|
Kurs ishining dolzarbligi
|
bet | 2/10 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 350,85 Kb. | | #251914 |
Bog'liq YusufovaKurs ishining dolzarbligi: refraksiya, tabiatdagi optik hodisalar misli ko’rilmas tasodiflaga to’la. Bu hodisalarni har birini ko’rib chiqib optikaga faniga insonni qanchalik ehtiyoji borligini sezishmiz mumkin. Berilgan kurs ishni yanada chuqurroq o’rganish va izlanishni davom ettirsak, ushbu hodisalarni fanga tadbiq qilishimiz mumkin. Optikadagi refraksiya hodisasini ko’radigan bo’lsak, atmosfera tarkibidagi turli elementlarning turlicha nur sindirishi tufayli atmosfera tarkibini o’rganish mumkin. Osmonni zangori bo’lib ko’rinishi nurlarni molekulyar sochilishi. Bugungi kunda fizika qonunlarini, aniqrog'i uning optika bo'limini biladigan har bir kishi bu sirli hodisalarni tushuntirib bera oladi.
Kurs ishining maqsadi: talabalar tomonidan refraksiya hamda tabiatdagi optik hodisalarni va asosiy qonunlarini o'zlashtirish mavzu uchun asosiy tushunchalarini yoritish va o'rganish
Mazkur kurs ishi o'z maqsadiga ko'ra talabalarda turli maqsadlarda qo'llaniluvhi qurilmalar va optik sistemalarni ishlab chiqishda va boshqa fanlarni o'rganishda olingan bilim va ko'nikmalardan foydalanish uchun zamonaviy optikaning nazariy va fizik asoslari tushunchalarini shakllantirishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
- mavzuga oid ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni o‘rganish, darslik, dasturlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish;
- fizika ta’limi jarayonida interfaol texnologiyalarni tanlash va foydalanish tamoyillari, vositalarini, tashkiliy va metodik shart-sharoitlarini aniqlash va ilmiy jihatdan asoslash;
- talabalar tomonidan refraksiya hamda tabiatdagi optik hodisalarni va asosiy qonunlarini o'zlashtirish mavzu uchun asosiy tushunchalarini yoritish va o'rganish.
Kurs ishining predmeti: Mavzuga oid ilmiy va metodik ma’lumotlarni o’rganish va tahlil qilish, “Refraksiya hodisasi. Tabiatdagi optik hodisalar” mavzusini o’rganish davomida bilim va ko’nikmani oshirish.
Kurs ishining tuzilmasi: Ushbu “Refraksiya hodisasi. Tabiatdagi optik hodisalar” mavzusidagi kurs ishi Kirish qismi, 2 bob, 4 ta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
|
| |