Foydalanish metodikasi




Download 219.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana14.07.2023
Hajmi219.36 Kb.
#76723
1   2   3   4
Bog'liq
python-dasturlash-tilini-o-qitishda-funksiyalardan-foydalanish-metodikasi
магнетосфера, raqamli fotoaparat, Gidroavtomatika, TOPSHIRIQLAR 5, 2-amaliy mashg`ulot, Hujjatlarning asosiy parametrlari, vodyanoy-akkumulyator-tepla-v-solnechnyh-teplitsah (1), Молек физика лаб методическое указания русс, 2-Sanoq sistemalari, JUFT KORRELYATSION - REG TAHLIL, 2-70, Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta\'minoti va vazifalari, Elektr maydon energiyasi Gazlarda, metallar, yarim otkazgichlar, Algoritmlash va dasturlash asoslari (A.Azamatov), Pedagogika fani, uning
Supporting 
concepts: 
program, 
educational 
methods, 
programming 
environment, functions, procedure, component, application, database. 
Hozirgi kunda inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish qamrab 
olgan bo’lib, bu hodisa har bir kishidan yuqori axborot madaniyatini talab qiladi. Shu 
sababli maktabning fan o’quv dasturlari o’quvchilarining bilim, ko'nikma va 
qobiliyatlarini rivojlantirishni ta'minlaydigan fanlar bilan to'ldirishlari zarur. 
Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot ta’lim 
muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot 


Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali 
UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 18 
~ 16 ~ 
texnologiyalarini samarali qo‘llash va axborot oqimidan oqilona foydalanishga 
o‘rgatishdan iborat. Shu maqsadda o‘quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash 
imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul 
qilishga o‘rgatish ta’lim sifatini oshishiga olib keladi. 
Hozirgi kunda bir nechta dasturlash tillari ishlab chiqilgan bo‘lib, bularga Paskal, 
Delphi, C++, C#, Python, Java va boshqalarni misol qilish mumkin. Bu dasturlash 
tillari biror yo‘nalishdagi masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularni 
obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari deyish mumkin. Dasturlash tillari haqida so‘z 
yuritishdan oldin “dastur”, “dasturlash”, “dasturlash muhiti” tushunchalarining 
mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. 
Dastur – oldindan tayyorlangan algoritm va hisoblash texnikasi vositalariga 
asoslangan holda bajariladigan ishning shart-sharoiti, maqsadi va vazifasini e’tiborga 
olib, uning biror bir formal (shartli) algoritmik tildagi aniq va to‘liq ifodalanishi [2;46-
b.]. 
Dastur – bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi. Dastur – biror masalani 
yechishda kompyuterda bajarishi lozim bo‘lgan amallarning izchil tartibi [4;17-b.]. 
Dasturlash tili – kompyuterlar uchun dasturlar (ko‘rsatmalar yig‘indisi) 
yoziladigan, uni u yoki bu harakatlarni bajarishga majbur qiladigan rasmiy til [4;53-
b.]. 
Bizning fikrimizcha dasturlash bu – kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli 
elektron mashinalar uchun mo‘ljallangan dasturlarni yaratish, tajriba orqali sinovdan 
o‘tkazish hamda xatolarni tuzatib borish jarayonidan iboratdir. Boshqacha aytganda, 
kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi 
deyiladi. Kompyuter tushunadigan til dasturlash tili deb ataladi. 
Dasturlash muhiti bu – dasturchi yozadigan kodlarni aynan qanday tilda va 
muhitda yozishi tushuniladi. Masalan: keng tarqalgan va ko‘plab foydalanuvchiga ega 
muhitlarni misol qilish mumkin. PHPStorm — asosan PHP dasturchilarga
VisualStudio — .Net dasturchilarga, NetBeans —Java, PHP dasturchilarga, 
PHPDesigner — asosan veb (PHP) dasturchilarga mo‘ljallangan. Hozirgi kunda dastur 
tuzish yuqori darajadagi dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, S#, Python) vositasida 
amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi inson tiliga yaqinligi bois 
dastur tuzish jarayonini osonlashtiradi. 
Python dasturlash tilini o‘qitishda quyidagi asosiy tushunchalar muhim sanaladi. 
Funksiya - ma’lum bir vazifani bajaruvchi, qandaydir nomga ega, bir yoki bir necha 
qiymatni qabul qiluvchi, ishni tugatganidan keyin esa asosiy dasturga bir yoki bir necha 
natija qiymatlarni qaytaruvchi qism dastur. 
Qism dastur- zarurat tug‘ilganda chaqiriladi. U ayni bir kodni bir necha marta 
yozish zaruratini bartaraf qilib, butun dastur davomida ko‘p marta foydalanilishi 
mumkin. Bu kodning blokliligini oshiradi, tushunishni osonlashtiradi va xatolarni 


Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali 
UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 18 
~ 17 ~ 
topishda yordam beradi. Xato bor yoki yo‘qligini bitta kod blokining o‘zida tekshirsa 
bo‘ladi. Agar xato qism dasturda bo‘lsa, faqat qism dasturning o‘zini tuzatishga zarurat 
tug‘iladi. Agar qism dasturdan foydalanmasdan, kod bir necha joyda takror-takror 
yozilsa, u holda butun dastur bo‘ylab xatolarni qidirishga to‘gri keladi. 
• kodni faqat bitta joyda yangilash kerak bo‘ladi: Kiritilgan barcha tuzatishlar 
qism dastur chaqirilishi bilan amal qila boshlaydi. 
• protsedura- funksiyaga o‘xshash ko‘p marta foydalanilishi mumkin bo‘lgan 
qism dastur bo‘lib, yagona farqli jihati hech qanday qiymatni qaytarmaydi. 
Python dasturlash tilining har xil masalalarni yechishga mo‘ljallangan bir necha 
foydali standart funksiyalari mavjud: 
Har bir funksiya hamda protseduraga albatta nom berish kerak va bu nom 
Pythonda define (ing. define – aniqlash) so‘zidan olingan def kalit so‘zi bilan 
boshlanadi. 

Download 219.36 Kb.
1   2   3   4




Download 219.36 Kb.
Pdf ko'rish