Darsning texnologik xaritasi




Download 4.78 Mb.
bet28/35
Sana24.03.2017
Hajmi4.78 Mb.
#1571
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35

Darsning texnologik xaritasi


Darsning maqsadi:


O‘quvchilarning transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi haqida bilim, ko‘nikmalar berish hamda kundalik hayotimizda transformatorlarning qo‘llanilishi yuzasidan malakalarini shakllantirish.

Vazifalar:

O‘quvchilarga mavzu asosida trasformatorga doir bilimlarni berish bilan birga qiziquvchanlik, topqirlik, hozirjavoblik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish, hamda kasbga yo‘naltirish, kompyuterlardan foydalanish va mavzuga doir masalalarni yechish ko‘nikmasini shakllantirish hamda o‘z fikriga ega bo‘lgan, zehnli, komil inson qilib tarbiyalash.

O‘quv jarayonining mazmuni

O‘quvchilar mavzuning mazmun mohiyatini tushunib yetishlari unda transformatorning tuzilishi, ishlashi va texnikada qo‘llanilishi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Kichik ma’ruza orqali taqdimot, guruhlar bilan ishlash, “Aqliy hujum”, ”Brain ring” metodi asosida savol-javob.

Vosita: 8-sinf fizika darsligi, kompyuter, slaydlar, tarqatma materiallar, video lavhalar, laboratoriya ishi jihozlari.

Nazorat: Baholash: 5 ballik tizimda


Kutilayotgan natijalar

O‘qituvchi:

Transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganishdan tashqari kundalik hayotimizda transformatorlarning qo‘llanilishini tushuntirish orqali samaradorlikka erishadi. Interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi, darsga, fanga nisbatan qiziqishini orttiradi.



O‘quvchi:

O‘quvchilar guruhlarda ishlaganda o‘ziga bo‘lgan ishonch, o‘rtog‘iga nisbatan hurmat hissi shakllanadi, mustaqil o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila oladi. Mavzudan kelib chiqqan savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi, o‘z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga, shuningdek, kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o‘zini –o‘zi rivojlantirish, matematik savodxonlik kompetensiyalarini shakllantiradi.



Kelgusi rejalar:

O‘qituvchi:

O‘quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo‘llari va yangi pedagogik texnologiyalarni darsda tadbiq etish uchun o‘z ustida ishlash, mavzuni kundalik turmush va fan-texnikada qo‘llanilishiga doir bilim, tajribalarini yanada boyitish.



O‘quvchi:

Transformatorlar haqidagi umumiy ma’lumotlar asosida kundalik turmushdagi ahamiyati haqida bilim, ko‘nikma, malakasini orttirish, fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalanish, matematik savodxonlik kompetensiyalarini shakllantiradi.







Download 4.78 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Download 4.78 Mb.