• Islom Karimov Mavzuning dolzarbligi.
  • «Fizika – matematika» fakulteti «Fizika» kafedrasi




    Download 7.66 Mb.
    bet2/14
    Sana31.07.2021
    Hajmi7.66 Mb.
    #16274
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Mundarija





    KIRISH

    3




    I.Quyosh energiyasidan foydalanishning istiqbollari




    1.1

    O’zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish bo’yicha davlat qarorlari

    6


    1.2

    Quyosh energiyasidan foydalanishning hozirgi ko’rinishi va tahlili

    13


    1.3

    Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari

    19





    Xulosa

    21




    II.Quyosh energiyasidan foydalanishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish




    2.1

    Quyosh energiyasi va uning manbai

    22

    2.2

    Quyosh energiyasidan foydalanishda zamonaviy texnologiyalar

    33

    2.3

    Quyosh batareyalari va ulardan foydalanish

    36

    2.4

    Quyosh batareyalarini hisoblash

    43




    Xulosa

    54





    Xotima

    55




    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

    56




    Ilovalar

    58


    KIRISH

    «...muqobil energetika turlaridan foydalanish sohasida ilg’or ilm fan-yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo’l ochib berishimiz zarur»
    Islom Karimov
    Mavzuning dolzarbligi. Muqobil energiya manbalari masalasi ko’p yillardan beri kelajak energetik tizimlarini ishlab chiqish va yaratish sohasining yetakchi mutaxassislarini o’ylantirib kelmoqda. Ko’pgina olimlarning bashoratlariga ko’ra, yaqin 60-70 yillarda ko’mir, tabiiy gaz va neft zahiralari butunlay tugashi mumkin. Energetik inqiroz xavf solayotganligi tufayli dunyoning ko’pgina mamlakatlari bugundanoq zamonaviy energiyani tejovchi texonologiyalarni ishlab chiqishni jadallashtirmoqda, muqobil energiya manbalarini topish ishlari to’xtovsiz olib borilmoqda, qonunchilik bazasi ishlab chiqilmoqda va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini hayotimizga tadbiq etish bo’yicha targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

    Butun dunyo noananaviy energiya turlaridan foydalanishga katta qiziqish bildirmoqda. Noananaviy va qayta tiklanish texnalogiyasiga asoslangan energiya manbalari (NQTEM), atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarmagani uchun ekologik toza hisoblanadi. O’zbekiston sharoitida kichik gidrostansiya, quyosh, shamol, biomassa resurslari va geotermal energiya turlaridan foydalanish dolzarb hisoblanadi. Undan tashqari, qayta tiklanadigan energiya manbalari, chekka, tog’li va mavjud energiya manbalaridan uzoq borish qiyin bo’lgan tumanlar uchun yagona iqtisodiy, oson erishish mumkin bo’lgan energiya manbasi bo’lishi mumkin. Bugungi kunda qayta tiklanadigan energiyaning noananaviy turlaridan foydalanish borasida Yevropa Ittifoqi davlatlari, AQSh, Yaponiya, Xitoy va Hindistonda yuksak natijalarga erishilgan. Dunyoda 2 milliondan ortiq quyosh issiqlik tizimi ishlab turibdi. Isroil mamlakatida issiq suv ta’minotining 70 foizini ta’minlaydigan 800 mingdan ziyod quyosh moslamasi qurilgan.

    Mamlakatimizda bugungi kunda mazkur qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan foydalanishda birmuncha tajribalar o’tkazilgan. Muqobil energiya manbalaridan bo’lgan quyosh energiyasidan foydalanib, elektr energiyasini hosil qiluvchi qurilmalar- fotoelektr qurilmalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Lekin bu borada iqtisodiy qulay sharoit yaratish bilan birga sohani rivojlantirish uchun asos bo’ladigan huquqiy bazani takomillashtirish, uni tartibga soladigan yagona qonun loyihasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi shubhasiz muhim ahamiyatga egadir.

    Ma’lumki “Energiyadan oqilona foydalanish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 20- moddasida “Energiya ta’minoti tashkilotlari jumlasiga kirmaydigan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilar anashu tashkilotlarning tarmoqlariga energiya ta’minotlari tashkilotlari bilan kelishilgan, markazlashtirilgan energiya ta’minoti tarmoqlari va manbalarining eng oqilona ish rejimini ta’minlaydigan miqdorlarda va rejimlarda energiya berish huquqiga ega” deb belgilangan.

    Respublika tomonidan xalqaro hujjatlar, jumladan, Kioto protokoli bo’yicha majburiyatlarni bajarish yoqiladigan yoqilg’i miqdorini asta-sekinlik bilan kamaytirishni talab qiladi. Ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosini ham hisobga olish kerak.

    Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 1-martda qabul qilingan “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni energetika yo‘nalishidagi keng ko‘lamli tadqiqot ishlari samaradorligini yanada oshirish hamda quyosh energiyasidan foydalanishda muhim dasturiamal bo‘layotir. Yurtimizda muqobil energiya manbalari ishlab chiquvchilar hamda undan foydalanuvchilarga soliq va bojxona imtiyozlari berilgan.

    Energiyani qat’iy tejash tartibi, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirish, qayta tiklanadigan noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish va tatbiq etish masalalari doimiy e’tiborda.

    Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar barqaror rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat barpo etishga qaratilgan. Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan va butun dunyoda keng e’tirof etilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli» bu boradagi ishlarda mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu modelning asosiy maqsadi kuchli milliy iqtisodiyotni tashkil etish, yangi yuqori texnologiyali korxona va ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish hisobidan uning raqobatbardoshligini oshirish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun resurslarni tejash imkonini beradigan zamonaviy texnologiya hamda uslublarni joriy qilishdan iborat. Shu bois yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish, jumladan, resusrlarni tejaydigan yangi texnologiyalarni joriy etish hisobidan taraqqiy ettirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Mamlakatimizning to‘la energetika mustaqilligiga erishgani ham ushbu yo‘nalishdagi ishlar yuksak samaralar berayotganidan dalolatdir.



    Download 7.66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 7.66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Fizika – matematika» fakulteti «Fizika» kafedrasi

    Download 7.66 Mb.