• A’zolari o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra ziddiyatlar tasnifi.
  • Fonemalar pradegmasi va fanologik ziddiyatlar




    Download 30,66 Kb.
    bet3/3
    Sana07.12.2023
    Hajmi30,66 Kb.
    #113488
    1   2   3
    Bog'liq
    Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot
    MAQOLA2023, dinshunoslik, Axborotni ikkita belgi yordamida kodlash, 952-21 guruh Ismoilov J DTIYu fanidan 4, elektr zanjirlarini hisoblash usulla, Ish raXbarini tayinlash-fayllar.org, Mirzabek 1-amaliy, 1- mustaqil ish Optoele (1), 4-amaliy dars, Ijtimoiylashuv omillari, 654bad9984d29, 007pulvabank, jismoniy nazarya 2 topshiriq, 10-b. 9-tema
    Fonemalar pradegmasi va fanologik ziddiyatlar
    Bunda ziddiyatlar bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli, muntazam va ajralgan ziddiyatlarga bo‘linadi. Bir o‘lchovli ziddiyatda fonemalar bir belgi asosida zidlanadi. Masalan, [i] va [u] fonemalaridan biri lablanmagan va ikkinchisi lablangan bo‘lib, bunda ular bir belgi - «lablangan»lik xossasiga ko‘ra qarama-qarshi turadi.
    Ko‘p o‘lchovli ziddiyatda ziddiyat a’zolari birdan ortiq belgi asosida qarama-qarshi qo‘yiladi: [i], [o] ziddiyatida [i] yopiq va lablanmagan bo‘lsa, [o] yarim yopiq, lablangandir.
    Muntazam ziddiyatda zidlanuvchi a’zolar o‘zaro o‘ziga xos belgilar asosida qarama-qarshi qo‘yiladi: «[i]-tor [o]-keng» zidlanishi muntazam zidlanishdir. Bunda [i] fonemasi «tor» lik, [o] fonemasi «keng»lik belgisiga ega. «[i] (tor) [o] (tor emas)» zidlanishi esa muntazam emas. Chunki birinchi a’zoda ziddiyat belgisi aniq, ikkinchi a’zoda aniq emas. Agar ikkinchi a’zoning ziddiyatdagi belgisi «keng» bo‘lganda edi, ziddiyatni muntazam ziddiyat deyish mumkin bo‘lur edi.
    Bir belgining bo‘linishlari asosida zidlanish ajralgan zidlanish deyiladi. Quyidagi ikki zidlanishga diqqat qiling:

    Birinchi zidlanishda ziddiyat belgisi bo‘lingan, ajralgan, ikkinchida esa bunday hol mavjud emas.
    A’zolari o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra ziddiyatlar tasnifi. Bunga ko‘ra, privativ (noto‘liq), gradual, (darajali), teng qiymatli ziddiyatlar ajratiladi.
    Birinchi tasnifda ziddiyat belgisi xarakteriga ko‘ra ziddiyat turlari ajratilgan bo‘lsa, ikkinchi tasnifda fonemalarning ziddiyat a’zolariga munosabatiga ko‘ra tasnif amalga oshiriladi.
    Barqarorlik darajasiga ko‘ra zidlanishlar barqaror va barqaror bo‘lmagan turlarga bo‘linadi.
    Barqaror zidlanishda fonemalarning qanday nutqiy vaziyatda bo‘lishidan qat’i nazar, ulardagi ziddiyat saqlanib qoladi. Masalan, til oldi unlisi til orqa undoshi bilan kelgan vaziyatda til orqa undoshi sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda [a] unlisi bilan til orqa [u] unlisi orasidagi ziddiyat kuchsizlanadi.
    Barqaror bo‘lmagan ziddiyatning neytrallashmagan holatini ta’minlovchi fonetik pozitsiya kuchli pozitsiya deyiladi. Masalan, [b] fonemasi so‘z boshida jarangsizlashmaydi va bu pozitsiyada uning [p] fonemasiga zidligi saqlanadi. Bu kuchli pozitsiyadir. Neytrallanish, so‘nishga olib keluvchi pozitsiya kuchsiz pozitsiyadir. Demak, bunday pozitsiyadagi ziddiyat barqaror bo‘lmagan ziddiyat deyiladi. Unli va undoshlar orasidagi qarama-qarshilik barqaror ziddiyatga misol bo‘la oladi. Yoki undoshlarning paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra, unlilarning torkenglik xossalariga ko‘ra zidlanishi ham barqaror ziddiyatlardir. Lablanish belgisiga ko‘ra [o‘-e] tizimchasi ham barqaror ziddiyat asosiga qurilgan.
    Demak, o‘zbek tilining fonetik paradigmasi deganda har qaysisi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan barqaror bir umumiy belgi ostida birlashadigan fonetik unsurlardan tashkil topgan tizim tushuniladi. Bu butunlik yoki paradigma o‘z ichida ayrim belgilari bilan umumiylikni tashkil etgan va shu umumiylik uchun asos bo‘lgan belgilari bilan boshqa shunday umumiylikdan farq qiladigan kichik butunliklardan, ichki paradigmalardan-mikrosistemalardan tashkil topadi. Bu tizimchalar unli va undosh fonemalar paradigmalaridir. Bu kichik paradigmalar a’zolarining umumiy belgilari ularning shu tizimni tashkil etishini ta’minlasa, farqlovchi belgilari bu ichki paradigmaning yana kichik bo‘laklarga bo‘linib ketishiga olib keladi. Jarangli undoshlar paradigmasi, jarangsiz undoshlar paradigmasi kabi.
    Download 30,66 Kb.
    1   2   3




    Download 30,66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fonemalar pradegmasi va fanologik ziddiyatlar

    Download 30,66 Kb.