Fizika texnika fakulteti




Download 350,85 Kb.
bet4/10
Sana24.05.2024
Hajmi350,85 Kb.
#251914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yusufova

Refraksiya turlari. Yorugʻlik atmosferaning har xil qatlamlaridan sinib oʻtib, egri chiziq boʻyicha tarqaladi. Shu sababli, kuzatuvchi obʼyektni uning haqiqiy oʻrni yoʻnalishida emas, balki kuzatish nuqtasida vizirlash (qarash) nuriga urinma chiziq boʻyicha koʻradi. Refraksiya vertikal va gorizontal xillarga boʻlinadi. Vertikal refraksiya — kuzatish nuqtasida vizirlash nuriga urinma chizik, bilan kuzatish nuqtasini tutashtiruvchi toʻgʻri chiziq orasidagi vertikal burchak. Vertikal refraksiya yorugʻlik nuri yer atmosferasi chegarasidan oʻtsa, geodezik refraksiya (yer refraksiyasi), kosmik jismlardan chikayotgan nur butun yer atmosferasi katlamlaridan oʻtib kelsa, astronomik refraksiya deyiladi.
Gorizontal refraksiya kuzatish nuqtasida vizirlash nuriga urinma chiziq bilan kuzatish jismiga toʻgʻri chiziq yoʻnalishi orasidagi gorizontal burchak. Gorizontal refraksiya vizirlash nuri oʻtadigan havo qatlamlarining zichligi va namligining har xil boʻlishi oqibatida kelib chiqadi. Gorizontal refraksiya qiymati planli geodezik tarmoklarda sekundning oʻnlarcha ulushidan, toki bir sekundgacha (noqulay sharoitlarda) qiymatni tashkil qilishi mumkin. Aniq oʻlchashlarda gorizontal refraksiya taʼsirini kamaytirish maqsadida oʻlchashlar har xil vaqt va sharoitlarda koʻp marta takroran bajariladi. Gorizontal burchaklarni ulchashda vizirlash nuri bino va inshootlardan uzoqrokdan oʻtishini taʼminlash gorizontal refraksiya taʼsirini kamaytirishga imkon beradi.
Astronomik refraksiyada yoritqichdan kelayotgan nur butun atmosfera qalinligidan oʻtadi. Bunda havoning zichligi va u bilan birga sindirish koʻrsatkichi borgan sari ortib boradi. Nur trayektoriyasi qavariqligi zenit tomonga qaragan boʻlib, unga oʻtkazilgan as’ urinma chiziq yoritqichning haqiqiy oʻrnini koʻrsatuvchi as chiziqqa nisbatan yuqorirokdan oʻtadi. Haqiqiy z va refraksiya tufayli oʻzgargan i zenit masofalar ayirmasi refraksiya burchagi g deyiladi. Refraksiya zenitda nolga teng boʻlib, zenit masofa oshishi bilan ortib boradi.
Yorugʻlik refraksiyasi keng maʼnoda yorugʻlikning sinishidir. Bunda muhit sindirish koʻrsatkichi oʻzgarishi bilan muhitdan oʻtayotgan yorugʻlik nurining yoʻnalishi ham oʻzgaradi. Koʻpincha, optik nurlanishning sindirish koʻrsatkichi nuqtadan nuqtaga ravon oʻzgaradigan muhitdan oʻtayotgan hollarda "yorugʻlik refraksiyasi" termini, ikki bir jinsli, lekin turli sindirish koʻrsatkichiga ega boʻlgan muhitlar chegarasidan oʻtayotgan nurning yoʻnalishi keskin oʻzgargan hollarda "sinish" termini ishlatiladi. Optikaning bir qator boʻlimlarida "refraksiya" termini qoʻllaniladi. Bularga atmosfera optikasi, koʻzoynak optikasi, koʻz optikasi va boshqa kiradi. Koʻz refraksiyasi — koʻzning optik tizim sifatidagi harakteristikasi; koʻzning tinch akkomodatsiya holatidagi optik kuchi. Asosiy sindirish elementlari — koʻz soqqasi va gavhari. Ularning optik kuchi 52,59 dan 71,30 dioptriyagacha oʻzgarib, oʻrta hisobda 59,92 dioptriyani tashkil qiladi. Agar koʻzning optik kuchi va uning oʻlchamlari bir-biriga mos boʻlsa, koʻzga kirayotgan yorugʻlikning parallel nurlari toʻr pardaning markazi — sariq dogʻ qismida fokuslanadi. Faqat shu holdagina koʻzning toʻr pardasida koʻrilayotgan predmetning aniq tasviri hosil boʻladi. Refraksiya buzilsa, koʻzning uzoqdan koʻrish va yaqindan koʻrish xususiyatlari paydo boʻladi.
Radiotoʻlqinlar refraksiyasi — radiotoʻlqinlar dielektrik kirituvchanligi yoki ionlashish darajasi turlicha boʻlgan atmosfera qatlamidan oʻtganda ularning trayektoriyasi egrilanishi. Radiotoʻlqinlar refraksiyasi ionosferada, katta masofalarga qisqa radiotoʻlqinlarning tarqalishida, troposferada esa ultrakiska radiotoʻlqinlar tarqalishida muhim omillardan biri hisoblanadi.
Tovush refraksiyasi — bir jinsli boʻlmagan muhit (atmosfera, okean) da tapkalgan tovush (tezligi koordinataga bogʻliq) nurlarining egrilanishi. Tovush tezligi gradiyenti qancha katta boʻlsa, shuncha kuchli refraksiya yuz beradi. Atmosferada tovush refraksiyasi havo temperaturasi, shamolning tezligiga va yoʻnalishiga bogʻliq. Balandlik oshgan sari temperatura pasayadi va tovush tezligi kamayadi. Shu sababli, tovush nurlari yer yuzasi yaqinida joylashgan tovush manbaidan yuqori tomon egiladi va maʼlum masofadan boshlab tovush eshitilmay qoladi. Agar temperatura balandlik oshishi bilan ortib borsa (koʻpincha kechasi yuzaga keladigan temperatura inversiyasi), u holda tovush nurlari pastga karab egiladi va tovush uzok, masofalarga tarqaladi. Shamol yoʻnalishiga qarama-qarshi tarqalgan tovush nurlari yuqoriga tomon, aks holda, pastga qarab egiladi. Ikkinchi holda tovush eshitilishi ancha yaxshilanadi. Atmosferaning yuqori qatlamlaridagi refraksiya sukunat zonasini va anomal eshitilish zonalarini yuzaga keltiradi.
Okeandagi tovush refraksiyasi, shoʻrlik va gidrostatik bosimga bogʻliq. Okeandagi refraksiya tovushning oʻta uzoqqa tarqalishi, soya zonalar hosil boʻlishi, tovushning fokuslanishi va tovush tarqalishi kabi boshqa xususiyatlarni keltirib chiqaradi.

Download 350,85 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 350,85 Kb.