a) 1- rasm b)
Agar, vertikal chiziqlar dastasi chiziladigan bo‘lsa, to‘g`ri chiziq
piktogrammasi yuklanib
«V» harfi teriladi va
«Enter» bilan qayd etiladi.
YUqoridagi amalni takrorlab, vertikal to‘g`ri chiziqlar dastasi yasaladi, (-rasm b).
Agar, og`ma chiziqlar dastasi chiziladigan bo‘lsa,
«U» harfi teriladi va
«Enter»
bilan qayd etiladi. Shunda muloqatlar oynasida «Burchak qiymatini kiriting so‘rovi»
paydo bo‘ladi. Bu so‘rovga javoban burchak masalan
45 «Enter» kiritiladi. Shunda,
ekranda gorizontal to‘g`ri chiziqqa 45° burchak ostida og`ma to‘g`ri chiziq kvadrat
nishoncha bilan paydo bo‘ladi.
Mazkur vaziyatdagi chiziqni «Sichqon»ning chap tugmasi bilan qayd etib,
og`ma chiziq chiziladi. Bu nishonni pastga yoki yuqoriga ixtiyoriy masofaga siljitib,
«Sichqon» bilan qayd etiladi va natijada ikkinchi og`ma chiziq chiziladi. Bu amalni
bir necha bor takrorlab gorizontal to‘g`ri chiziqqa 45° joylashgan og`ma to‘g`ri
chiziqlar dastasi yasaladi, (2-rasm).
2-rasm
Agar, biror burchakning bissektrisasi o‘tkaziladigan bo‘lsa,
«B» harfi teriladi
va
«Enter» bilan qayd etiladi. Shunda, muloqotlar oynasida «Burchakning uchini
ko‘rsating» so‘rovi paydo bo‘ladi. Bu so‘rovga burchak uchi ko‘rsatiladi.
Navbatdagi so‘rovda tomonlar uchini ko‘rsatish so‘raladi va so‘ralgan nuqtalar
ketma-ket
ko‘rsatiladi.
Natijada,
2-rasmda
tomonlari
yo‘g`onlashtirib
tasvirlangandek, burchakning bissektrisasi yasalib qoladi.