• Axborotli modul
  • Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish




    Download 15,08 Mb.
    bet131/135
    Sana22.05.2024
    Hajmi15,08 Mb.
    #250347
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
    Bog'liq
    Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish

    Axborot izlash – axborot massivida oldindan belgilangan izlash sharti (so’rovi) talabini qondiruvchi yozuvlar borligi aniqlash jarayoni va agar ular mavjud bo’lsa, bunday yozuvlar joylashishini aniqlash jarayoni.
    Axborotlar banki (AB) – kishilik faoliyati sohasining yoki ilmiy bilishning ma`lum yo’nalishi bo’yicha axborotlarni aniq maqsad yo’lida yig’ish, saqlash, tizimlarga ajratish va ommaviy foydalanishga mo’ljallangan texnik, dasturiy, algoritmik tillar va ularni tashkiliy vositalari majmuasi .
    Axborotlar bankining maqsadi ma`lumotlarni qayta ishlab, undan foydalanishga o’rgatishdan iborat bo’lib, uning vazifasi esa ta`lim-tarbiya jarayonini olib borishda va ta`limni boshqarishda axborot ta`minotini amalga oshirish va ularni boshqarishdagi samaradorlikni nazorat qilishdan iboratdir.
    AB ta`limni boshqarishda va ta`lim-tarbiya jarayonini ma`lumotlar bilan ta`minlashda hamda jarayonlarni kechishini nazorat qilishga boshqaruv algoritmini tuzish imkoniyatini beradi.
    AB ta`lim-tarbiya jarayonini boshqarishning axborotli ta`minotini va shular asosidagi kasbiy komp yuterli tizimlar yaratishda foydalaniladi.
    Axborotlashtirilgan jamiyatning har bir bo’g’inida AB ga murojaat qilinadi va shu asosda zamonaviy ta`lim texnologiyalari yaratiladi va ta`lim-tarbiya jarayonlarini optimal boshqarishga imkoniyat yaratiladi.
    Axborotli modul – bu ta`lim maqsadini beligalash va rejalashtirilgan natijalar bilan chegaralangan, fanlararo va fan ichidagi bog’liqlikni hisobga olib tuzilgan va yakuniy nazoratlarning darajali tizimini qamrab oluvchi, o’quv fani mazmunini muntazam va tugallangan qismi.
    Axborot resurslari – bu ma`lumotlar bazalari va banklari, turli xil arxivlar, kutubxonalar, muzeylar fondi va boshqalarni o’z ichiga oladi. Resurs – biror narsa yoki hodisaning zaxirasini belgilaydi. Axborot tizimidagi alohida hujjatlar va hujjatlarning butun bir majmuidir.
    Faoliyat axborot resurslari algoritm, model, loyiha, dastur, bilimlar banki va shu kabilar asosida faoliyat yuritadi. Axborot resurslarini boshqarish deganda: har bir darajada va boshqarish funktsiyasi darajasida axborotga bo’lgan ehtiyojni baholash; hujjatlar turi va shakllarini standartlash axborot va ma`lumotlarni to’plash, ma`lumotlarni boshqarish tizimini yaratish anglaniladi. Ta`lim-tarbiya tizimini boshqarishga ma`lumotlar bazasini yaratishga keng imkoniyatlar yaratadi va o’rganilayotgan jarayonni boshqarishning optimal variantlarini tanlashda axborotli ta`minot yaratiladi.
    Axborot resurslarini quyidagi ko’rinishlarda uchratish mumkin: moddiy, tabiiy, mehnat, moliyaviy, energetik va shu kabi resurslar. O’rganilayotgan ob`ekti uchun ana shu kabilar aniq va puxta tayyorlansa, muammo yechimini topish masalasi ancha yengillashadi va, hattoki o’rganilayotgan ob`ekt bo’yicha axborot resurslari mukammal tayyorlangan bo’lsa va ulardan foydalanishning optimal varianti yaratilgan bo’lsa, u holda tayyorlangan axborot resurslaridan boshqa axborot resurslardan ekvivalent sifatida ham foydalanish mumkin.
    Axborot resurslari kishilar tomonidan boshqariladigan va ular manfaatlari yo’lida harakat qiluvchi, ob`ektni boshqarishda mustahkam ilmiy - texnik asos bo’ladi. Bu tizimlarni va ularni axborotli jihatlarini tadqiq qilishda muhim ahamiyat kasb etadi hamda qo’yilgan muammoning izlanayotgan optimal yechimini kafolatlash imkoniyatini yaratadi.
    Dastur – oldindan tayyorlangan algoritm va hisoblash texnikasi vositalariga asoslangan holda bajariladigan ishning shart-sharoiti, maqsadi va vazifasini e`tiborga olib, uning biror bir formal (shartli) algoritmik tildagi aniq va to’liq ifodalanishi.
    Dasturning maqsadi: muayyan algoritm yordamida amallarni, harakat faoliyatini komp yuter vositasida amalga oshirish bo’lsa, vazifasi esa algoritmni biror algoritmik til vositasi EHM tiliga ko’chirishdan iborat.
    Talabalarga ta`lim-tarbiya berishda o’quv rejasi va dasturlarini og’ishmay amalga oshirishda zamonaviy ta`lim texnologiyalaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi.
    Dastur algoritmlash va dasturlash asosida jarayonlar kechishini tavsiflashini ko’rgazmaliligini ta`minlash sohalarida foydalaniladi.
    Dastur, dasturlash algoritmlarini hayotga keng joriy etishning asosini tashkil etadi. Dastur – ishni samarali rejalashtirishni ham o’rgatadi.
    Dastur – bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi. Dastur – biror masalani yechishda komp yuter bajarishi lozim bo’lgan amallarning izchil tartibi.

    Download 15,08 Mb.
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




    Download 15,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish

    Download 15,08 Mb.