laborotoriya ishi mazmurti
|
Soat
|
1-semestr
|
1.
|
Qattiq jismlarning chiziqli kengayish koeffitsiyentini temperaturaga bog’liqligini o’lchash.
|
4
|
2.
|
Quyosh kollektorining effektivligini issiqlik izolyatsiyasining funksiyasi sifatida aniqlash.
|
6
|
3.
|
Suv aralashmasi temperatuurasini aniqlash.
|
6
|
|
Jami
|
16
|
2-semestr
|
4.
|
Yorug’lik diodlarining volt-amper tavsifnomasi.
|
4
|
5.
|
Misning elektrokimyoviy ekvivalentini aniqlash.
|
4
|
6.
|
Linza tasvirida sferik buzilishlar.
|
6
|
7
|
Linzalarning fokus masofasini aniqlash.
|
4
|
|
Jami
|
18
|
|
Umumiy jami soat
|
34
|
Amaliy mashg’ulot bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Ushbu mashg’ulotlar turi o’quv yili davomida talabalarni mustaqil ishlashiga tegishli bo’lib, o’quv dasturidagi bo’limlar bo’yicha masalalar yechish ulardan tegishli xulosalar chiqarish orqali amalga oshiriladi.
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra professor o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Tavsiya etilayotgan mustaqil ish mavzulari bevosita talabalar tomonidan bajarilib, uning nazorati referat yozish, tanlangan mavzu bo’yicha ma’ruza qilish, barcha talabalar ishtirokida o’zaro savol- javoblar, hamda mustaqil ish mavzularini talabaning nazariy bilimlarini nazorat qilishning asosiy turlaridan hisoblangan oraliq baholash savollariga kiritish orqali ham amalga oshirilib, talabalar bilimi muntazam ravishda joriy baholash orqali amalga oshiriladi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
Darslik, o’quv qo’llanmalar va o’quv uslubiy majmua bo’yicha fan boblari va mavzularni o’rganish;
Mahsus adabiyotlar bo’yicha fan bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
Fan mavzulari bo’yicha referat yozish;
Fan mavzulari bo’yicha ma’ruza qilish;
Tanlangan mavzu bo’yicha o’zaro savol-javoblar o’tkazish;
№
|
Mustаqil ishlarning mаvzulаri
|
Bеrilgаn tоpshiriqlаr
|
Bаjаr. muddаt.
|
Hаjmi (sоаtdа)
|
1
|
Erkin tushish, yuqoriga tik otilgan jism harakati, yuqoriga ko’tarilish va tushish vaqtlari o’rtasida qanday munosabat mavjud?
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
1 -hаftа
|
4
|
2
|
N’yuton qonunlarini ta’riflang va formulalarini yozing. Yugurayotgan odam qoqilib ketsa, o’z harakati yo’nalishida yiqilishini, toyib ketganda esa harakat yo’nalishiga qarama- qarshi yo’nalishda yiqilishini qanday tushuntirish mumkin?
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
2 -hаftа
|
4
|
3
|
Inertsial va noinertsial sanoq tizimlari. Gallileyning nisbiylik pirintsipi. Tabiatdagi kuchlar tafsifi (klassifikatsiyasi) Elastiklik, ishqalanish va tortishish kuchlari.
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish.
|
3 -hаftа
|
4
|
4
|
Og’irlik kuchi va og’irlik. Vaznsizlik holati. Yer atrofidagi orbita bo’ylab harakatlanayotgan kosmik kema ichida o’t oldiradigan gugurt cho’pi yonadimi? Nima uchun?
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
4 -hаftа
|
4
|
5
|
Ish, quvvat, energiya. Energiyaning aylanish va saqlanish qonuni.
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
5 -hаftа
|
4
|
6
|
Molekulyar – kinetik nazariyaning asosiy qoidalari.Molekulaning massasi va o’lchamligi.
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
6 -hаftа
|
4
|
7
|
Qanday qonunlarga bo’ysinuvchi gaz ideal gaz deb ataladi.
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
7 -hаftа
|
4
|
8
|
Temperaturalar termodinamik shkalasi mutloq nolining fizik ma’nosini tushuntiring.
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish.
|
8-hаftа
|
4
|
9
|
Elektr zaryadini yaratish yoki yo’qotish mumkinmi? Nima uchun?
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish.
|
9 -hаftа
|
4
|
10
|
Maydon kuchlanganligi bilan potentsial o’rtasidagi bog’lanish formulasini keltirib chiqaring.
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
10,11 -hаftа
|
4
|
11
|
Yassi kondensator sig’imi formulasini keltirib chiqaring
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
12,13 -hаftа
|
4
|
12
|
Nima uchun elektr maydonga joylashtirilgan o’tkazgich ichida kuchlanganlik (E) nolga teng?
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
14 -hаftа
|
4
|
13
|
Elektr maydonida joylashgan segnetoelektrik uchun yasalgan gisterizis sirtmog’i qanday fizik kattaliklar o’rtasidagi bog’lanishni aks ettiradi.
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish.
|
15,16 -hаftа
|
4
|
14
|
Metallarda, o’tkazuvchi eritmalarda va gazlarda elektr toki deganda nimani ta’savvur etasiz?
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
17,18 -hаftа
|
4
|
15
|
Nima sababdan o’tkazgichdan tok o’tkanda qiziydiku, xona devori ichidagi tok o’tkazuvchi simlar esa qizib ketmaydi? Tok o’tayotgan o’tkazgichlar o’zaro ta’sirlashadilar.Nima uchun?
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
19,20 -hаftа
|
4
|
16
|
Dia-, para-, ferromagnitiklar deb qanday moddalarga aytiladi? Ular qanday magnitlanadilar?
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
21 -hаftа
|
4
|
17
|
Uzoq masofalarga elektr energiyasini uzatishda nima uchun transformatorlardan foydalaniladi?
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
22 -hаftа
|
4
|
18
|
Elektronning solishtirma zaryadi Tomson tomonidan aniqlangan.Bu usulning mohiyatini tushuntiring.
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
23 -hаftа
|
4
|
19
|
Sanoatda ishlatiladigan o’zgaruvchan tok chastotasi 50 Gts. CHastotaning bu qiymati qanday mulohazalarga asoslanib tanlangan.
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
24 -hаftа
|
|
20
|
Yorug’lik to’lqini. Yorug’lik interferetsiyasining maksimum va minimum shartlari .
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
25 -hаftа
|
4
|
21
|
Nima uchun odatdagi yorug’lik manbalari kogerent to’lqinlari nurlantirmaydilar. Yorug’lik dispertsiyasi.Fizikaviy va gruppaviy tezlik .
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
26 -hаftа
|
6
|
22
|
Issiqlik nurlanishi .Kirxgof qonuni. Stefen-Bol’tsman qonuni .Vin qonuni.
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
27 -hаftа
|
4
|
23
|
Bor postulotlarining fizik ma’nosi nimadan iborat?Frank va Gerts tajribasi.
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
28 -hаftа
|
4
|
24
|
Vodorod atomi uchun Borning elementar nazariyasi.
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
30 -hаftа
|
4
|
25
|
Majburiy nurlanish. Lazerlar.
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
31 -hаftа
|
6
|
26
|
Yadro kuchlarining tabiati.
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
32 -hаftа
|
4
|
27
|
Radioaktivlik. Yadro reaktsiyasi.
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
33-hаftа
|
6
|
28
|
Qutblangan .yorug’lik. Malyus qonuni
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
34-hаftа
|
4
|
29
|
Muz parchasi yordamida qog’ozni yoqib yuborish mumkinmi?
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
35-hаftа
|
4
|
30
|
Havo bilan suv butunlay boshqacha kimyoviy tuzilishga ega, lekin ochiq osmonning rangi dengiz rangiga o’xshaydi.Nega bunday?
|
Аdаbiyotlаrdаn kоnspеkt qilish. Individuаl tоpshiriqlаrni bаjаrish
|
36-hаftа
|
6
|
|
Jami
|
|
|
128
|
Izоh: Hаr bir tаlаbа kаfеdrа o’qituvchisining tаvsiyasigа binоаn 1 tа mаvzu bo’yicha mustаqil rаvishdа risоlа tаyyorlаydi vа guruх yoki klаstеri tаlаbаlаri huzuridа uni o’qib, tushuntirib bеrаdi vа bu mustаqil ishni bаhоlаsh bаllаri hisоbidаn tеgishlichа bаhоlаnаdi.
Dаsturning infоrmаtsiоn-uslubiy tа’minоti
Mаzкur fаnni o’qitish jаrаyonidа tа’limning zаmоnаviy mеtоdlаri, pеdаgоgiк vа ахbоrоt-коmmuniкаtsiya tехnоlоgiyalаri qo’llаnilishi nаzаrdа tutilgаn.
-“Umumiy fizika” fani bo’limlаrigа tеgishli mа’ruzа dаrslаridа zаmоnаviy коmpyutеr tехnоlоgiyalаri yordаmidа prеzеntаtsiоn vа elекtrоn didакtiк tехnоlоgiyalаridаn;
-“ Umumiy fizika” fani bo’limlаrigа tеgishli mа’ruzа dаrslаridа tаnqidiy tаfаккur, fiкrlаy оlаsаnmi? pеdаgоgiк tехnоlоgiyalаridаn;
-“ Umumiy fizika” bo’limlаridа o’tкаzilаdigаn аmаliy mаshg’ulоtlаrdа аqliy hujum, guruхli fiкrlаsh pеdаgоgiк tехnоlоgiyalаridаn.
- Elекtrоn dаrsliкlаr vа intеrnеt mаtеriаllаri:
Fiziка “Fiziкоn”
http://eqworld.ipmnet.ru/ru/library/physics/quantum.html
Umumiy fizika fanidan oraliq va yakuniy nazorat ishlari uchun savolnoma:
Mexanika bo’limi
1. Moddiy nuqta kinematikasi.
2. Ilgarilanma va aylanma harakatda tezlik va tezlanish.
3. Moddiy nuqta dinamikasi.
4. Mexanikada kuchlar.
5. Nyuton qonunlari.
6. Impuls. Impulsning saqlanish qonuni.
7. Kuchlarning ishi. Kuchlarning potensial maydoni.
8. Kinetik va potensial energiya.
9. Mutloq qattiq jism. Massalar markazi.
10. Qattiq jismning inersiya momenti, Impuls momenti, kuch momenti.
11. Giroskoplar.
12. Tebranishlar.
13. Garmonik ossillyator.
14. Erkin tebranishlar tenglamasi.
15. Matematik va fizik mayatnik.
16. Garmonik ossillyator energiyasi.
17. So’nuvchi va majburiy tebranishlar.
18. Rezonans.
19.To’lqinlar.
Molekulyar fizika
Gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasi.
Ideal gaz modeli.Ideal gazning holat tenglamasi.
Gaz qonunlari. Molekulaning erkinlik darajalari.
Molekulalararo o’zaro ta’sir kuchlari to’g’risida tushuncha.
Real gaz.Ideal gazning ichki energiyasi.
Gazlarning issiqlik sig’imlari.
Termodinamika qonunlari.
Adiabatik jarayon.
Entropiya.
Qattiq jism.
Elektr va magnetizm
Elektr zaryadi. Kulon qonuni.
Elektr maydon kuchlanganligi.
Maydonlarning superpozitsiya prinsipi.
Potensial.
Elektr sig’imi. Kondensatorlar.
Elektr maydon energiyasi.
Dielektriklarda elektr maydon. Dielektrik sindiruvchanlik va dielektriklarning qutblanishi.
Pezoelektriklar va segnetoelektriklar to’g’risida tushuncha.
O’zgarmas elektr toki qonunlari.
O’zgarmas tokning ishi va quvvati.
Joul-Lens qonuni.
Tarmoqlangan zanjirlar, Kirxgof qoidalari.
Turli muhitlarda elektr toki.
Metallarda tok tashuvchilarning tabiati.
Elektrolitlarda elektr toki. Elektroliz. Faradey qonunlari.
Elektrolitik o’tkazuvchanlik.
Gazlarda elektr toki.Gaz razryadining turlari.
Metallar, yarim o’tkazgichlar va elektrolitlarda elektr o’tkazuvchanlikning haroratga bog’liqligi.
O’ta o’tkazuvchanlik to’g’risida tushuncha.
Elektron mikraskopning tuzilishi.
Toklarning bo’shliqdagi magnit maydoni.
Tok elementlarining o’zaro ta’siri, Amper qonuni.
Magnit maydonining induktsiyasi va kuchlanganligi, Bio-Savar qonuni.
Lorents kuchi. Elektr va magnit maydonlarining o’zaro aylanishi.
Elektr konturidagi tebranishlar.
O’zgaruvchan tok. O’zgaruvchan tok zanjiridagi sig’im va induktivlik.
Magnit dipol’ momenti. Muhitning magnit singdiruvchanligi.
Dia-, para-, ferromagnetizm. Magnit maydon oqimi.
Elektromagnit induktsiya hodisasi, Faradey qonuni.
Lents qoidasi, o’zinduktsiya.
Optika
Elektromagnit to’lqinlar shkalasi.
Yorug’likni tavsiflovchi kattaliklar.
Yorug’lik interferentsiyasi.
Kogerent to’lqinlar.
Yorug’lik difraktsiyasi.
Difraktsion panjara.
Rengen nurlari.
Yorug’likning qutblanishi.
Yorug’likning yutilishi va dispersiya.
Atom va yadro fizikasining elementlari.
Atom va molekulalarning kvant mexanikasi.
Moddalarning issiqlik nurlanishi.
Fotoeffekt va uning qonunlari.
Yorug’likning issiqlik va kimyoviy ta’siri.
Atom fizikasi. Rezerford tajribalari.
Bor nazariyasi.
Lazerlar.
Moddaning to’lqin xususiyatlari.
De-Broyl’ gipotezasi.
Pauli printsipi.
Kvant nazariyasi.
Elementar zarralar.
Atom yadrosi.
Tabiiy va sun’iy radioaktivlik.
Yadro reaktsiyalari.
Zanjir reaktsiyalar.
Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar hamda axborot manbalari
Asosiy adabiyotlar
1. Douglas C.Giancol.Phyusics principles with applications.2014
2. Jearl Walker, David Hallidey., R.Resnick.Fundamentals of physics ISBN 978-8808-08797, 2014.
3. И.В.Савельев, Умумий физика курси.Т.1, Т.2, Т.3 Москва.;Аптрель.2011
4. Д.В.Сивухин Умумий физика курси. Москва.: физ.мaт.лит.2005
5. К.П.Абдурахмонов, Ў.Эгамов “ Физика курси ” дарслик, Тошкент, 2010 й
6. В.С.Волкенштейн.Умумий физика курсидан масалалар тўплами.2008 Санк-Петербург. “ Книжний мир”
1. SH.M.Mirziyoyev “ Erkin va farog’on, demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz ” Toshkent- O’zbekiston-2016. 56 bet
2. SH.M.Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib –intizom va shaxsiy javobgarlik har - bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” Toshkent: “O’zbekiston”.2017.-104 b
3. SH.M.Mirziyoyev “ Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz ” Toshkent: “O’zbekiston”. 2017. 488 bet
4. SH.M.Mirziyoyev “ Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi ” Toshkent- “O’zbekiston”. 2017. 48 bet
5. I.Bo’riboyev, R.Karimov. Elektr va magnitizmdan fizpraktikum. Universitet.T.2002y
6. M.N.Valixonov.Tabiatshunoslik asoslari.T.2004 y
7. I.Rahimov, A.O’tamurodov. Fanlarning falsafiy masalalari. Toshkent.2005 yil
8. I.I.Hamdamov, S.A.Abidov. Tabiiy fanlar konsepsiyasi. 2007y
9. U.Abdurahmonov, M.M.Rusak, B.J.Yusupov. Mexanika. Molekulyar fizika va termodinamika asoslari.T.Universitet. 1993
10. U.Abdurahmonov, M.M.Rusak, B.J.Yusupov. Qo’zg’almas zaryadlar elektr maydonidagi o’tkazgichlar va dielektriklar. Universitet. 1994
11. U.Abdurahmonov, M.M.Rusak, B.J.Yusupov. O’zgarmas elektr toki va uning maydoni. Moddalarning magnit xossalari . Universitet. 1996
12. M.A.Mag’rupov, M.M.Rusak, B.J.Yusupov Mexanika. Molekulyar fizika va termodinamika asoslari. T.Universitet. 1996
13. U.Abdurahmonov, M.M.Rusak, B.J.Yusupov Elektromagnit induksiya, elektr va magnit maydonlardagi zaryadlangan zarralarning harakati, elektromagnit tebranishlar. T.Universitet. 2002.
14. B.D.Yusupov, Fizika fanini o’qitish jarayonida zamonaviy ta’lim metodalarini qo’llash. Metodik ko’rsatma.T.Universitet. 2002.
15. U.Abdurahmonov, M.A.Zakhidova, A.A. Mo’minov , B.D.Yusupov “ Elektr” (Uslubiy qo’llanma).T.Universitet. 2010.
16. A.V.Umarov, U.Abdurahmanov. Mexanika. Uslubiy qo’llanma.T.2011, 45 b
Internet saytlari.
1. Animatsion rolik (http:www.upscale.utorouto.ca. va html, http:tical ua.es).
2. Fizika “Physicon”.
3. “ Physics online”.
4. Fizikadan o’quv kinofilmlari(E.G.Xasanov va boshqalar)
5. Ko’rgazmali rangli rasmlar(http:www.hord Wareandlysis com.)
6. www physicon. ru-“Молекуляр физика на компьютере”
7. www.cultinfo/fulltext/1/008/077/561/htm
8. www.en/edu.ru.Портал
Fizika fаnidаn tаlаbаlаr bilimini
baholash turlari va shakllari
Baholash turlari, shakllari, mezonlari va namunaviy savollar kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasi (fakultet)ning o’quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o’quv dasturida mashg’ulot turlari bilan birgalikda ko’rsatiladi.
Baholash turlari, shakllari, soni hamda mezonlari haqidagi ma’lumotlar talabalarga professor-o’qituvchilar tomonidai fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda e’lon qilinadi.
Talabalarning fan bo’yicha o’zlashtirishini aniqlash uchun quyidagi baholash turlari o’tkaziladi:
oraliq baholash (OB) - semestr davomida talabaning fan o’quv dasturini tegishli tugallangan bo’lim(lar)ini o’zlashtirishini baholash usuli. OB soni (bir semestrda 2 tadan oshmasligi lozim) va shakli (suxbat, yozma ish, og’zaki so’rov, test o’tkazish, kollokvium, hisob-grafika ishi, nazorat ishi, kurs ishi, kurs loyihasi, ijodiy topshiriq va hokazo) fan xususiyati va unga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
yakuniy baholash (YaB) - semestr yakunida talabaning muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishini baholash usuli. U asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan yozma ish (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun yozma ish yoki OTKS (ob’ektiv tizimlashtirilgan klinik sinov), og’zaki so’rov, test, ijodiy ish va boshqa shakllarda o’tkaziladi.
Baholashlar yozma ish shaklida o’tkazilganda, talabaning yozma ishlarini tekshirish identifikatsiya raqamlari berish orqali amalga oshiriladi.
Yozma ish talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi.
Mualliflikni o’zlashtirish (plagiat)ga yo’l qo’yilmaydi. Yozma ish matnidagi o’zganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini ko’rsatgan holda havolalar keltirilishi shart. Yozma ishni tekshirishda plagiat holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubxa uyg’otadigan darajada o’xshash bo’lishi ushbu barcha yozma ishlarga nol ball qo’yish yoki oldin qo’yilgan ballarni bekor qilishga asos bo’ladi.
Baholashlar bo’yicha o’tkazilgan yozma ishlar 6 oy saqlanadi va muddat o’tganidan so’ng o’rnatilgan tartibda yo’q qilinadi.
O’quv rejasidagi fanlar buyicha belgilangan baholash turlarini barcha talabalar topshirishlari shart. Yakuniy baholashlar jadvali fakultet dekani tomonidan tayyorlanib, baholash boshlanishidan bir oy oldin oliy ta’lim muassasasi rektori (prorektori) tomonidan tasdikdanadi.
Oraliq baholash jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib borilishi mumkin va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinib, oralik nazorat qayta o’tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi yoki o’quv-uslubiy boshqarma (bo’lim) boshlig’i rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.
Baholash tartibi va mezonlari
Talabalarning fanlarni o’zlashtirishi 5 ballik tizimda baholanadi.
Malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistraturada ilmiy-tadqiqot va ilmiy- pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha talabalar o’zlashtirishi ham 5 ballik tizimda baholanadi.
Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholashda mezonlari:
5 (a’lo) baho: xulosa va qaror qabul qilish, ijodiy fikrlay olish;mustaqil mushohada yurita olish, olgan bilimlarini amalda qo’llay olish, mohiyatini tushunish,
bilish, aytib berish, tasavvurga ega bo’lish.
4 (yaxshi) baho: mustaqil mushohada yurita olish, olgan bilimlarini amalda qo’llay olish, mohiyatini tushunish, bilish, aytib berish, tasavvurga ega bo’lish.
3 (qoniqarli) baho: mohiyatini tushunish, bilish, aytib berish, tasavvurga ega bo’lish.
2 (qoniqarsiz) baho: dasturni o’zlashtirmaganlik, fanning mohiyatini bilmaslik, aniq tasavvurga ega bo’lmaslik, mustakil fikrlay olmaslik.
Namunaviy mezonlar asosida kafedra tomonidan muayyan fandan baholash
mezonlari ishlab chiqiladi va talabalarga e’lon qilinadi.
Baholash turlari bo’yicha tuzilgan savollar (topshiriqlar) mazmuni (oddiydan
murakkabgacha) baholash mezonlariga muvofik talabaning o’zlashtirishini xolis (ob’ektiv) va anik baholash imkoniyatini berishi kerak. Buning uchun mas’uliyat fan o’qituvchisi hamda kafedra mudiriga yuklatiladi.
Savollar (topshiriqlar) tarkibiga fan dasturidan kelib chiqqan holda nazariy materiallar bilan birga mustakil ish, laboratoriya va hisob - grafika ishlari, amaliy va seminar mashg’ulotlari materiallari ham kiritiladi.
|