• I. Eritmalar haqida umumiy tushuncha 1.1. Eritmalarning umumiy xarakteristikasi. Ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistema eritma
  • Kurs ishining maqsadi va vazifalari




    Download 54.58 Kb.
    bet2/9
    Sana25.01.2023
    Hajmi54.58 Kb.
    #39397
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    N kon, charos
    ragbatlantirish, Документ Microsoft Word, 35 dars Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari, Animal-Cards, 4-Mavzu, kompyuter tizimlari15, 1-amaliy m, kasb-talimi, 10-amaliy mashg\'ulot, gidravlika, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b-hozir.org, 7-sinf Algebra yangi darslik, 3.3-2, 7-mavzu
    Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Eritmalar haqida umumiy tushunchalarni to’plash.Normal konsentratsiyaga oid masalalar yechish metodikasi
    Kurs ishning tarkibi va hajmi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat bolib, umumiy hajm -betni tashkil qiladi.
    I. Eritmalar haqida umumiy tushuncha
    1.1. Eritmalarning umumiy xarakteristikasi.
    Ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistema
    eritma deb ataladi. Tabiatda va texnikada eritmalarning ahamiyati katta.
    Tabiatdagi barcha suvlar eritmalar hisoblanadi. Ko’pchilik kimyoviy reaktsiyalar
    eritmalarda boradi.
    Eritmalar ikki yoki undan ortiq komponentlar (tarkibiy kismlar) va ularning
    o’zaro ta‘sir mahsulotlaridan tarkib topgan bir jinsli (gomogen) sistemalardir.
    O’z agregat holatini eritmaga o’tkazadigan modda erituvchi hisoblanadi. Eritma
    bir jinsli sistema bo’lgani uchun ko’z va mikroskop bilan eritma ichidagi erituvchi
    va erigan modda zarrachalarini ko’rib bo’lmaydi. Eritma tarkibini o’zgartirish
    mumkin. Masalan, sulfat kislota yoki nitrat kislotani suv bilan har qanday nisbatda
    aralashtirish mumkin. Sulfat kislotaning suvda erishi hech qanday chegaraga ega
    emas. Spirt ham suvda shunday eriydi.
    Moddalar chegarasiz eriganida eritmada erigan moddalarning foiz miqdori 0
    dan 100 % gacha bo’ladi. Bunday hollarda eruvchi va erituvchi orasidagi ayirma
    yo’qoladi; bulardan istalganini erituvchi deb qabul qilish mumkin
    Lekin juda ko’pchilik moddalar ayni temperaturada ma‘lum chegaraga qadar
    eriydi. Masalan, uy temperaturasida osh tuzining suvdagi eritmasida NaCI ning
    miqdori hech qachon 26,48% dan ortmaydi.
    Eritmalar tarkibning o’zgaruvchanligi ularni mexanik aralashmalarga yaqin
    deb qarashga imkon beradi. Lekin ularning bir jinsliligi va ko’p xollarda
    eruvchanlikning ma‘lum chegaradan oshmasligi eritmalarni kimyoviy birikmalarga
    yaqinlashtiradi. Shunday qilib, eritma mexanik aralashma bilan kimyoviy
    birikma orasidagi oraliq holatni egallaydi.
    Agregat holatiga ko’ra eritmalar suyuq, qattiq va gazsimon bo’ladi. Suyuq
    eritmalarga misol tariqasida tuzlarning suvdagi eritmalarini ko’rsatish mumkin;
    qattiq eritmalarga nikel bilan misning qotishmasi (shulardan chaka – tanga
    yasaladi) yoki oltin bilan kumushning qotishmasi misol bo’la oladi; gazsimon
    eritmalar – gazlarning aralashmalari, havo bunga misol bo’la oladi. Bular orasida
    eng katta ahamiyatga ega bo’lgani suyuq (suvdagi) eritmalardir.
    Eritmalarning fizikaviy xossalari (masalan, qaynash temperaturalari) erigan
    modda miqdori ortishi bilan o’zgaradi. Ko’pincha eritma hosil bo’lganida hajmiy
    va energetik o’zgarishlar yuz beradi.
    Ko’pchilik moddalar eritmalarning kimyoviy xossalari eritmada eruvchi
    modda miqdori ortishi bilan kam o’zgaradi. Eritmalar jonli va jonsiz tabiatda, fan
    va texnikada katta rol o’ynaydi. Hayvon va o’simlik organizmida fiziologik
    jarayonlar, tabiatda cho’kindi jinslarning hosil bo’lishi, ko’pchilik sanoat
    jarayonlari (masalan, ishqorlarning olinishi) asosan eritmalarda sodir bo’ladi.



    Download 54.58 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 54.58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishining maqsadi va vazifalari

    Download 54.58 Kb.