Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari




Download 7.66 Mb.
bet5/14
Sana31.07.2021
Hajmi7.66 Mb.
#16274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1.3.Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari.
Hammaga ma’lumki energetika muammosi jahonda global muammo hisoblanadi. Ushbu global muammo sifatida energiya manbalaridan foydalanishning hozirgi tizimini takomillashtirish va qayta tiklanadigan hamda ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish bo’yicha dadil qadamlar tashlanishini talab etmoqda.

Jumladan bitmas tuganmas va ekologik toza quyosh energiyasidan foydalanish texnologiyasini keng miqiyosda rivojlantirish, energiya ta’minoti uzluksizligi va sifatini yuqori pog’onaga olib chiqishda kuchli richag vazifasini bajaradi, atrof muhit tozaligini saqlashga yordam beradi.

Aytish mumkinki, XXI - asr butun dunyoda gelioenergetika – quyosh energetikasiga yangicha nazar va umid bilan qarash ruhini olib keldi. Bu soha tez sur’atlar bilan turli yo’nalishlarda rivojlanmoqda.

Shimoliy Skandinaviyadan tortib to Afrikaning jazirama sahrolarida joylashgan dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida gelioenergetik dasturlar asosida ilmiy – tadqiqotlar hamda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Quyosh qurilmalari binolarni isitish va sovitish, elektr energiyasini hosil qilish va turli texnologik jarayonlarni amalga oshirishda foydalanilmoqda. Shuningdek mamlakatimizda quyosh energiyasidan foydalanishning juda katta imkoniyatlari mavjud. Respublikamizda quyosh energiyasini issiqlik va elektr eneriyasiga aylantirish va undan foydalanish, yuqori temperaturalar olish va geliomaterialshunoslik bo’yicha samarali ilmiy tadqiqotlar bilan birga katta miqiyosdagi amaliy ishlar olib borilmoqda.

Yurtimizda dunyodagi eng katta va noyob quyosh pechining faoliyat ko’rsatayotganligi hamda quyosh elektrostansiyalarini barpo etish yo’lidagi sa’yi harakatlar shuningdek, “ Quyosh energiyasidan foydalanish” Xalqaro Markazining tashkil etilishi fikrimizga misol bo’la oladi.

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi hamda vazifasi quyosh energiyasidan unumli tarzda foydalanish va quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish va undan foydalanishning umumiy masalalari bilan tanishtirish maqsadida yozildi.

Ushbu Bitiruv malakaviy ishida, Quyosh hamda uning sistemasining tuzilishi va energiyasining manbasi, quyosh radiatsiyasining spektral tarkibi, turlari va ularni o’lchash usullari, turli yo’nalishlarda joylashtirilgan gelioqurilmalarga tushuvchi radiatsiya quvvatini aniqlashga doir ma’lumotlar o’rin olgan.

O’zbekistonning iqlim sharoiti va radiatsion rejimi to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan va quyosh energiyasidan foydalanish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi haqidagi ma’lumot hamda ko’rsatmalar keltirilgan.

Yana, Bitiruv malakaviy ishida quyosh batareyalari haqida umumiy ma’lumotlar berilgan.

Unda quyosh batareyasining hisoblash texnikasi, ichki konstruktorlari, sxematik ko’rinishi haqidagi umumiy ma’lumotlar berilgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda quyosh energiyasidan foydalanish bo’yicha katta ilmiy tadqiqot hamda amaliy ishlar olib borilmoqda.

O’zbekiston Fanlar Akademiyasi “Fizika - Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining fizika – texnika, materialshunoslik institutlari, Buxoro, Farg’ona va Qarshi davlat Universitetlarida quyosh energiyasini issiqlik va elektr energiyasiga aylantirish va geliomaterialshunoslik sohasida fundamental tadqiqotlar va amaliy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

“ Foton” ochiq aksionerlik birlashmasida rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda bir necha kW quvvatli fotoelektrik batareyalar, O’zbekiston FA fizika – texnika institutida elektron boshqaruv tizimiga ega kremniyli quyosh batareyalari,

“Enkom”, “Qurilishgelioservis”, << MIR SOLAR>>, “Tashkent- Zenner JV”, “Ekoenergiya” kabi korxonalarda quyosh kollektorlari va boshqa turdagi gelioqurilmalar hamda quyosh batareyalarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.



Download 7.66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 7.66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari

Download 7.66 Mb.