1-misol: diametri 50,74 mm bo‘lgan aylana chizilsin.
«Risovanie» menyusidan foydalanib yuqoridagi misolda keltirilgan aylana
quyidagicha chiziladi:
1.«Risovanie» menyusi yuklanadi: undagi «Krug» buyrug`iga kiriladi va
uning darchasi ro‘yhatidagi «TSentr. Radius» buyrug`i o‘rniga «TSentr. Diametr»
buyrug`i yuklanadi, 6- rasm a.
a) 6- rasm b)
2. Muloqotlar qatoridagi so‘rovga aylana markazi «Sichqon» yordamida yoki
terib kiritiladi va Enter bilan qayd etiladi.
3. Navbatdagi so‘rovga diametr qiymati kiritiladi. Natijada berilgan diametrda
aylana chiziladi, (29-rasm b).
2 - misol: Radiusi 45 mm bo‘lgan va berilgan ikki aylanaga urinib o‘tuvchi
aylana chizilsin:
1. Tushuvchi menyular qatoridan (Risovanie/Krug/2) tochki kasaniya, radius
buyruqari ketma-ket yuklanadi.
2. Muloqatlar qatoridagi «Taxminiy urinish nuqtasini kiriting» so‘roviga,
urinish nuqtalari birinchi va ikkinchi aylanalarda ko‘rsatiladi. Muloqatlar darchasida
paydo bo‘lgan navbatdagi so‘rovga «Tutashtirish radiusini kiriting» so‘roviga
aylana radiusi kiritiladi. Shunda, berilgan aylanalarga urunib o‘tuvchi va radiusi 45
mm bo‘lgan aylana chizilib qoladi, 7- rasm.
Agar chizmada bu aylananing urinish nuqtalari oralig`ini olib qolib, qolgan
qismini o‘chirib yuborilsa, ikki aylananing tashqi tutashmasi hosil bo‘ladi, 8- rasm.
Bu misoldagi tutashmani aylana buyrug`i «Krug» tugmasidan fodalanib ham
quyidagicha chizish mumkin:
1. «Krug» buyrug`i yuklanadi va undagi buyruqlardan «KKR»(kas kas radius)
qo‘shimcha buyrug`i kiritiladi va qayd etiladi.
2. Muloqotlar qatorida paydo bo‘lgan «Taxminiy urinish nuqtasini kiriting»
so‘roviga birinchi va ikkinchi aylanalarning tutashmaga yaqinroq bo‘lgan taxminiy
nuqtalari kursor bilan ketma-ket qayd etladi.
7- rasm 8- rasm
3. Navbatdagi «tutashtirish radiusini kiriting» so‘roviga aylana radiusining
qiymati kiritiladi va berilgan aylanalarga urinib o‘tuvchi aylana chiziladi. Bu
aylanani ortiqcha qismini yo‘qotib, ikki aylananing tashqi tutashmasi hosil qilinadi.
3-misol: Berilgan uchta aylanaga urinma bo‘lgan aylana o‘tkazilsin. Buning
uchun, quyidagi amallar bajariladi:
1. Risovanie/Krug/3 tochki kasaniya buyruqlari ketma-ket yuklanadi; yoki
«Krug» buyrug`i yuklanib «ZT» teriladi va qayd etiladi. Shunda, muloqatlar
qatorida «Taxminiy urinish nuqtasini kiriting» so‘rovi paydo bo‘ladi.
2. Aylanalarni taxminiy urinish nuqtasi ketma-ket «Sichqon» bilan qayd etib
chiqiladi va aylanalarga urinma bo‘lgan aylana chiziladi (9- rasm).
|