|
Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish
|
bet | 133/135 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 15,08 Mb. | | #250347 |
Bog'liq Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirishDasturlashtirish tizimi jami dasturlashtirish tili va dasturlarni yaratish tizimi. U berilgan tilda dasturlarni avtomatlashtirilgan tarzda yaratish va bajarish hamda tegishli hujjatlar tayyorlashni ta`minlaydi. Odatda, dasturlashtirish tizimi tilning etalon xilini emas, balki uning dialektik — ma`lum osonlashtirish yoki kengaytirishlarga ega rusumini o’z ichiga oladi. Ba`zi dasturlashtirish tizimlari dasturlarni bir necha tilda yaratishni qo’llab-quvvatlashi mumkin. Shaxsiy komp yuterlar uchun eng mashhur dasturlashtirish tizimlari: Microsoft kompaniyasining Basic, Java, CQQ tillarini qo’llab — quvvatlovchi Visual Studiosi; Inprise (Borland International) kompaniyasining Delphi tili va boshqalar.
Dasturli ma`ruza-maslahat (DMM) – bu talabalarni muammo muhokamasiga faol ishtirok etishga majburlaydigan ma`ruza turi bo’lib, unda jamiyat jamoaviy maslaxatdan o’qituvchining o’zi talabalarga savollar tuzishni taklif etadi.
DMM bir muammoga bag’ishlangan tsiklli ma`ruzalardan keyin tashkil etish ham mumkin.
Komp’yuterli dastur (KD) – yunoncha «programma» - e`lon, ko’rsatma.
Komp’yuterli modellashtirish – bu hodisa va jarayonlarning komp yuterlardan foydalanib modellarini yaratish jarayonidir.Hozirgi kunda komp yuterda modellashtirish texnologiyasi mavjud bo’lib, uning maqsadi atrofimizni o’rab turgan tabiat, unda ro’y beradigan hodisa, voqealarni va jmiyatdagi o’zgarishlarni anglash, tushunib yetish jarayonini zamonaviy usullar vositasida tezlashtirishdir. Komp’yuterda modellashtirish texnoldogiyasini o’zlashtirish komp yuter tizimlarini (vosita, qurilma sifatida) yaxshi bilishni va unda modellash texnologiyalarini ishlata olishni talab qiladi
Komp’yuterli ta`lim dasturlari – komp yuterli ta`lim dasturlari, odatda 2 xil, ya`ni axborot ma`lumotli va nazorat ta`limiy tartibda o’qitish imkoniyatiga ega bo’lgan turlarga bo’linadi.
Talabalarni masofadan turib o’qitish mobaynida o’z-o’zini bilimini sinab ham joriy yoki oraliq sinashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maxsus ishlab chiqariladigan uskunaviy vositalardan foydalanish komp yuterli ta`lim dasturlarini yaratish jarayonini anchagina yengillashtiradi. Ular yordamida komp yuter texnologiyalaridan bexabar bo’lgan tarix, adabiyot, huquq va boshqa fan o’qituvchilari ham bemalol ta`lim dasturini yaratish mumkin.
Chop etilgan materiallar audio va video yozuvlar bilan birgalikda o’quv materialiga kirishni kengaytirish va soddalashtirish, o’quv materialini qulay va ko’rgazmali tarkiblash uchun, shuningdek, uning ustida oson harakatlanishi (navigatsiya) uchun foydalaniladi.
|
| |