Nyutonning uchinchi qonuni9. Nyutonning uchinchi qonuni uning birinchi va ikkinchi qonunlari singari tajriba natijalariga asoslangan bo’lib, quyidagicha ta'riflanadi: ikki jismning o’zaro ta'sirlashish kuchlari son jihatdan o’zaro tеng va yo’nalishi bo’yicha qarama - qarshi tomonlarga yo’nalgan. Bu qonunning analitik ifodasi quyidagicha yoziladi:
F12=F21 (31)
Bu еrda F12 va F21 kuchlar ikkita alohida–alohida jismlarga qo’yilgandir; xususan F12 ikkinchi jism tomonidan birinchi jismga ta'sir etuvchi kuch, F21 esa birinchi jism tomonidan ikkinchi jismga ta'sir etuvchi kuch bo’lib, bu kuchni odatda, aks ta'sir kuchi dеyiladi. Bu ifodadagi manfiy ishora kuchlarning qarama-qarshi tomonlarga yo’nalishini aks ettiradi. Shu narsani alohida ta'kidlash lozimki, kuchlarni ta'sir va aks ta'sir kuchlariga shartli ravishda ajratiladi, aslida esa ikkala kuchning tabiati bir xil bo’lib, ular o’zaro ta'sir kuchlaridir.
|