Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish




Download 15,08 Mb.
bet130/135
Sana22.05.2024
Hajmi15,08 Mb.
#250347
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
Bog'liq
Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish

Algoritmlash – pedagogik texnologiya tarkibiy bo’laklari modullarining o’zaro joylashuvini hamda pedagogik texnologiya jarayonlarini amalga oshirish ketma-ketligi tartibi (qoidasi) ni belgilash jarayoni. Axborot - agarda tayyorlangan ma`lumotlardan biror narsa (jarayon, hodisa) to’g’risida aniqlikni oshirish maqsadida foydalanilsa, u holda foydalangan ma`lumotlarga axborot deb ataladi.
Axborotlashtirish axborot jarayonlarini rivojlantirish vosita va sharoitlarining butun majmui bo’lib, tegishli texnik, ba`zani yaratish, tashkiliy – iqtisodiy, madaniy ma`rifiy, islohatlar qilishni o’z ichiga oluvchi jarayon bo’lib, u ta`limni texnologiyalashtirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Axborotlar ta`lim-tarbiya jarayonlarini boshqarishda asosiy manba bo’lib hisoblanadi, chunki ular ob`ektdan olingan axbortolarni tizimlarga (qism tizimlarga) ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo’yicha uzatish algoritmlarini amalda joriy etishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Insoniyatning axborot ishlab chiqarish bo’yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar, axborotlashgan jamiyatning intellektual salohiyati sifatini ham belgilaydi va bunday jarayonlar axborotlashtirish sanoatini muntazam rivojlanishini ta`minlaydi.
Axborotlardan samarali foydalanish asosida faoliyat ko’rsatish quyidagi vazifalarni hal etishning optimal yo’llarini ta`minlab beradi: manba va unda kechadigan jarayon to’g’risidagi ma`lumotlarni qayta ishlash; jarayonlar kechishi haqidagi davriy ma`lumotlarni muntazam olib turish va ular asosida oraliq nazoratlar olib borish; ixtiyoriy joriy so’rovlarga o’sha paytning o’zida javob olish, rasmiylashtirish va boshqarishiga kerakli tuzatishlar kirita olish va shu kabilar.
Axborotlashtirish sohasidagi tub burilishlarning nihoyatda ahamiyatlisi, ya`ni haqiqiy inqilobiy tusdagi axborotlashtirish, bu EHM lar bazasidagi fan va texnika inqilobini o’z ichiga oladi.
Axborot – iste`mol uchun tayyorlangan tevarak-atrof (manbalar) dan olingan ma`lumotlar axborot deb ataladi.
Axborot voqea va hodisalar haqidagi iste`moldagi ma`lumotlarni beradi. Hodisa va voqealar mazmun-mohiyatini ochib beradi.
Pedagogika fani talqinidagi ma`lumotlar berish nomidagi bo’limda va ta`lim-tarbiya jarayonidagi barcha ma`lumotlarni to’plab, ularni o’rganilayotgan manbaga mos tizimlarga ajratib, iste`molga tayyorlab beradi va tayyorlangan axborot orqali pedagogik faoliyat olib boriladi. Axborot termini kishilik jamiyatining barcha jabhalarida qo’llaniladi va ular asosida ta`lim-tarbiya jarayoni olib boriladi hamda pedagogik faoliyat boshqariladi.
XXI asr – axborotlashtirilgan jamiyat sari asrida axborotning roli va o’rni kundan-kunga o’sib boraveradi hamda axborot sanoati vujudga keladi.

Download 15,08 Mb.
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Download 15,08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish

Download 15,08 Mb.