|
I BOB. REFRAKSIYA HODISASI
|
bet | 3/10 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 350,85 Kb. | | #251914 |
Bog'liq YusufovaI BOB. REFRAKSIYA HODISASI
Yorug`lik oqimi (nurli) yo`nalishining bir muxitdan ikkinchi muxitga o`tishida o`zgarishi yorug`likning sinishi yoki refraksiyasi deyiladi.
1.1. Refraksiya hodisasi va uning mohiyati
Refraksiya (lot. Refractus — singan) — yorugʻlik nuri yoki elektromagnit toʻlqinlari atmosferaning turli qatlamlari (zichligi, temperaturasi, namligi, bosimi, sindirish koʻrsatkichi va boshqa xususiyatlari turlicha boʻlgan qatlamlari)dan oʻtishida ularning egilish hodisasi.
Yorug`lik oqimi (nurli) yo`nalishining bir muxitdan ikkinchi muxitga o`tishida o`zgarishi yorug`likning sinishi yoki refraksiyasi deyiladi. Yorug`lik sinishining asosiy qonuni quydagicha ta`riflanadi. Tushuvchi nur, singan nur va ikki muxit chegarasiga nurning tushish nuqtasidan o`tkazilgan perpendikulyar bir tekislikda yotadi; Tushish burchagi sinusning sinishi burchagi sinusiga nisbati berilgan ikki muxit uchun o`zgarmas kattalikdir.
(1.1)
bu yerda - tushish burchagi, - sinish burchagi. Buni quydagicha chizish mumkin:
n - ga nisbiy sindirish ko`rsatgichi yoki ikkinchi muxitning birinchi muxitga nisbatan sindirish ko`rsatgichi deyiladi. Sindirish ko`rsatgichi n yorug`likning sinishi sodir bulayotgan birinchi va ikkinchi muxitlardagi tezliklari 1 va 2 ning nisbatiga teng.
(1.2)
shu sababli sinish qonunini quyidagicha shaklda ham yozish mumkin.
(1.3)
Agar sinish burchagi tushish burchagi dan kichik bo`lsa, yuqoridagi formulaga asosan yorug`likning ikkinchi muxitdagi tezligi v2 birinchi muxitdagi tezligi v1 dan kichik bo`ladi, ya`ni v1 v2 .
1.1-rasm. Refraksiya hodisasi.
Muxitning vakuumga nisbatan sindirish ko`rsatgichi shu muxitning absolyut sindirish ko`rsatgichi shu muxitning absolyut sindirish ko`rsatgichi deyiladi.
(1.4)
bu yerda C – yorug`likning vakuumdagi tezligi, v – esa muxitdagi yorug`lik tezligi.
Absolyut sindirish ko`rsatgichi kichik bo`lgan muxitni optik jihatdan zichligi kichik muxit debataladi. Eritmalarning sindirish ko`rsatgichini aniqlash usuli tibbiyotda diagnostikada katta ahamyatga ega. Eritmalarning sindirish ko`rsatgichi eritilgan moddaning konsentratsiyasiga bog`liq bo`lgani uchun eritmalarning konsentratsisini, masalan, qon zardobidagi oqsil moddasini, qand eritmalari, tuzlarni va hokazolarning konsentratsiyasini aniqlash mumkin. Sindirish ko`rsatgichiga qarab suvning tozaligi aniqlanadi.
Moddalarning sindirish ko`rsatgichini aniqlashda refraktometrlar ishlatiladi. Masalan, qon zardobidagi oqsilning miqdorini refraktometr yordamida quydagicha aniqlanadi. Ulchashlar shuni ko`rsatadiki qon zardobidagi tuzlarning sindirish ko`rsatgichi bo`lgan suvning sindirish ko`rsatgichini 0,003 miqdorga oshiradi. Qon zardobidagi sindirish ko`rsatgichining keyingi o`zgarishi esa undagi oqsilning miqdoriga qarab oshadi. Bunda qon zardobi tarkibidagi oqsil miqdorining bir foizga oshishi, sindirish ko`rsatgichini 0,0019 qiymatga o`zgartiradi. Shuning uchun qon zardobining sindirish ko`rsatgichi o`lchab olinib, undagi oqsil miqdorini hisoblash mumkin. Buni quydagi formula orqali aniklash mumkin.
(1.5)
ns = 1,333 toza suvning sindirish ko`rsatgichi.
n=0,003 qon zardobi tarkibidagi tuzlarning sindirish ko`rsatgichi.
n - esa qon zardobi tarkibida oqsil bo`lgan suyuqlikning sindirish ko`rsatgichi bo`lib, tajribada aniqlanadi.
1.2-rasm. Rafraksiya hodisasini suvda kuzatish.
|
| |