I. QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISHNING ISTIQBOLLARI




Download 7.66 Mb.
bet3/14
Sana31.07.2021
Hajmi7.66 Mb.
#16274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
I. QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISHNING ISTIQBOLLARI
1.1. O’zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish bo’yicha davlat

qarorlari

Quyosh yerda hayot, jumladan insoniyat mavjudligining asosiy sababchisi hisoblanadi. Aslida insoniyat paydo bo’lganidan buyon o’zi e’tibor bermagan holda quyosh energiyasidan foydalanib kelmoqda. Chunki insonlar hayoti uchun xizmat qiluvchi Yer osti Yer ustidagi mavjud barcha energiya manbalari, o’simlik va hayvonot dunyosi aslida quyosh energiyasining mahsulidir. Shu bilan birga insonlar quyosh energiyasidan bevosita amalda foydalanish yo’llarini izlaganlar va bugungi kunda bu muammoga katta e’tibor berilmoqda. Mutaxassislarning fikricha bugungi kunda jahon energetikasini rivojlantirishda energiya resurslarini kuchaytirish ustuvor yo’nalish hisoblanadi.

Birinch-Prezidentimiz I.A.Karimov rahnamoligida energiya tejaydigan texnalogiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan.Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yurtimiz iqlim sharoitida quyosh, suv, shamol, biogaz singari noan’anaviy energiyalardan foydalanishning ulkan imkoniyatlari mavjud. Respublikamiz hududida yilning qariyb 350 kuni quyoshli bo‘ladi, doimiy shamol esib turadigan ochiq maydonlar ko‘p. Bunday tabiiy salohiyat bugungi kunda jahon miqyosida tobora ommalashib borayotgan yuqori samarali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishda juda qo‘l keladi. Olimlarimiz bu borada keng qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalarni yaratish va amalga tatbiq etish bo‘yicha ko‘plab loyihalar ustida ish olib bormoqdalar. Quyosh energiyasidan foydalanishning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasa hisoblangan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga qarashli Fizika-texnika institutida yaratilayotgan ilmiy ixtirolar bunga misoldir.

Ishlab chiqarishga yangi texnalogiyalarni joriy etish va mavjud energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ko’zda tutuvchi energiyani tejash siyosatining izchil amalga oshirilayotgani ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini pasaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Ayni paytda energiya resurslari va energiyani tejash, shuningdek muqobil energiya manbalari sohasiga texnalogiyalarni joriy etish va ulardan foydalanish bo’yicha qarorlar va davlat dasturlari amalga oshirilmoqda.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 1-martda qabul qilingan “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonida muqobil energetika sohasidagi ilmiy salohiyatni yanada takomillashtirish, muqobil energetika manbalarini ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarni rag’batlantirish, ularga soliq va bojxona imtiyozlarini berish “Muqobil energiya manbalari to’g’risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish vazifalari belgilangan.

Respublikamizda quyosh energiyasini issiqlik va elektr energiyasiga aylantirish va undan foydalanish, yuqori temperaturalar olish va geliomaterialshunoslik bo’yicha fundamental ilmiy tadqiqotlar bilan birgalikda katta miqiyosdagi amaliy ishlar olib borilmoqda. Dunyoda eng katta va noyob quyosh pechining faoliyat ko’rsatilayotganligi va quyosh elektrostansiyalarini barpo etish yo’lidagi sa’yi- harakatlar, shuningdek “Quyosh energiyasidan foydalanish” Xalqaro Markazining tashkil etilishi fikrimizning dalilidir.

O’zbekiston energiya resurslari o’ziga yetarli mamlakat hisoblanadi. O’zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchilardan bo’lib, quyosh energetikasi bo’yicha o’z ilmiy ishlanmalariga asoslangan yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarilgan mamlakatdir. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika institutining xizmati katta. Institut olimlari mamlakatimizdagi ulkan gelioenergetika salohiyatidan oqilona foydalanish bo’yicha samarali tadqiqotlar olib bormoqda. O’n yildan ortiqroq vaqtdan buyon mamlakatimiz olimlarining ilmiy ishlanmalari asosida quyosh energiyasi bilan suv isitadigan qurilmalar negizida uy-joy va ijtimoiy obektlarni issiq suv va issiqlik bilan ta’minlash tizimi ishlab chiqilmoqda va ulardan tajriba tariqasida foydalanilmoqda.

Toshkent shahrida, Samarqand viloyati va boshqa hududlarda suvni isitib beradigan gelioqurilmalar o’rnatilgan. O’zbekiston olimlarining eng yangi tadqiqotlari qishloq xo’jaligida ham qo’llanilayotir. Ma’lumki ayrim sabablarga ko’ra, elektr uzatish tarmoqlari va suv ta’minoti tizimi ishlamaydigan hududlarda suvni yuqoriga ko’tarib berish borasida qiyinchiliklar mavjud. Shu maqsadda quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan fotoelektr qurilmalardan keng foydalanilmoqda. Bu qurilmalar quyosh batareyalari, energiya to’plash tizimi va doimiy tokni o’zgaruvchan tokka aylantiradigan moslamani o’z ichiga oladi.

Fotoelektr qurilmasi uzoq muddat xizmat qiluvchi hamda maxsus texnik xizmatni talab qilmaydi va bir necha yil davomida sarflangan xarajatni qoplaydi.

Shuni inobatga olgan holda O’zbekistonning birinchi prezidenti I. Karimovning 2014-yil 4- iyundagi “Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt bo’lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish investitsion loyihasini amalga oshirish bo’yicha chora tadbirlar to’g’risida”gi 2183- sonli qarori ijrosi doirasida va idoralararo tender kengashining 2016-yil 27-oktabrdagi qaroriga binoan Samarqand viloyatida qurilayotgan 100 MVt li quyosh fotoelektr stansiyasini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish bo’yicha asosiy pudratchi deb, Xitoyning “Zhuhai Singes Green Building Technology Co Ltd” kompaniyasi etib belgilandi.

Ushbu tender 2014- yil oktabr oyida e’lon qilingan bo’lib, uni qurib foydalanishga topshirish uchun 2 yil vaqt talab qilishi mumkin.



1.1.1-chizma. Quyosh batareyalari.
“O’zbekenergo” ma’lumotlariga qaraganda mintaqadagi birinchi shunday elektrostansiya yiliga 200 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kerak. 275.8 mln AQSH dollari miqdoridagi loyiha Osiyo taraqqiyot banki va O’zbekiston rekonstruksiya va rivojlanish fondining 110 mln dollarlik kreditlari hamda “O’zbekenergo”ning 55.8 mln dollar miqdoridagi o’z mablag’i hisobidan moliyalashtiriladi.

Shuningdek Namangan viloyatining Pop tumanida sinov tariqasida quvvati 130 kilovatt bo’lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushdi. Ushbu loyiha O’zbekiston Iqtisodiyot vazirligi va Janubiy Koreya savdo sanoat va energetika vazirligi o’rtasida imzolangan o’zaro anglashuv memorandumi doirasida “O’zbekenergo” kompaniyasi tomonidan Janubiy Koreya fotoelektr sanoati uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

“O’zbekenergo”ning xabar berishicha fotoelektr stansiyasini Energy va Top Sum kompaniyalari uskunalari o’rnatilgan bo’lib, ularning ishlab chiqarish quvvatlari O’zbekistonning tabiiy sharoitlarida sinovdan o’tkaziladi.

Loyiha Pop tumani Kandigon mahallasida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlashga yordam beradi. Shuningdek O’zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirish bo’yicha istiqbolli va yirik loyihalarni amalga oshirish uchun ekspertiza vazifasini ham o’tab beradi.



Bundan tashqari ushbu loyiha shu soha bo’yicha O’zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlashda ham ko’mak beradi.

1.1.2.-chizma. Quyosh elektr stansiyasidagi batareyalar.


Stansiyada umumiy quvvati 130 kilovattga ega bo’lgan besh turdagi quyosh batareyali panellar sinov tariqasida o’rnatildi va ular dastlabki energiyani bera boshladi. Mazkur loyihadan ko’zlangan asosiy maqsad, o’rnatilgan texnalogiyalarning samaradorligini o’rganish va sinov jarayonidan o’tgan yaxshi panellar rusumini butun mintaqaga tatbiq qilishdir.

Shu bilan birga tabiiy gaz va neft zahiralarini iste’mol qilish shuni ko’rsatyaptiki, ular mamlakat ehtiyojlarini bir necha o’n yillar davomida ta’minlash mumkin. Ammo bu davrga kelib, sarflanayotgan elektr energiyasi hajmi mamlakatda ikki barobar oshishi mumkin, ya’ni 50 mlrd kVt, uni ishlab chiqarish uchun esa ana’naviy uglevodorodli qayta tiklanmaydigan energiya resurslari yetarli emas. Kelajakdagi muhim bo’lgan o’zgarishlarni hisobga olib, bugunning o’zidayoq, energiyaning qayta tiklanuvchi deb atalgan manbalarini rivojlantirish haqida o’ylab ko’rish kerak. Bularning qatoriga quyosh energiyasidan foydalanish ham kiradi.

Butun dunyoda energetik inqiroz kechayotgan bir paytda qayta tiklanadigan energiya manbasi yanada ommabop bo’lib bormoqda. Bu haqida 1- Prezidentmiz Islom Karimov “Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asarida O’zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va Jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo’llaridan biri sifatida elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish hamda energiyani tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish lozimligini, mavjud resurslardan, birinchi navbatda, elektr va energiya resurslardan qanchalik tejamli foydalana olishimizga bog’liq ekanligini alohida qayd qilb o’tganlar.

O’zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish dolzarb muammo hisoblanadi. Undan tashqari, qayta tiklanadigan energiya manbalari, chekka, tog’li va mavjud energiya manbalaridan uzoq borish qiyin bo’lgan tumanlar uchun yagona iqtisodiy, oson erishish mumkin bo’lgan energiya manbalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun O’zbekistonda noananaviy qayta tiklovchi energiya manbalarini (NQTEM) rivojlantirish, siyosiy va iqtisodiy qo’llab - quvvatlanishiga ko’maklashish uchun amalda qator me’yoriy hujjatlar mavjud. Jumladan, “Energiyadan oqilona foydalanish to’g’risida”gi 1997- yil 25- aprelda qabul qilingan Qonunning 20-moddasida NQTEM ni umumiy tarzda foydalanishning umumiy chegarasi aniqlangan. Undan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13- fevraldagi majlisida 2009-2013 yillar uchun mamlakat energetikasi xavfsizligini ta’minlashda elektroenergetikani modernizatsiyalashni ko’zda tutuvchi dasturida, noana’naviy va qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishning asosiy roli belgilab berilgan.

So’nggi yillarda qonunlarning monitoringgi, hukumatning qaror va ko’rsatmalari shuni ko’rsatadiki, O’zbekiston Respublikasidagi NQTEM sohasidagi foydalanilayotgan amaldagi qonuniy va me’yoriy baza, qayta ishlanishi va qo’shimchalar kiritilishi, iqtisodiy va moliyaviy mexanizmlari va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning rivojlanishini qo’llab- quvvatlab, boshqarish mexanizmi ifodasini topgan bo’lishi keak.

Bu qonunlar, yangi resurslarni tejaydigan va ekologik toza texnalogiyalar, zamonaviy uskunalar va eng muhimi, ham ishlab chiqarishda, ham kundalik turmushda yuksak darajadagi enegiya ta’minotini targ’ib etish borasida bir qator rag’batlantirishlar joriy etilishi lozim.

Ma’lumki “Energiyadan oqilona foydalanish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 20- moddasida “Energiya ta’minoti tashkilotlari jumlasiga kirmaydigan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilar ana shu tashkilotlarning tarmoqlariga energiya ta’minoti tashkilotlari mazkur ishlab chiqaruvchilardan energiyani belgilangan tartibda chiqariladigan narxlar bo’yicha o’z tarmoqlariga qabul qilib olishni ta’minlashlari shartdir.

Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi loyihalar va dasturlarga muvofiq bunyod etilayotgan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanadigan qurilmalarning qurilishiga ketgan kapital mablag’lar O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan kelishilgan muddatlarda jadal qoplanishini ta’minlashi lozimligi belgilab qo’yilgan.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekiston Respuplikasi Konstitutsiyasining 18 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo’lini izchil davom ettirish – taraqqiyotimizning muhim omilidir” mavzusidagi “muqobil energetika turlaridan foydalanish sohasida ilm- fan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo’l ochib berishimiz zarur”, deb barchaning e’tiborini ushbu masalaga alohida qaratganlari ham bejis emasdir.

Ushbu risola tadbirkorlar, fuqarolar, partiya elektorati va partiya faollariga mo’ljallangan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish tartiblari yuzasidan dastlabki ma’lumotlar olish uchun mo’ljallangan.





Download 7.66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 7.66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISHNING ISTIQBOLLARI

Download 7.66 Mb.