So‘ngra o‘chirilishi kerak bo‘lgan ob`ektlar: kesmalar,
aylanalar, yoylar va
h.k.lar sichqoncha yordamida birma-bir yoki to‘rtburchak soha bilan tanlanadi.
Enter tugmasi bosilsa, chizmadagi ortiqcha chiziqlar o‘chadi.
Kompyuterda grafik axborotlarni bajarishdagi hatoliklarni «Steret»-
«O‘chirish» buyrug`i foydalanib tuzatish quyidagi algoritm asosida bajariladi:
Insert jadvali
Kompyuterda tutashma bajarish mumkinmi?
V
(men bilgan)
-
(men bilganga zid)
+
(men uchun yangi)
?
(menga
tushunarsiz)
«Aylana» buyrug‘idan foydalanish va aylana tasvirini yasah usullari
algoritmi. “Tutashma” buyrug’idan foydalanish. O‘lcham qo‘yish buyruqlari
va
Vizual material
Aylana buyrug`i gorizontal tushuvchi menyular panelidagi Cherchenie –
menyusidan tanlab yuklansa, aylananing quyidagi berilgan
elementlariga tegishli
bo‘lgan buyruqlardan foydalanib aylana chiziladi:
1. Aylana markazi va radiusidan;
2. Aylana markazi va diametridan;
3. Uning berilgan ikki nuqtasidan;
4. Uning berilgan uch nuqtasidan;
5. Ikki urinish nuqtasi va radiusidan;
6. Uchta urinish nuqtasidan.
Aylana chizishning 5 va 6 bandlarida keltirilgan elementlariga mos bo‘lgan
buyruqlaridan foydalanib barcha turdagi tugashmalar ham yasaladi.
Masalan, radiusi 50 mm bo‘lgan aylana quyidagi algoritm asosida chiziladi:
1.
Chizma asboblari panelidan
«Krug» tugmasi «Sichqon» yordamida
yuklanadi va muloqotlar qatorida quyidagi so‘rov paydo bo‘ladi:
Aylananing
markazini kiriting
2. Bu so‘rovga aylananing markazi yoki uning 3-(3T) ta yoki 2-(2T) ta o‘tish
nuqtalari yoki ikkita urinish nuqtalari va radiusi-(kkr) kiritiladi;
Agar, aylana markazi kiritilib kayd etilca, navbatdagi so‘rov paydo bo‘ladi:
«Aylananing radiusini kiriting yoki [Diametrini]:»
3. Radius qiymati 50 mm
«Enter» kiritilib, qayd etiladi. Natijada, radiusi 50
mm bo‘lgan aylana chiziladi.
Agar, aylana diametri
qiymatidan foydalanib chizilsa, oxirgi so‘rovga «D»
harfi kiritiladi va qayd etiladi. Navbatdagi so‘rovga diametr qiymati kiritiladi va
qayd etiladi. Natijada berilgan diametrda aylana chiziladi.